Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


-bob MUHANDIS-TEXNIK JIHOZLAR VA QURILMALAR



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə22/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

9-bob
MUHANDIS-TEXNIK JIHOZLAR VA QURILMALAR


UMUMIY TALABLAR



  1. Muhandis-texnik jihozlar va qurilmalar quyidagilarni ta’minlashi lozim:

tonnellar, bekatlar, kassa zallari, xizmat xonalari va bekatlar o‘rtasidagi yo‘laklarini belgilangan me’yorlarga muvofiq havoning ko‘rsatkichlarini ta’minlagan holda shamollatilishini;
havo oqimlarining yo‘nalishini o‘zgartirish maqsadida tonnel shamollatish vositalarini teskari aylantirish;
sun’iy inshootlardan sizot suvlar, yomg‘ir, ishlab chiqarish va oqava suvlarni shahar suv oqava tarmog‘iga tortib chiqarish;
xojatxonalar chiqindilarining shahar kanalizatsiyasi tarmog‘iga xaydab chiqarilishini ta’minlash;
bekatlar va tonnellarni suv bilan uzluksiz ta’minlash;
vestibyullar va xizmat xonalarining isitilishi hamda bekatlarni issiq suv bilan ta’minlash.

  1. Tonnelni shamollatish qurilmalari, suvni chiqarish va kanalizatsiya nasoslari, havo-issiqlik bug‘i tarmog‘lari, suv olish havzalari, suv-quvir bosh yo‘l tarmoqlari Avtomatik vositalar, masofa signallashtirish, hamda bekat navbatchisi xonasidan boshqarish va nozimlik xonasidan teleboshqarish uskunalari balan jihozlanishi lozim.

Tonnelni shamollatish qurilmalari ish tartibi va jadvali metropoliten Boshqarmasi tomonidan belgilanadi. Favqulodda hollarda mazkur qurilmalarning ishini vaqtincha o‘zgartirish poyezd nozimi yoki elektromexanika xizmati nozimining talabi bilan yo‘l qo‘yiladi.

  1. Asosiy suvni chiqarib tashlash bo‘yicha har bir nasos qurilmasi kamida uch nasosdan iborat, tranzit o‘tuvchi va mahalliy suvni chiqarib tashlash kamida ikkita nasos zarur bo‘ladi.

Har bir nasos to‘la suv hajmiga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Kanalizatsiya nasos qurilmalari ikkita gorizontal (ishchi va zahira) nasos va qopqoqli qabul rezervuaridan tashkil topadi.
Nasoslarni qo‘shish va o‘chirish suv yig‘gichlardagi suv sathi yoki rezervuarlardagi suyuqlik sathiga qarab avtomat holda boshqarilishi lozim.
Barcha suvni chiqarib tashlash va kanalizatsiya nasos qurilmalari suv yoki suyuqlikning avariya sathi haqida ogohlantiruvchi signallar bilan jihozlanishi lozim.

  1. Suv yig‘gichda suvning eng baland sathi, to‘kish quvuri yoki tarnovidan 100 mm pastda, eng past sathi esa - so‘ruvchi gardishdan 200 mm balandlikda joylashishi kerak.

  2. Suvquvuri tarmoqlari yetarli darajada o‘t o‘chirish va suv olish jo‘mraklarga ega bo‘lishi lozim.




Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin