Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
Mening kutubxonamdagi eski qalin kitoblar, teriga bitilgan qo‘lyozmalar-chi?” 
O‘sal bo‘lgan yigitcha bularni ko‘rmaganini tan oladi, zotan, qal’ani aylanganda u butun 
diqqatini xo‘jayin qo‘liga ishonib topshirgan choyqoshiqdagi moydan uzmagan edi. 
“Izingga qayt va mening uyimdagi mo‘’jizalarni tomosha qil,— dedi shunda 
Donishmand.— Turish-turmushini ko‘rib bilmagan odamingga qanday ishonasan”.
Yigitcha qo‘lida qoshiq bilan yana saroyni aylangani jiladi. Bu safar u oldingiday diqqat 
bo‘lmay, xonalarni bezab turgan kamyob jihozlarni, san’at asarlarini ko‘rib chiqadi. U 
bog‘larni va qal’ani o‘rab turgan qoyalarni kuzatadi, gullarning va suratu haykallarning 
go‘zalligini o‘zicha baholaydi. Donishmandning oldiga qaytgach, u ko‘rganlarining 
hammasini oqizmay-tomizmay aytib beradi.
“Ikki tomchi moy qani, men senga to‘kib qo‘yma deb taylagandim?”— so‘raydi 
Donishmand.
Shunda yigitcha qoshiqchadagi moyning to‘kilganini payqaydi.
“Mana shu men senga beradigan birdan-bir maslahat,— deydi unga donolar donosi.— 
Baxtning siru asrori dunyoning bor jozibasiyu tarovatini ko‘ra bilishda va ayni paytda 
choyqoshiqdagi ikki tomchi moyni ham hech qachon yoddan chiqarmaslikda”. 
Santyago rivoyatni eshitib uzoq jim qoldi. U qariyaning nima demoqchi bo‘lganini 
tushundi. Cho‘pon dashtu dala kezishni yaxshi ko‘radi, biroq qo‘y-qo‘zisini hech qachon 
unutmaydi. 
Santyagoga qadalib qarab, podshoh Malkisidiq qo‘llarini tutashtirdi va g‘alati harakat 
bilan bo‘zbolaning boshi ustidan sermadi. Keyin esa, qo‘ylarni oldiga solib, o‘z yo‘liga 
ravona bo‘ldi.
Mo‘’jazgina Tarif shaharchasi ustida, bir zamonlar mavrlar qurgan, eski qal’a qad rostlab 
turibdi. Agar minoraga chiqib qaralsa, makkabodroq sotuvchisining qutisi turgan maydon 
kaftdagiday ko‘rinadi. Bu joydan Afrika qirg‘oqlarining uzunchoq parchalari ham ko‘zga 
tashlanadi. O‘sha kuni qal’a devorida, yuzini mashriqdan esayotgan shamolga tutib, 
Malkisidq — Salim podshohi o‘tirgan edi. Taqdirlarida kechgan alg‘ov-dalg‘ov 
o‘zgarishlardan bezovtalanayotgan qo‘ylar yangi xo‘jayinidan nariroqda 
qo‘shoqlanganday g‘uj bo‘lib turardi. Ularni hali ham qiziqtirib turgan eng muhim narsa 
yemish edi. 
Bandargohga kiriladigan joyda turgan chog‘roq kemaga qarab o‘tirgan Malkisidq, bir 
paytlar unga ushr berganidan so‘ng Ibrohimni qayta uchratmaganiday, endi bu 
bo‘zbolani ham boshqa ko‘rmasligi haqida o‘ylardi. 
Umrboqiylarda orzu-istak bo‘lmasligi kerak, chunki bu yerda ularning o‘z yo‘llari yo‘q. 
Biroq baribir Malkisidq qalbining tubida Santyago degan mana shu bolaga omad yor 
bo‘lishini tilardi. 
“Uning hoziroq hatto mening ismimni ham unutib yuborishi achinarli-da, — o‘yladi u. — 
Mening ismimni takrorlab turishi kerak edi. Alhol, meni eslab, “Malkisidq, Salim 
podshohi” degan sirli qariyani tilga olsa.” 
U ko‘zini samoga tikdi va biroz iymanib, dedi: 
—Tangrim, iqrorman, bular barchasi, Sening kalomingda zikr etilganiday, “behudadan 
behuda urinish.” Lekin gohida qari podshoh ham o‘zi bilan g‘ururlanadi-da. 
“Afrika deganlari g‘alati joy ekan”, — o‘yladi Santyago. 
U shaharning tang ko‘chalarida tez-tez duch keladigan torgina yemakxonada o‘tirardi. 
Bir necha kishi kattakon chilimni qo‘lma-qo‘l almashib chekishardi. Shu orada u qo‘l 
ushlashib borishayotgan erkaklarni, yuzini bekitgan ayollarni, baland minoralarga chiqib 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin