Mavzu: “Mutaxassislik fanlari ” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar hayotining dastlabki yillaridagi rivojlanish xususiyatlarini aniqlab, rivojlantiruvchi usullarinini ishlab chiqish



Yüklə 207,93 Kb.
səhifə20/31
tarix25.05.2022
ölçüsü207,93 Kb.
#59471
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Mavzu “Mutaxassislik fanlari ” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolala

Nima qilmoq kerak? Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda jismoniy ta’lim berish jarayonida bolalarni yosh xususityalari va yakka imkoniyatlariga, ko‘ruv organining buzilish xarakteri va klinik shakllariga, rivojlanishning nuqsonlariga katta e’tibor bermoq zarur.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda jismoniy tarbiya berish tizimiga quyidagilar kiradi:
1) Jismoniy sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar (kundalik faoliyat davomida), (ertalabki gimnastika, ayr o‘yinlari va boshqalar);
2) Maxsus jismoniy tarbiyani mashg‘ulotlari (majburiy);
3) Guruhdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari (sport seksiyalari, oylik sport kuni bayrami).
KNB bolalarning barchasi o‘z kasalliklarini klinik shakliga, qobiliyatidan qat’iy nazar quyidagicha mashqlarni bajaradilar:
- sarflanish va qayta sarflanish;
- predmetli va predmetsiz umum rivojlantiruvchi mashqlar;
- ko‘krakni to‘g‘ri shakllantiruvchi mashqlar;
- mufozanatni saqlash uchun mashqlar;
- ritmik mashqlar;
- bir maromda yugurish va yurish mashqlari;
- emaklash mashqlari;
- kichik hajmli to‘plarni otish;

  • o‘rtacha maromda toza xavoda sayr qilishni tashkil etish kiradi.

Yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya va mashg‘ulotlar davomida qo‘llanilgan korreksion va kompensator ishlar ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning funksional ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat insonning asosiy faoliyatidir. Mehnat tufayli kishi shaxs sifatida shakllanadi. Ahloqiy va aqliy qobiliyatlarni o‘sishida, albatta, mehnat tarbiyasi o‘rni beqiyosdir. Bolalarni mehnatga o‘qitish va tarbiyalash natijasida ilk hayotiy ko‘nikmalari shakllanadi. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda mehnat tarbiyasi yuqoridagilardan tashqari nosog‘lom funksiyani korreksiyalash va kompensasiyalashdagi asosiy omil sifatida qaraladi.
Savol va topshiriqlar
1. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasining xususiyatlari haqida aytib bering.
2. Tarbiya jarayonida kompensator va korreksion-rivojlantiruvchi yo‘nalishlarni yoritib bering.
3. Tarbiya turlarini aytib bering.
4. Tarbiya metodlarini ta’riflar bering.
5.Aqliy tarbiyaning vazifalarini ko‘rsating.
6. Ahloqiy tarbiyaning vazifalarini ko‘rsating va ularni amalga oshirilishini yoritib bering.
7. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarni mehnatga o‘rgatish va tarbiyalash bosqichlari xususida so‘zlab bering.
8. Jismoniy tarbiyaning vazifalari va mazmuni nimadan iboratt?
9. Nafosatli tarbiyaning vazifalari va mazmuni nimadan iborat?
10. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarni har tomonlama tarbiyalash usullari xususida nimalarni bilasiz?

Yüklə 207,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin