Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


ESKALATORLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISh VA



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə21/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

ESKALATORLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISh VA
ULARNI TA’MIRLASh



  1. Maxalliy boshqarishda yo‘lovchilarni tashish uchun eskalatorlar, faqatgina xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar foydalanishi mumkin bo‘lgan, yuqori va pastki boshqarish pultidan ishga tushiriladi.

  2. Eskalatorni masofadan turib yoki telemexanika yordamida boshqarish uchun faqat eskalatordagi yo‘lovchilar harakatini kuzatish imkoniyati yoki eskalator yaqinida turgan xizmatchi bilan so‘zlashuv aloqasi bo‘lgan taqdirda ruxsat etiladi.

Ta’mirlash ishlarini o‘tkazish paytida bosh yuritmadan eskalatorni mashina xonasidan ishga tushirishni amalga oshirishga ruxsat etiladi; bunda mashinist zinapoyalarda va eskalator ichida odamlar va begona buyumlar yo‘qligiga, shuningdek eskalatorga kirish joylari berkligiga ishonch hosil qilishi lozim. Eskalatorni tungi tanaffus davrida ishga tushirish metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.

  1. Eskalator xizmati nozimining ruxsatisiz eskalatorlarga joriy xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash ishlarini o‘tkazish taqiqlanadi.

Eskalatorlarni joriy xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga to‘xtatilishi, shuningdek mazkur ishlar yakunlanganidan so‘ng ularni qayta foydalanishga kiritish tartibi metropoliten Boshqarmasi tomonidan belgilanadi.

  1. Tungi tanaffusdan so‘ng eskalatorni yo‘lovchilar tashish uchun ishga tushirishga faqat mashinist tomonidan eskalatorning quyidagi qismlarini soz ishlashini tekshirib ko‘rganidan keyin ruxsat etiladi:

ishchi tormozning elektr magnit yakori va korpusi orasidagi tirqish;
tormoz masofasi;
avariya tormozini ishga tayyorligi;
o‘z-o‘zidan qaytmaydigan «To‘xta» yoqib-o‘chiruvchilarning ishlashi;
eskalator zinapoyasini bo‘sh holatida ikki martga aylanishi davomida soz ishlashi.
Teleboshqariladigan eskalator stantsiyalarida mazkur texnologik amallarni tekshirish metropoliten boshlig‘ii tomonidan tasdiqlagan tartibda amalga oshiriladi.

  1. Eskalatorning ishlashi mobaynida undan foydalanishda xavfli nosozliklar vujudga kelgan taqdirda eskalator to‘xtatilib, yo‘lovchilardan bo‘shatilishi lozim.

  2. Eskalator qo‘qqisdan to‘xtagan taqdirda faqat uning to‘xtash sabablari aniqlanib bartaraf etilganidan keyingina uni ishga tushirishga ruxsat etiladi.

  3. Eskalatorni teskari yo‘nalishda ishga tushirish zinapoyalarda yo‘lovchilar bo‘lmagan holatda amalga oshirilishi lozim.

Zinapoyadan yo‘lovchilarning tushishi qiyinlashgani yoki kiyimning qisilib qolib yo‘lovchi hayotiga xavf solib uni zudlik bilan ozod qilish zarur bo‘lgan alohida holatlarda eskalatorni teskari yo‘nalishda yarim zinapoya masofasiga qaytarishga ruxsat etiladi, bunda yo‘lovchilar mazkur qaytarish haqida oldindan ogohlantiriladi.

  1. Eskalatorlarni boshqarish pultlarini eshiklari berk bo‘lishi, eshik qulfining kalitlari xizmat ko‘rsatuvchi xodimda turishi va navbatchilik bo‘yicha berilishi lozim.

  2. Mashinist, mashinist yordamchisi, nozim, chilangar-elektrik yo‘riqnomalari, Eskalatorlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha yo‘riqnoma, Eskalatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomalar metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.

  3. Eskalatorning ta’mirlashlar oralig‘idagi harakatlanish masofasining me’yori, eskalator konstruktsiyasi, zinapoyalarning harakatlanish tezligi, eskalatorning ish tartibi va eskalatordan foydalanuvchi yo‘lovchilarning soniga bog‘liq ravishda metropoliten Boshqarmasi tomonidan belgilanadi va eskalatorlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish huquqiga ega bo‘lgan tashkilot bilan kelishilgan xolda qabul qilinadi.

  4. 159. Eskalatorlarni ta’mirlash sifati, uzluksiz va xavfsiz ishlashi uchun javobgarlik, bevosita nazorat va ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan xizmatchilar, tegishli bo‘linmalar ustalari va rahbarlari zimmasiga yuklanadi.

  5. Eskalator qayta rekonstruktsiya qilinib, kapital ta’mirlanganidan keyin, eskalator distantsiyasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilinishi, shuningdek bunday huquqqa ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilot tomonidan tekshirilishi, hamda Davlat texnika nazorati xodimi (yoki yuk ko‘tarish qurilmalarini nazorat qilish inspektsiyasi) tomonidan foydalanish uchun ruxsat etilishi lozim.

  6. Eskalatorda yuk tashish tartibi metropoliten Boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma bilan belgilanadi.

  7. Eskalatorlarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa xizmatlar xodimlari eskalatorlarga xizmat ko‘rsatish tartibiga o‘qitilishi, hamda ularning bilimlari tekshirilgan bo‘lishi lozim.

Eskalatorlar distantsiyasi boshlig‘i eskalatorlarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa xizmatlarning xodimlarini o‘qitilishi, hamda ularning bilimi va eskalatorga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini tizimli tekshirib borishi lozim bo‘lgan xodimlarni ajratadi.



Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin