Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
o‘tgan shaharlar, qishloqlarda eshitgan yangiliklarni ularga gapirib berardi. 
Darvoqe, keyingi paytlarda bo‘zbola faqat bir narsa — yana to‘rt kundan keyin o‘zi yetib 
keladigan shaharda yashaydigan savdogarning qizi haqida gapirardi. U qizni faqat bir 
marta — o‘tgan yili ko‘rgan. Movut va jun bilan oldi-sotdi qiladigan do‘kondor qo‘ylarning 
junini ko‘z oldida qirqtirishni xohlaydi — shunday qilinsa uni aldasholmaydi. 
Oshnalaridan kimdir Santyagoga shu do‘konni ko‘rsatdi va u qo‘ylarini o‘sha tarafga 
haydadi. 
“Jun sotmoqchiman”, dedi u do‘kondorga. 
Do‘kon peshtaxtasi oldida odamlar uymalashib turardi, xo‘jayin cho‘pondan tushlikkacha 
kutib turishini so‘radi. Santyago rozi bo‘ldi va yo‘lakka o‘tirib, to‘rvasidan kitobchasini 
oldi. 
— Voy, cho‘ponlar ham kitob o‘qisharkan-da, bilmas ekanman, — yonginasidan qiz 
bolaning qo‘ng‘iroqday tovushi jarangladi. 
U boshini ko‘tarib, ko‘rinishidan haqiqiy andaluslik, sochlari taqimiga tushgan, qop-qora 
va mayin ko‘zlari esa xuddi bir vaqtlar Ispaniyani zabt etgan mavrlarnikiday qizni ko‘rdi. 
— Cho‘ponlar kitob o‘qishi shart emas: qo‘ylar har qanday kitobdan ham ko‘proq 
narsaga o‘rgatadi, — javob qildi unga Santyago.
Shu zayl gap gapga ulashib, ular gurunglashib ketishdi va rosa ikki soat miriqib 
suhbatlashdi. Qizaloq do‘kondorga qiz bo‘lishini, hayoti zerikarli, kunlari xuddi ikki 
tomchi suvday bir xilligini aytdi. Santyago esa unga Andalusiya yaylovlari haqida
yo‘lining ustidagi katta shaharlar haqida eshitganlarini gapirib berdi. Qiz bilan suhbat 
qurganidan uning kayfi chog‘ bo‘ldi — axir, bu qo‘ylarga gapirgandan yaxshi-da. 
— Sen o‘qishni qaerda o‘rgangansan, — so‘radi qiz. 
— Hamma qaerda o‘rgansa, o‘sha yerda-da, — javob qildi bo‘zbola. — Maktabda. 
— Nega endi savoding bo‘lsayam qo‘y boqib yuribsan? 
Javob o‘rniga Santyago boshqa narsa haqida gapirdi: qiz uni baribir tushunmasligiga 
ishonchi komil edi. U qizga o‘zining jahongashtaligidan gapirdi, qizning mavrlarnikiga 
o‘xshagan ko‘zlari goh moshday ochilsa, goh hayratdan qisilib ketardi. Vaqt bilinmay 
o‘tar, Santyago ichida bu kunning tugamasligini, savdogarning do‘koniga odam 
yog‘ilishini va qo‘ylarni qirqtirish bahonasida uch-to‘rt kun shu yerda qolib ketishini 
xohlardi. Hech qachon hozirgiday holatni tuymagan edi; uning shu yerda umrbod qolgisi 
keldi. Bu qorasoch qiz bilan kunlari sira ham ikki tomchi suvday bir xil kechmasligi aniq 
edi. 
Biroq shu payt qizning otasi do‘kondan chiqib keldi va suruvni oralab, qirqish uchun 
to‘rtta qo‘yni ajratib oldi. Keyin kelishilganiday haq to‘ladi va dedi: 
— Endi bir yildan keyin kel. 
Mana, nihoyat o‘shanda belgilangan muddatgacha bor-yo‘g‘i to‘rt kun qoldi. Bo‘zbola 
uchrashishni o‘ylab quvonar va ayni chog‘da ko‘ngli xijil tortardi: bordi-yu qiz uni 
yodidan chiqarib yuborgan bo‘lsa-chi? Axir, ularning shaharchasi yonidan qo‘y haydab 
o‘tadigan cho‘ponlar son mingta. 
— Bo‘lganicha bo‘lar, — dedi u qo‘ylariga. — Unchalik ahamiyati yo‘q. Boshqa 
shaharlarda ham qizlar to‘lib yotibdi. 
Biroq u ko‘nglining tub-tubida buning ahamiyati chindan ham juda katta ekanini his etib 
turardi. Cho‘ponlarda ham, dengizchi-yu jahongashta savdogarlarda ham doim intiq 
bo‘lib, sog‘inib yashaydigan bir shahri bo‘ladi va u yerda, ozod qushday dunyo kezish 
baxtidan voz kechishga arziydigan hurliqo yashaydi. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin