Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


INShOOTLAR VA QURILMALARNI TA’MIRLASh



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə25/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

INShOOTLAR VA QURILMALARNI TA’MIRLASh



  1. Inshootlar va qurilmalarni tamirlash harakat xavfsizligini ta’minlagan holda qoida tariqasida poyezdlar harakati jadvalini buzmasdan amalga oshirilishi lozim.

Suniy inshootlar, yo‘llar, tutashuv relsi, STSB qurilmalari va aloqa vositalari, elektr ta’minoti, hamda peregonlar va bekatlardagi boshqa vositalarni ta’mirlanishi, qoidaga tariqasida, tunda, elektr poyezdlar harakati to‘xtatilib tutashuv relsidan elektr toki uzilganidan keyin amalga oshiriladi: poyezdlarning o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ishlar peregon, bekat yo‘li harakatlanish uchun yopilganidan keyin amalga oshirilishi kerak.
Peregonlar, bekatlar yo‘llarida mazkur yo‘llarni poyezdlar harakati uchun yopilganda amalga oshiriladigan rejada belgilangan ishlar ro‘yxati metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Park yo‘llarini joriy ta’mirlashga doir ishlarni amalga oshirish uchun harakat jadvali va manyovr ishlari rejasida bir soatdan kam bo‘lmagan texnologik tanaffus nazarda tutilishi lozim
Eskalatorlarning joriy ta’mirlash, qoida tariqasida, tunda amalga oshirilishi lozim.

  1. Kabellarda yoki ularga bevosita yaqin joylardagi ishlar, shuningdek poyezd radioaloqasi to‘lqin uzatgichi yaqinida, kabellar yoki to‘lqin uzatgichlarga shikast yetishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlar kabel tarmog‘i yoki to‘lqin uzatgichlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning muayyan nazorati ostida bajarilishi lozim.

  2. Metropoliten tasarrufidagi inshootlarda ishlarni olib borish uchun chetdan jalb etilgan tashkilotlar tomonidan ishlarni bajarish tartibi metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma bilan belgilanadi.

Metropoliten inshootlaridan 10 m gacha uzoqlikda begona tashkilotlar tomonidan ishlarni amalga oshirilish tartibi metropoliten va qurilish tashkilotining qo‘shma buyrug‘i bilan belgilanadi.

  1. Ta’mirlash ishlarini boshlanishi va tugallash muddatlari:

Murakkab sharoitlarda amalga oshiriladigan katta hajmdagi ishlar uchun - metropoliten boshlig‘i tomonidan;
peregon, bekat yullarini yopishni talab etuvchi ishlar uchun - ishlar rahbari tomonidan poyezd nozimi bilan kelishilgan holda;
xo‘jalik poyezdlarining o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ishlar uchun - ishlar rahbari tomonidan belgilanadi.
Peregon, bekat yo‘lining yopilishini talab etuvchi ishlar rahbari, hamda qo‘qqisdan vujudga keladigan nosozliklarni bartaraf etish ishlari rahbari, ishlarni bajarish jarayonida poyezd nozimi bilan aloqa bog‘lab turishlari shart.

  1. Peregon va bekatda harakatni har qanday to‘silishi (to‘xtashni talab etuvchi joy) lozim joylar, shuningdek harakatlanish uchun uchun xavfli bo‘lgan, to‘xtash yoki tezlikni kamaytirishni talab etuvchi ishlarni amalga oshirish joyi, poyezd (tarkib) kelishi kutilayotgan yeki yo‘qligidan qatiy nazar, ikkala tomondan ham signallar bilan to‘silishi lozim.

Quyidagilar taqiqlanadi:
harakatlanish uchun xavfli to‘siqlar yoki ishlarni bajarish joylari signallar bilan to‘silmaguniga qadar ishga kirishish;
to‘siqlar bartaraf qilinguniga yoki ishlar to‘liq yakunlanmaguncha, yo‘l, tutashuv relsi va gabaritning holati tekshirilmaguniga qadar ishlarni bajarish joyini to‘suvchi signallarni olish.

  1. To‘siqlarni o‘rnatish va ishlarni bajarish joylarini to‘sish tartibi Signallashtirish bo‘yicha yo‘riqnomada belgilanadi.

  2. Harakat to‘xtatilgan asosiy yo‘lga chiqish joylari barcha yo‘nalishlardan ko‘chma to‘xtash signallaridan foydalanib to‘siladi. Mazkur signallar yopilgan yo‘lning poyezd nozimi buyrug‘ida ko‘rsatilgan chegaralarda o‘rnatiladi.

Yo‘lovchilar platformalarining ikki tomonida mazkur signallar bekat navbatchisi yoki yo‘lga tushirish huquqiga ega bo‘lgan harakat xizmati xodimi, boshqa barcha joylarda esa - ishlar rahbari o‘rnatadi.

  1. Ko‘chma signallarning to‘g‘ri o‘rnatilishi, ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligi va sozligi uchun ularni o‘rnatgan xodim javobgar bo‘ladi.

  2. Bekat yo‘llarida poyezd nozimi bilan kelishilmagan holda, hamda markazlashtirish posti navbatchisining ruxsatisiz, yo‘llari rivojlanmagan bekatlarda esa - bekat navbatchisining ruxsatisiz, hamda ishlar rahbari tomonidan Tekshirish daftariga oldindan yozmasdan to‘xtash yoki tezlikni kamaytirish signallari bilan to‘sishni talab etuvchi ishlarni amalga oshirish man etiladi.

Ishlar yakunlanganidan so‘ng qurilmalar markazlashtirish posti navbatchisi tomonidan, yo‘llari rivojlanmagan bekatlarda esa bekat navbatchisi tomonidan ishlar rahbari Tekshirish daftarida qayd qilingan yozuvlarga asosan ishga tushiriladi.
Birdan yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq ishlar bajarilganida ishlarning boshlanishi yoki yakunlanishi haqidagi yozuv Tekshirish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan telefonogramma bilan almashtirilishi mumkin.
Mazkur telefonogramma ishlar rahbari tomonidan tonnel aloqasi orqali poyezd nozimi va markazlashtirish posti navbatchisiga, yo‘llari rivojlanmagan bekatlarda esa - bekat navbatchisiga uzatiladi, hamda keyinchalik ishlar rahbarining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadi.

  1. Elektr poyezdlari harakati paytida belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun, park yo‘llari va boshqa yo‘llardan tashqari, peregonlar va bekatlar yo‘llari metropoliten boshlig‘ining buyrug‘i bilan yopiladi.

Metropoliten boshlig‘ining buyrug‘iga muvofiq, ishlarning bajarilishi munosabati bilan tarmoqda poyezdlar harakatining to‘liq yoki qisman to‘xtatilishiga yo‘l qo‘yiladi, bunda Toshkent shahar Hokimiyati bilan kelishilgan bo‘lishi lozim.
Elektr poyezdlari harakati davrida yo‘l, inshoot va qurilmalarda yuzaga kelgan hamda harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozliklarni bartaraf etish uchun poyezd nozimi nosozlik yuzaga kelgan peregonni, bekat yo‘lini zudlik bilan yopishi va bu haqda metropoliten boshlig‘iga ma’lum qilishi shart. Mashinist, yo‘l ustasi yoki metropolitenning boshqa xodimlaridan olingan talab peregonni, bekat yo‘lini yopish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur talab poyezd nozimi tomonidan nozimlik buyruqlari daftarida qayd etiladi.

  1. Peregonlar va bekatlar yo‘llarining yopilishi va ochilishi poyezd nozimining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

Park yo‘llari va boshqa yo‘llarning yopilishi va ochilishi poyezd nozimining og‘zaki ko‘rsatmasi bilan amalga oshiriladi.
Yo‘li berkitilgan bekat yoki berkitilayotgan peregon yo‘lini chegaralovchi bekatlardan birida yo‘l ustasi yordamchisidan kam bo‘lmagan lavozimda ishlovchi yo‘l xizmati xodimi yoki ishlar rahbari tomonidan Tekshirish daftarida qayd etilgan ishlarni boshlashdan oldin berilgan buyurtma yoki ishlar yakunlanganidan keyin berilgan xabarnoma peregonlar va bekatlarning yo‘llarini yopish yoki ochish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Buyurtma yoki xabarnomani qayd etish yo‘l ustasi yordamchisidan kam bo‘lmagan lavozimda ishlovchi yo‘l xizmati xodimi yoki ishlar rahbari tomonidan tonnel yoki nozim aloqasi orqali uzatilgan va ro‘yxatdan o‘gkazilgan telefonogramma bilan almashtirilishi mumkin, bunda mazkur telefonogramma poyezd nozimi tomonidan nozimlik buyruqlari daftarida, tegishli bekatlarda esa - Tekshirish daftarida qayd etiladi.
Peregon yoki bekat yo‘llarini ochish haqidagi xabarnoma yoki telefonogramma qayd etilgan Tekshirish daftarida ishlarni qaysi tashkilot bajargandan qatiy nazar, ishlarning yakunlangani hamda poyezdlarning uzluksiz va xavfsiz harakati uchun to‘siqlar yo‘qligi haqida ko‘rsatilishi lozim.
Telefonogrammani bergan yo‘l xizmati xodimi yoki ishlar rahbari ishlar yakunlanganidan so‘ng telefonogrammani qabul qilgan bekatlardan biridagi Tekshirish daftariga shaxsiy imzosini qo‘yib uni tasdiqlashi zarur.

  1. Berkitilayotgan peregon, bekat yo‘li yoki yo‘l qismining chegaralari yo‘l ustasi yordamchisidan kam bo‘lmagan lavozimda ishlovchi yo‘l xodimi xizmatchisi yoki ishlar rahbari tomonidan poyezd nozimi bilan kelishilgan holda belgilanadi, hamda peregon, bekat yo‘lini yopish haqida buyurtmada (telefonogrammada) ko‘rsatiladi.

  2. Ishlar rahbari tomonidan peregon, bekat yo‘lini yopish haqidagi poyezd nozimining buyrug‘ini olmagunicha, hamda ishlar olib boriladigan joy ko‘chma to‘xtash signallari bilan to‘silmaguniga qadar ishga kirishish man etiladi.

Peregon yo‘li, bekat yo‘lini yopish haqida buyruq ishlar rahbariga yozma ravishda beriladi, zarur holda - poyezd nozimi aloqasi yoki tonnel aloqasi orqali uzatiladi.
Berkitilgan peregon yoki bekat yo‘lida avtomatik yoki yarim avtomatik tarzda ishlaydigan svetoforlardan foydalanish to‘xtatiladi va bu haqda poyezd nozimining buyrug‘ida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

  1. Berkitilgan peregon yoki bekat yo‘llaridagi strelkalarni o‘tkazishga faqatgina poyezd nozimining ko‘rsatmasi bilan ruxsat beriladi.

  2. Tarmoqdagi ishlar elektr poyezdlari harakati boshlanishidan oldin yakunlangan bo‘lishi lozim:

peregon, bekat yo‘lining yopilishi bilan bog‘liq ishlar - poyezd nozimi bilan kelishilgan muddatdan kechiktirmay;
peregon, bekat yo‘lining yopilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar - tutashuv relsiga elektr toki uzatilishi haqida birinchi ogohlantirish signalini berish vaqtidan kechiktirmay yakunlanishi lozim.

  1. Barcha ishlar yakunlanganidan so‘ng, ular amalga oshirilgan joylar ishlar rahbari tomonidan tekshirilishi, hamda tutashuv relsiga elektr toki uzatilishi, poyezdlar uzluksiz va xavfsiz ishlashi, yo‘lovchilar tashilishini ta’minlaydigan holatga keltirilishi zarur.

  2. Tonnellar yoki yer usti yo‘l tizimida tundagi ishlarni bajargan barcha xodimlar tutashuv relsiga elektr toki uzatilishi haqida ikkinchi ogohlantirish signali berilguniga qadar bekatga chiqishlari lozim. Tonnellar va yer usti yo‘l tizimidan bekatlarga odamlarning o‘z vaqtida chiqishi uchun ishlar rahbarlari javobgardirlar.

  3. Metall qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va ulardan foydalanish tartibi metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan maxsus yo‘riqnomalar bilan belgilanadi.


Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin