Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
— Men esa boshqa yerlarni ko‘rishni, boshqa ayollarga qarashni xohlayman. Axir, bu 
odamlar hech qachon bizning qishloqda qolib ketishmaydi-ku. 
— Yurt kezish uchun ko‘p pul kerak, bolam. Bizda muqim bir joyda yashamaydiganlar 
faqat cho‘ponlar, xolos. 
— Iloj qancha, demak, cho‘pon bo‘laman, — dedi Santyago. 
Ota hech nima demadi, ertalab unga uchta qadimgi tilla tanga solingan hamyonni tut-
qazdi: 
— Bir kun daladan topib olgandim. Osmondan tushgan desa ham bo‘laveradi. O‘zingga 
bir otar qo‘y sotib ol va yurt kezib mol boqib yuraver, qachonki, dunyoda bizning 
qasrimizday eng zo‘r qasr va bizning ayollarimizday go‘zal ayol yo‘qligini tushunsang, bir 
kun qaytarsan. 
O‘g‘lini tangriga topshirib fotiha berayotganda, Santyago uning ko‘zlariga qarab, qarib 
qolganiga, muqim hayotning huzur-halovati: yeb-ichishi yetarli va boshida kapasi 
borligidan qoniqish hosil qilib, o‘zini xotirjam tutishiga qaramay, otasining ko‘nglida yurt 
oshib, el kezib yurish ishtiyoqi so‘nmaganini payqadi. 
Ufq qirmizi tusga kirdi, so‘ng quyosh botdi. Otasining gaplarini eslab kulimsiradi: u 
ko‘plab qasrlarni va ko‘plab go‘zallarni ko‘rishga ulgurdi, darvoqe, ular orasida tengi yo‘q 
bir hurliqo bilan ikki kundan keyin tag‘in uchrashadi. Uning bir otar qo‘yi bor, egnida 
kamzuli bor, kitobi bor, kitobni xohlagan paytda boshqasiga almashtirsa bo‘ladi. Muhimi 
— uning eng aziz orzusi amalga oshayotir: dashtu dala kezib, safar qilib yuribdi. 
Andalusiyaning qir-adirlari zeriktirsa, xohlagan paytda qo‘ylarni sotib, dengizchi bo‘lishi 
mumkin. Agar dengizda suzish joniga tegsa, bu paytga kelib u boshqa shaharlarni ko‘rib, 
boshqa ayollar bilan tanishib oladi, baxtli bo‘lishning boshqacha yo‘llarini topadi. 
“Bilmadim, diniy maktabda Tangrini qanday topardim”, — o‘yladi Santyago ko‘tarilib 
kelayotgan quyoshga qarab. 
O‘zining safarlarida u doim noma’lum yo‘llardan yurishni ma’qul ko‘rardi. Bu cherkovda 
hali biror marta tunashga to‘g‘ri kelmagan, garchi bu o‘lkalarda tez-tez bo‘lib tursa-da. 
Dunyo keng, cheku chegarasi yo‘q va Santyago ozroq vaqt qo‘ylarni o‘z mayliga qo‘yib 
bersa, albatta, qandaydir qiziq voqeaga duch kelardi. Faqat qo‘ylar har kuni yangi 
yo‘llarni topishayotganini, yaylovlar va yil fasllari o‘zgarayotganini tushunmaydi: 
ularning miyasida faqat qorin to‘yg‘azish ehtiyoji bor, xolos. 
“Ehtimol, biz ham shunaqadirmiz, — o‘yladi cho‘pon. — Axir, men o‘zim ham 
movutchining qizi bilan tanishganimdan keyin xayolim biror marta ham boshqa ayollarga 
ketmadi-ku”. 
U osmonga qaradi, chamaladi, peshinga qolmay Tarifda bo‘ladi. U yerda kitobni 
boshqasiga, qalinrog‘iga almashtirib olsa, suvdonini vinoga to‘ldirib, soch-soqolini 
oldirsa, movutchining qizi bilan uchrashuvga shay bo‘ladi. U boshqa bir cho‘pon qizni ilib 
ketgan bo‘lsa-chi, degan xayolga bormaslikka urindi. 
“Hayot shunisi bilan qiziqki, tushlar rostga aylanadi”, — o‘yladi Santyago osmonga ko‘z 
tashlab qo‘yib, qadamini tezlatarkan. 
U Tarifda tushni ta’birlaydigan kampir yashashini esladi. Qani aytsin-chi, ikki marta 
ko‘rgan bir tushning ta’biri qanaqa bo‘larkan.
Kampir mehmonni orqa tarafdagi oshxonadan turli
rangdagi plastmassa munchoqlar shodasidan yasalgan parda bilan ajratilgan xonaga 
yo‘lladi. Xonada stol va ikkita stul bor, devorda Masih yuragi tasviri tushirilgan surat 
ilingan. 
Uy bekasi Santyagoni o‘tirg‘izdi, o‘zi uning qarshisiga o‘tirib, ikki qo‘lidan ushladi va past 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin