Mavzu: Mehnat iqtisodiyoti fanining mohiyati va uning tarkibiy yo nalishlari Reja



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə2/8
tarix21.05.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#119091
1   2   3   4   5   6   7   8
9-2 kumush mehnat iqt

Amaliyotda har qanday korxona va tashkilotlar doimo kadrlarga bo’lgan ehtiyojni boshidan kechiradi. Unga turli omillar ta‘sir ko’rsatadi: bozor, texnologik, malaka, tashkiliy, ish bilan bandlik sohasida davlat siyosati va boshqalar. Bugungi kunda g’arb firmalarida nomzodlar nafaqat ish joyiga bo’lgan talablarni, balki butun tashkilotni, uning an‘analariga, madaniyati bilan bog’liq predmetlarga fikrlarini qaratmoqdalar. Shuning uchun ularga asosiy e‘tibor sifatida atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda bo’lishi, komandada ishlash mahorati va boshqa xislatlari nazarda tutilmoqda. Bu esa ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish asosida mehnat bozorida ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ish bilan bandlikni ta‘minlash bo’yicha sifat ko’rsatkichlarni takomillashtirishni talab etadi.

Mehnat iqtisodiyoti xodimlar, ish beruvchilar va davlatning ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasidagi innovatsion bilimlar tizimidir. Mehnat iqtisodiyoti fani mehnat bozorining amal etishi davrida bozor ishtirokchilarining innovatsion qarorlarini, aholini ish bilan bandligi va ular mehnatiga munosib haq to’lash bilan bog’liq davlat siyosatini tadqiq etadigan zamonaviy fan sifatida namoyon bo’lmoqda.

Mehnat iqtisodiyoti va fani taraqqiy etishning hozirgi bosqichi yangi innovatsion davr bilan bog’liq. Fan predmetining o’zida muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Ular quyidagicha izohlanadi:

birinchidan, barcha ijtimoiy mehnat jarayonlarida tashqi muhitning roli tubdan o’zgardi. Agar avvalgi bosqichlarda korxona faoliyati inson resurslarini boshqarishni belgilab bergan bo’lsa, hozirda unga tashqi muhit bevosita ta‘sir ko’rsatmoqda;

ikkinchidan, shaxsning mehnat iqtisodiyoti tadqiqotining obyekti sifatidagi roli jidiy ravishda ortdi. Uning turli xususiyatlari faqat korxonalardagina emas, balki kichik ishlab chiqarish bo’linmalarida ham mustaqil ravishda o’zgara boshladi.

Yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda, «Mehnat iqtisodiyoti» fanining predmeti – insonning mehnat jarayondagi maqsadga muvofiq innovatsion faoliyati, degan xulosa chiqarishimiz mumkin. SHu bilan birga, xorijlik tadqiqotchilar R.Erneberg va R.Smitning «Mehnat iqtisodiyoti» – bu mehnat sohasida mehnat bozorining amal etishi», degan ta‘rifi ham ahamiyatga molikdir.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin