Mavzu: Naqllar Kirish Asosiy qism


O‘zbek xalq og‘zaki ijodining xususiyatlari



Yüklə 41,16 Kb.
səhifə3/9
tarix05.05.2023
ölçüsü41,16 Kb.
#107746
1   2   3   4   5   6   7   8   9
naqllar

O‘zbek xalq og‘zaki ijodining xususiyatlari

Inson dunyoda paydo bo‘lganidan buyon o‘zaro hamkorlikda yashashga, bir-biri bilan munosabatda bo‘lishga intilgan. Chunki o‘zaro hamkorlik uni turli tabiiy ofatlardan saqlagan, turmush qiyinchiliklarini bartaraf qilish yo‘llarini ko‘rsatgan. Dunyodagi eng qadimiy kitoblardan biri «Avesto» hisoblanadi.
Olimlarning aniqlashicha, ana shu qadimgi yozma yodgorliklarning yaratilishida ham bizning ajdodlarimiz ishtirok etganlar. Bu kitob ajdodlarimizning olamning paydo bo‘lishi, yorug‘lik va zulmatning o‘zaro kurashlari bilan bog‘liq tasavvurlari haqida hikoya qiladi. Axura-mazda (Xur - muz), Angra Manyu (Axriman) yaxshilik va yomonlik olamiga boshchilik qiladilar.
Badiiy adabiyotdagi minglab yillar davomida ijod qilingan obrazlarning dastlabki namunasi Xurmuz va Axrimanda mujassamlangan edi. Shubhasiz, xalqimiz og‘zaki ijodidan keng o‘rin olgan Alpomish, Go‘ ro‘g‘li kabi botirlar, Muqbil toshotar, Ozoda chehra kabi xalq vakillari ham asar qahramonla - riga aylanar ekanlar, qadim-qadim zamonlardagi badiiy ijod ta’siri o‘z hukmini o‘tkazgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda zavq bilan o‘qilayotgan, maroq bilan aytilayotgan doston, ertak, qo‘shiq, maqol, topishmoq, afsona va rivoyat, askiya va latifa, loflar o‘zbek xalq og‘zaki ijodining janrlari hisoblanadi.
Xalqimiz yaratgan ana shu ma’naviy boyliklarimiz butun o‘zbek xalqi madaniy merosi, qadriyatlarining tarkibiy qismidir. Ilmda xalq og‘zaki ijodi folklor atamasi bilan yuritiladi. Bu atamani 1846 yilda ingliz olimi Vilyam Toms taklif qilgan edi. Folklor deganda ma’lum millat ga mansub, xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan san’at namunalari: so‘za nalar, xalq kuylari, raqslar va boshqalar tushuniladi. Ammo folklorning alohida sohasi bilan shug‘ul lanuvchi mutaxassis esa ko‘pincha folklor deganda o‘zi o‘rganuvchi sohani nazarda tutadi. Jumladan, tasviriy san’atni o‘rganadigan olim folklor deganda, naqsh san’atini nazarda tutadi. Xoreograf esa xalq raqsini, musiqashunos xalq kuylarini, folklorshunos esa xalq og‘zaki ijodini nazarda tutib ish olib boradi.
Ma’lumki, o‘rta umumta’lim maktablarida adabiyotning ikki asosiy turga bo‘linishi o‘rganilgan. Ularning birinchisini ilmiy, ikkinchisini badiiy adabiyot deb ataydilar.
Badiiy adabiyot o‘z navbatida ikki yirik turga bo‘linadi: xalq og‘zaki adabiyoti (folklor), yozma adabiyot (individual ijod). Xalq og‘zaki ijodi deb atalgan adabiyot yozma adabiyotdan bir necha xususiyatlar bilan farq lanadi.
Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
a) an’anaviylik;
b) og‘zakilik va improvizatorlik;
c) jamoalik va ommaviylik;
d) variantlilik va versiyalik;
e) anonimlik.

Yüklə 41,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin