Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
ovozda duo o‘qidi. 
Aftidan, bu lo‘lilar o‘qiydigan duo edi. Cho‘pon bolaga lo‘lilar tez-tez uchrab turardi — 
ular ham, garchi qo‘y boqishmasa-da, dunyo kezib yurishadi. Odamlar ularni yolg‘on-
yashiq aytib kun kechiradi, gunohga botib yashaydi, bolalarni o‘g‘irlab ketadi va bu 
bolalar keyinchalik ularning asiriga aylanib qoladi, deyishadi. Santyago go‘dakligida 
lo‘lilar o‘g‘irlab ketishidan o‘lguday qo‘rqardi, hozir lo‘li kampir qo‘llaridan ushlaganda 
vujudida o‘sha qo‘rquv uyg‘ondi. 
“Axir, bu yerda Muqaddas Masih yuragi bor-ku”, — o‘yladi u xotirjam bo‘lishga va 
titrog‘ini bosishga urinib. Lo‘li kampir buni sezib qolishini xohlamasdi. Sodiqligini 
ta’kidlamoqchi bo‘lib ichida duo o‘qidi. 
— Juda qiziq, — kaftidagi chiziqlardan ko‘zini uzmay
ming‘irladi kampir va yana sukut saqlab turdi. 
Bo‘zbola battar bezovtalandi. Titroq endi qo‘llariga ko‘chdi va u qo‘llarini shoshib tortib 
oldi. 
— Men sening oldingga qo‘llarimga qarab fol och deb kelganim yo‘q, — dedi u lo‘lining 
uyiga qadam bosganiga afsuslanib: yaxshisi, haqini to‘lab, tezroq juftakni 
rostlasammikan. Shuyam gap bo‘ldimi, allaqanday tushni ikki marta ko‘rgan bo‘lsa 
ko‘ribdi-da. 
— Bilaman. Sen ko‘rgan tushingning ta’birini aytib berishimni so‘rayapsan, — dedi lo‘li. 
— Tushlar — bu Tangri biz bilan gaplashadigan til. Modomiki, bu dunyodagi bor tillardan 
biri ekan, bu tildan men tarjima qila olaman. Biroq Tangri senga qalbing tilida murojaat 
qilgan ekan, uning aytganlari faqat yolg‘iz sengagina tushunarli bo‘ladi. Shunisi ham 
borki, sen maslahat olish uchun kelgan ekansan, men sendan baribir pul olaman.
“Aftidan, ilindim”, — o‘yladi Santyago, biroq chekinishning endi iloji yo‘q. Jur’at cho‘pon 
uchun — odatdagi hol: birida suruvga bo‘ri oralaydi, birida qurg‘oqchilik ro‘y beradi. 
Jur’at uning hayotini qiziqarli qiladi. 
— Men bir tushni ikki marta ko‘rdim, — dedi u. — Tushimda yaylovda qo‘ylarimni boqib 
yuribman, shu payt go‘dak paydo bo‘ldi, u qo‘ylar bilan o‘ynagisi keldi. Birovning 
qo‘ylarimga yaqinlashishini yomon ko‘raman, ular begonadan hurkadi. Faqat bolalarni 
qo‘rqmay yaqiniga yo‘latadi, nega undayligini bilmayman. Qo‘ylar bolalarning yoshini 
qanday payqashini tushunmayman. 
— Ko‘rgan tushingni ayt, — kampir uning so‘zini bo‘ldi, — ana, qozonim olovda turibdi. 
Sening puling ko‘p emas, mening vaqtim qimmat turadi. 
— Bola hadeb qo‘ylar bilan o‘ynadi, — Santyago biroz iymanib davom etdi, — keyin 
tuyqusdan meni qo‘lida ko‘tardi-da, Misr ehromlariga eltib qo‘ydi. 
U biroz sekinlab, bu lo‘li kampir ehrom nimaligini bilarmikan, degan shubhaga bordi. 
Misr ehromlariga eltdi, — takrorladi u ohista va dona-dona qilib, — u yerda menga: 
“Agar yana bu yerga kelib qolsang, bekitilgan xazinani izlab topasan”, dedi. Va endi 
menga xazina qaerda yotganini uqtirmoqchi bo‘lganida uyg‘onib ketdim. Ikkinchi marta 
ham bu tush xuddi shunday — hech o‘zgarishsiz qaytarildi. 
Lo‘li kampir uzoq jim qoldi, keyin yana Santyagoning qo‘llaridan ushladi va kaftiga 
sinchiklab diqqat bilan qaradi. 
— Hozircha men sendan haq olmayman, — dedi kampir nihoyat. — Biroq agar xazinani 
topsang, o‘ndan biri meniki. 
Bo‘zbola sevinganidan kulib yubordi, tushiga kirgan xazina uning folbinga beradigan 
arzimas chaqalarini asrab qoldi. Bu kampir chindan ham lo‘li: lo‘lilarning bir qaynovi 
ichida, deyishadi. 
— Bo‘laqol, tushimning ta’birini ayt, — so‘radi u. 
— Oldin qasam ich. Xazinaning o‘ndan birini menga beraman, deb qasam ich, keyin 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin