Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
Qariyaning gaplari Santyagoga unchalik ta’sir qilmadi, biroq “sirli kuch” uni qiziqtirib 
qoldi — do‘kondorning qizi buni eshitsa, og‘zi ochilib qoladi. 
— Bu kuch aftidan yomonlikka yo‘g‘rilgan. Biroq amalda u odamlarni o‘z Taqdirini 
qanday yuzaga chiqarishga yo‘naltiradi. Bu kuch uning ruhi va irodasini shunga 
tayyorlab boradi. Bu sayyorada bir ulug‘ haqiqat mavjud: sening kimligingdan va nima 
qilayotganingdan qat’i nazar, qachonki sen bir nimani chin yurakdan istasang, bunga 
erishasan, chunki shunday istak Olam Qalbida ham yaraladi. Va bu sening Yerdagi 
nasibangdir. 
— Hatto agar men faqat yurt kezib yurishni yoki do‘kondorning qiziga uylanishni 
xohlasam hammi? 
— Yoki xazinani qidirsang-da. Olam Qalbi inson baxtidan oziqlanadi. Baxtidan, biroq ayni 
paytda g‘amidan, havasu hasadidan, rashkidan ham. Odamning yakka-yagona 
majburiyati: o‘z Taqdiri yo‘lidan oxirigacha borish. Hammasi — shunda mujassam. 
Yodingda tut, sen biror narsani istagan paytda butun Olam sening istaging amalga 
oshishiga yordam beradi. 
Biroz muddat ular maydonga va o‘tib-ketib turgan odamlarga jim qarab o‘tirishdi. 
Jimlikni birinchi bo‘lib qariya buzdi: 
— Xo‘sh, shunday qilib nega endi sen qo‘y boqishga qaror qilding? 
— Chunki, dunyo kezib yurishni yaxshi ko‘raman. 
Qariya maydon burchagiga qizil kajavasi bilan kelib to‘xtagan makkabodroq sotuvchiga 
ishora qildi: 
— Bolaligida u ham dunyo kezishni orzu qilgan. Biroq keyin makkabodroq sotib, pul 
topishni afzal bildi. Qarigach, u Afrikada bir oyni o‘tkazdi. O‘z orzusini amalga oshirishi 
uchun odamda hamma vaqt imkon bo‘lishini tushunish unga nasib etmagan. 
— Uning cho‘ponlik qilgani ma’qul edi, — dedi Santyago.
— Bu haqda u o‘yladi. Biroq so‘ng yaxshisi savdo-sotiq bilan shug‘ullanishga qaror qildi. 
Savdogarlarning boshida kapasi bor, cho‘pon-cho‘liqlar esa ochiq dalada tunaydi. 
Qizlarning ota-onalari ham kuyovlari cho‘pon emas, savdogar bo‘lishini xohlashadi. 
Santyago movutchining qizini esladi va yuragiga igna sanchilganday bo‘ldi. Albatta, qiz 
yashayotgan o‘sha shaharda kimdir qizil kajava bilan izg‘ib yurgandir. 
— Bundan kelib chiqadiki, odamlarning cho‘ponlar va makkabodroq sotuvchilar haqidagi 
fikrlari Taqdir yo‘li haqidagi fikrdan muhim ekan-da. 
Qariya yana kitobni varaqladi va aftidan, o‘qiy boshladi. Santyago uzoq kutdi, keyin bari 
bir qariyani chalg‘itishga qaror qildi, chunki oldin chol ham uni kitob-dan chalg‘itgandi: 
— Nima uchun siz men bilan bu haqda gaplashayapsiz? 
— Chunki sen o‘zingning Taqdiring yo‘lidan borishga urinding. Biroq hozir undan 
chekinishga tayyorsan. 
— Siz har doim shunday daqiqalarda paydo bo‘lasizmi?
— Har doim. Boz ustiga boshqa shaklu shamoyilda ham ko‘rinishim mumkin. Gohida 
to‘g‘ri qaror tarzida, gohida ma’qul fikr tarzida. Gohida esa, hal etuvchi daqiqada, men 
boshi berk ko‘chadan chiqish yo‘lini aytaman. Barini eslab qololmaysan. Biroq odatda 
odamlar mening paydo bo‘lganimni payqashmaydi. 
Qariya o‘tgan hafta bir tilla qazuvchi qoshida tosh shaklida paydo bo‘lgani haqida hikoya 
qildi. Bir paytlar bu odam hammasini tashlab, zumrad qazib topish uchun yo‘l olgan. 
Daryo qirg‘og‘ida besh yil rosa ter to‘kkan va bir dona bo‘lsa-da, zumrad toparman, deb 
999 999 toshni maydalagan. Va shunda hafsalasi pir bo‘lib, orzusidan voz kechishga ahd 
etgan, bu payt uning poyida faqat bittagina tosh qolgandi — va u shu toshning ichidan 
o‘zining zumradini topardi. Shunda qariya aralashishga va o‘z Yo‘lidan mardona 
ketayotgan tilla izlovchiga yordam berishga qaror qildi. U toshga aylandi, uning oyog‘i 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin