Meday textile”: Жаҳон бозорига кириш


Sanoat mahsulotlarini yirik import qiluvchi mamlakatlar



Yüklə 192,27 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü192,27 Kb.
#185418
1   2   3   4
NAZIRJONOV A

Sanoat mahsulotlarini yirik import qiluvchi mamlakatlar





Mamlakatlar

Miqdori
2000

Importdagi o’rtacha ulushi

O’zgarishi
2000/99

1980

1990

2000

1

AQSH

58.79













2

Germaniya

20.77













3

Yaponiya

16.40

3.6

7.8

8.4

11

4

Gong-Kong, Xitoy

14.75

-

-

-

3

5

Buyuk Britaniya

12.53

6.8

6.2

6.4

5

6

Frantsiya

11.58

6.2

7.5

5.9

-1

7

Italiya

5.84

1.9

2.3

3.0

0

8

Gollandiya

5.14

6.8

4.3

2.6

-6

9

Belьgiya

4.87

-

-

2.5

-

10

Meksika

3.65

0.3

0.5

1.9

-3



Dunyo bozorida to’qimachilik mahsulotlariga bo’lgan talab va bozorlarning tuyinganlik holati
Statistikani o’rganish natijasida shunday xulosaga keldikki, 2005 yilda import qilishga kvota bekor qilingandan keyin quyidagi mamlakatlarda iste’mol hajmi quyidagicha o’sgan.

  • Xitoyda 223% - 8.7 mln. tonna

  • AQSHda 200% - 9.6 mln. tonna

  • Yaponiyada 170 % - 3.4 mln. tonna

  • EI da 150 % - 8.3 mln. tonna

To’qimachilik mahsulotlariga nisbatan bozor to’yinganligi va ta’minlan-ganligi ko’rsatkichlari turli regionlarda quyidagicha:

  • Yaponiya – 59 %

  • EI – 38 %

  • AQSH – 32 %

Bunday holat va o’zgarishlardan shunday xulosa qilish mumkinki, Meday korxonasi uchun jahon bozoriga chiqishda AQSH va Yaponiya mamlakatlari to’qimachilik korxonalarining potentsialini inobatga olish zarur. SHu bilan birga rivojlangan mamlakatlardan biri bo’lgan Yaponiyada bozor to’yinmagan-ligi holati Osiy mamlakatlari uchun katta imkoniyatlarni ochadi.
O’zbekistondagi mavjud nisbatan arzon xom ashyo va ishchi kuchini e’tiborga oladigan bo’lsak, mamlakatimiz ham jahon bozorida raqobatlasha oladigan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin.


Korxonaning marketing strategiyasi
Tijorat guruhining bir bo’limi bo’lgan Meday tekstil korxonasi to’qimachilik mahsulotlarini yetkazib beradi. Yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 8500 tonnalik mahsulotdan iborat.
Korxonaning aktivlari quyidagi manbalardan tashkil topgan:
- aktsiyalar, mol-mulk, asosiy vositalar uchun to’langan chet el va milliy valyutalari;

  • iqtisodiy, tijoriy faoliyatdan olingan foyda va mol-mulk;

  • boshqa aktivlar;

Korxonaning boshlang’ich kapitali oddiy va imtiyozli aktsiyalardan tashkil topgan bo’lib, ularning nominali 1000 AQSH dollariga teng. Korxona aktsiyadorlari milliy va chet el korxonalari hisoblanadi va ularning ulushi mos ravishda 12.44% va 87.56% ni tashkil qiladi.
«Meday Tekstil» tola va tayyor ishlab chiqaruvchi korxona bo’lib, tola korxonaning o’zida qayta va ishlanadi va utayyor mahsulot holiga keltiriladi.

Korxonada bir nechta tsexlar tashkil etilgan bo’lib, ular quyidagilardir:


- titish va tozalash;
- tayyorlov;
- rotor;
- o’rash;
- bo’yash;
- laboratoriya va boshqalar.
Korxonaning asosiy xomashyosi paxta hisoblanadi, korxona uni yaqin atrofdagi xo’jaliklardan oladi. Korxonada bir yilda umumiy xomashyoga bo’lgan talab quyidagicha:

- tola N 51 1503 tonna.


- tola N 41 665 tonna
- tola N34 2036 tonna.
- to’qilgan bo’yalgan mato 826 tonna.
Korxonaning Toshkent shahrida joylashgan tsexida 100 dan ortiq tikuv mashinalari mavjud bo’lib, ular eng zamonaviy uskunalardan iborat. Toshkent viloyatida joylashgan tsexda esa 300 dan ortiq uskunalar mavjud. Korxonaning kunlik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 40000 dona futbolka, maykalar, 2000 dan ortiqroq ayollar tungi ko’ylagi va pijamalardan iborat. Meday tikuvchilik tsexining yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 22 miln. AQSH dollaridan ortadi.
Korxonaga ajratilgan asosiy investitsiyalar to’qimachilik sanoatining alohida mahsuloti – futbolka ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Buning sababi shundaki, futbolkalar uchta ko’p iste’mol qilinuvchi to’qimachilik mahsulotlarining biri hisoblanadi. Korxonaning asosiy yirik ulgurji sotib oluvchilari mavjud bo’lib, ular:

  1. Sara Lee (AQSH)

  2. Fruit of the Loom (AQSH)

  3. Rusell Athletics (AQSH)

  4. Incredible (Kanada)

  5. Nap Inc. (AQSH)

Sara Lee, Fruit of the Loom Rusell Athletics firmalari o’zining to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmog’iga ega bo’lishiga qaramasdan, uzoq muddatda korxona bilan hamkorlik qilishni yo’lga qo’ymoqchi. Yana statistikaga murojaat qiladigan bo’lsak, AQSH ning futbolkalarga bo’lgan yillik importi 3 mlrd. donadan iborat.


Hozirgi kunda korxona Sara Lee bilan hamkorlik qilayapti, bundan tashqari korxona o’z mahsulotlarini AQSH, Kanada, Germaniya va Rossiya kabi mamlakatlarga eksport qiladi.
Korxonaning asosiy faoliyati to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish. U mamlakatdagi ilg’or tekstil korxonasi sifatida bir qancha soliq va bojxona imtiyozlariga ega. Korxonaning asosiy hissadori “Commerce A. S” kompaniyasi kelajakda xarajatlarni qisqartirishga va mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan strategiyani ishlab chiqdi. Korxona marketing strategiyasining yana bir asosiy tomoni, bu yerda narxlarning juda moslashuvchanligidir. Quyidagi jadvalda korxonadagi mahsulotlarning narxlari keltirilgan bo’lib, u boshqa raqobatchi firmalar mahsulotlarining narxlari bilan solishtirilgan.
2-Jadval

Yüklə 192,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin