Mavzu: Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishni tashkiliy iqtisodiy asoslari


O’zbekistonda fermerlikni rivojlantirishni ustuvorligi. Fermer xo’jaliklarining yer



Yüklə 60,91 Kb.
səhifə9/10
tarix18.05.2023
ölçüsü60,91 Kb.
#116419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ko\'p tarmoqli fermer xo\'jaliklari

3.2 O’zbekistonda fermerlikni rivojlantirishni ustuvorligi. Fermer xo’jaliklarining yer


maydonlarini optimallashtirish
Qishloq xo’jaligida davom etayotgan tarkibiy o’zgarishlar jarayoni fermerlikni, dehqon xo’jaliklari bilan bir qatorda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishning asosiy shakllaridan biriga aylantirdi. Qayta tuzish jarayoni qishloq xo’jaligi korxonalarining (shirkat
xo’jaliklarining) tarmoq yalpi mahsulotidagi ulushini 2005 yildagi 14,0 foizdan 2013 yilda 2,0 foizgacha yoki 12,0 foizli qisqarishiga olib keldi. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ularning barqaror va samarali rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
1-chizma

Xo’jalik yuritish toifalari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish tarkibi


(2005-2013yy.) (%da)
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan shirkat xo’jaliklari muayyan kamchiliklarni bartaraf etishning yagona va maqbul yo’li ularni fermer xo’jaliklariga aylantirish ekanligida namoyon bo’ldi. Shu nuqtai nazardan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 607-sonli qarori qabul qilinib, unga ko’ra, 2005-2007 yillar mobaynida zarar ko’rib ishlaydigan, past rentabelli va istiqbolsiz 1110 shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish hamda shu davr mabaynida qishloqlarda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirishning yangi dasturi ishlab chiqildi. Jumladan, 2005 yilda 406 ta, 2006 yilda 370 ta, 2007 yilda 334 ta istiqbolsiz shirkat xo’jaliklari tugatilib, ularning negizida tanlov asosida146914 fermer xo’jaliklari tashkil etildi.
Prezidentimizning 2006 yil 9 yanvardagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-3709-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ- 255-sonli qarori qabul qilinishi respublikamizda meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirishga yuksak darajada davlat e’tibori qaratila boshlanganligidan dalolat beradi.
Ushbu me’yoriy hujjatlar asosida meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan shirkat xo’jaliklari o’rnida fermer xo’jaliklari ochiq va adolatli tanlovlar o’tkazish yo’li bilan tashkil etilib, mavjud bog’ va uzumzorlar kimoshdi savdosida sotilishi va bog’lar joylashgan yer maydonlari uzoq muddatli ijara asosida fermerlarga biriktirilishi, bog’dorchilik sohasida ham fermer xo’jaliklarining keng rivoj topishini ta’min etdi.
Ammo, bog’dorchilik yo’nalishida tashkil etilgan fermer xo’jaliklari o’lchamlari juda kichikligi (o’rtacha 1,5-2,5 ga) bilan birgalikda, yirik qishloq xo’jaligi korxonalarini qayta tashkil etish natijasida bitta shirkat xo’jaligi o’rnida 300-400 fermer xo’jaliklari paydo bo’lishi yetishtirilgan mahsulotni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish, shuningdek, moddiy-texnika
ta’minoti borasidagi fermerlar faoliyatini muvofiqlashtirishda bir qator muammolar yuzaga keladi. Shu bois bunday muammolar paydo bo’lishining oldini olish, mavjud muammolarning samarali yechimlarini topish maqsadida fermer xo’jaliklari va hududdagi boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari, qayta ishlovchilar, savdo va transport tarmog’i korxonalari tomonidan ixtiyoriylik asosida agrosanoat firmalari tashkil etildi.
Yangidan tashkil etilgan bog’dorchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklari yagona yer solig’i to’lashdan 5 yil muddatga; fermer xo’jaliklari, qayta ishlash va xizmat ko’rsatish sohasi korxonalari ishtirokida ixtiyoriylik asosida yangidan tashkil etilgan agrosanoat firmalari esa daromad (foyda) solig’i to’lashdan, yer solig’i, mulk solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i (importga qo’shilgan qiymat solig’idan tashqari), yagona soliq to’lovi to’lashdan - 3 yil muddatga ozod qilindi.
Ayni paytda soliq solishdan bo’shaydigan mablag’lar maqsadli ravishda meva-sabzavotni qayta ishlash sohasini rivojlantirish, yangi bog’ va uzumzorlar yaratish, kengaytirishga yo’naltirilishi
qat’iy belgilab qo’yildi. Ushbu tadbirlar yangi bog’ va uzumzorlar barpo etilishini hamda mavjudlarining hosildorligini oshirishni, agrosanoat firmalari tashkil qilishni rag’batlantiruvchi muhim iqtisodiy dastak vazifasini o’tadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirishga qaratilgan takliflar tayyorlash bo’yicha maxsus komissiya tuzish to’g’risida" 2004 yil 4 noyabrdagi F-2069-son Farmoyishini bajarish yuzasidan hamda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritishning asosiy shakli sifatida fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 dekabrdagi 607-sonli “2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilinib, mazkur qarorga binoan O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan zarar ko’rib ishlaydigan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkat xo’jaliklarini 2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklariga aylantirish dasturi; 2005 yilda fermer xo’jaliklariga aylantiriladigan istiqbolsiz shirkat xo’jaliklari ro’yxati; 2005-2007 yillar davrida qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Yüklə 60,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin