Mavzu: Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə49/80
tarix16.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114060
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
мажмуа2022- 4 kurs

Zira.

Zira (Bunium persicum) — ziradoshlar oilasiga mansub ko’p yillik xushbo’y ziravor o’simlik. Bo’yi 40—60 sm. Poyasining yarmidan yuqorisi shoxlangan. Ildizi tugunakli. Tupbarglari uzun bandli, poyadagilari bandsiz. Bargi ipsimon bo’laklarga bo’lingan. Gullari oq, mayda, har bir soyabonchada 20—30 tadan. Iyunda gullaydi, urug’i iyulda pishadi. Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo adirlarida, tog’ yon bag’irlarida ko’p o’sadi. Urug’i mayda, cho’ziq, qoramtirjigarrang, sirti taramtaram, juda xushbo’y. Tarkibida 2,753,0% efir moyi bor.
O’rta Osiyo xalqlari go’sht tuzlashda, qazi va boshqa ovqatlar tayyorlashda qadimdan keng foydalanib keladi. Xalq tabobatida me’da kasalliklarini davolashda, siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi
Zirani tuzga aralashtirib, go’shtga sepib qo’yilsa go’sht bir haftagacha aynimaydi, shuning uchun zirani xalqda “tabiiy xolodilnik” deb atashadi. Zira qattiq go’shtlarni hil-hil pishishida yordam beradi. Ziraning kimyoviy tarkibi yaxshi o’rganilmagan, taxminlarga ko’ra unda xar hil turdagi darmondorilar, ma’dan moddalari, mikroelementlar, yog’ fetonsid va ifori moy kabi foydali moddalar mavjud. Zirani xalq tabobatida oshqozon va ichak faoliyatini yaxshilovchi dori sifatida foydalanilgan. U ishtahani ochib tanadagi yellarni va peshobni haydaydi. Zirani tuzga qo’shib chaynab-chaynab yutib yuborilsa oshqozonda to’planib qolgan ortiqcha suyuqlikni yo’qotadi. Zira asosan palov, qazi va boshqa taomlarni tayyorlashda ishlatiladi. Zirali choy quyidagicha damlanadi: yarim litrli choynakka 1 choy qoshiq zira, xuddi shuncha oliy navli ko'k yoki qora choy solinib, qaynoq suv quyiladi. 5-7 daqiqa dam yedirilgach, issig'ida ichiladi.Xalq tabobatida zirali choy qon bosimi oshgan kishilarga tavsiya etilgan. Ziraning foydasi haqida Ibn Sino shunday yozgan: «…Unda qizdiruvchi kuch bo'lib, yellarni haydaydi va tarqatadi. Unda parchalash, quritish va burishtirish quvvati ham bor. Zira, ayniqsa, yovvoyisi qon siyish va ichakning burab og'rishida, qorin ko'pchishida foyda qiladi».

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin