Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə81/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Yetmishinchi majlis


QADR KECHASINING FAZILATI HAQIDA

Alloh taolo aytadi: «Albatta, Biz u (Qur’on)ni qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad alayhissalom), Qadr kechasi nima ekanligini siz qaerdan ham bilar edingiz?! Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni, Jabroil alayhissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyori-la (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar. U (kecha) to tong otguncha tinchlik-omonlikdur» (Qadr surasi, 1-5-oyatlar).


Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Qiyomat kunida mening shafoatimga eng haqliroq kimsa menga eng ko‘p salovot aytuvchi kishidir».

Ulamolar bu xususda shunday deydilar: Alloh Qur’oni karimni uch jihatdan ulug‘ladi. Birinchisi, uning nozil qilinishini o‘ziga nisbat bergan va o‘zigagina xoslangandir, ya’ni, «Biz nozil qildik», degan. Ikkinchisi ismi zohir bilan emas, zamir bilan keltirdi. Ya’ni, «Uni», dedi. Bu arab tili qoidasiga ko‘ra qadrining balandligiga guvohlik berish hisoblanadi. Uchinchisi, uni nozil qilgan vaqtning qadrini baland qildi, ya’ni Qur’on nozil bo‘lgan kechani qadrli qildi».

«Qadr», deb nomlanishidan murod (ya’ni, oldindan belgilash, aniqlash, taqdir, qismat, degan ma’nolarni anglatadi), chunki bu kechada shu yildan kelgusi yilgacha bo‘ladigan ishlar, hukmlar, rizqlar, ajrlarning miqdori o‘lchanadi, belgilanadi. Alloh bir yillik taqdirni farishtalarga bildiradi va bu yil taqdir qilingan narsalarni ularga yozib qo‘ymoqlikni amr-farmon etadi. Bu taqdirlarni bitib qo‘yadi, degani emas, chunki Alloh taolo osmonlaru yerni yaratishdan avval uni yozib qo‘ygandir. Shu yili bo‘ladigan ishlar taqdirini yozguvchi farishtalar azob va rahmat daftarini Jabroil alayhissalomga berishadi. O’simliklaru rizqlar daftarini Mikoil alayhissalomga berishadi. Ajallar daftarini o‘lim farishtasiga berishadi.

Ba’zi ulamolar: «Qadr so‘zi «tor» degan ma’noda bo‘lib, shu kecha tushgan farishtalarning ko‘pligidan yer torayib qoladi», degan fikrni bildirishgan.

Ibn Abbos raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: «Ul zot dedilar: «Inna anzalnahu fiy laylatul qadr» surasi nozil bo‘lish munosabati balan Jabroil alayhissalom huzurimga kelib: «Sham’un ibn G’oziy ismli shaxs sizdan ilgari yashab o‘tgan edi. U kofirlarga qarshi ming oy g‘azot qildi. Uning quroli faqatgina tuyaning junidan to‘qilgan qamchi bo‘lib, bundan boshqa narsasi yo‘q edi. Agar u bilan kofirlarni ursa, ulardan ko‘pchiligi vafot etardi. Agar chanqasa, tishlarining orasidan shirin totli suv chiqarib, ichardi. Agar och qolsa tishlarining orasidan go‘sht o‘sardi. U ming oy, ya’ni 83 yilu 4 oy shu alfozda kurashdi. Kofirlar unga qarshi kurashishdan ojiz qoldilar. So‘ng uning kofir xotinining oldiga kelib, unga: «Agar eringni o‘ldirsang, biz senga ko‘p mol-dunyo beramiz», deyishdi. Xotini: «Men uni o‘ldirishga qodir emasman», dedi. «Biz senga mustahkam arqon beramiz. Ering uxlagan vaqtda uning qo‘l-oyoqlarini bog‘lab bersang bo‘ldi», deyishdi ular. Bas, xotini eri uxlab yotgan vaqtda qo‘l-oyoqlarini bog‘ladi. U uyg‘onib ketib: «Kim meni bog‘ladi», dedi. «Men sizning kuchingizni sinash uchun bog‘ladim», dedi xotini. U arqonni pora-pora qilib tashladi. Shundan so‘ng kofirlar zanjir bilan bog‘lashdi. Uyqudan uyg‘ongach, zanjirni ham bo‘lak-bo‘lak qilib tashladi va xotiniga: «Ey xotin, men Allohning avliyolaridanman. Menga sochimdan boshqa hech bir narsa g‘olib bo‘lolmaydi», dedi. Xotini buni anglagach, uyqu mahalida uning sochlarini kesdi. Sakkizta kokilidan to‘rttasi bilan qo‘lini, to‘rttasi bilan oyog‘ini bog‘ladi. Eri uyg‘ongach: «Kim meni bog‘ladi», deganida, xotini: «Sizni sinab ko‘rish uchun shunday qildim» deb javob berdi. Obid har qancha urinsa ham, bog‘ichlarni uzib tashlashga qodir bo‘lmadi. Xotini kofirlarga xabar berdi. Kofirlar kelib uni saroyga olib ketdilar. Uni ustunga bog‘ladilar, quloqlari, lablari, tili, qo‘llari va oyoqlarini kesdilar va ko‘zlarini o‘ydilar. Shunda Alloh obidga vahiy qilib:

«Ular uchun nimani xohlasang, shuni amalga oshiraman», dedi. Obid: «Menga bir quvvat berginki, bu ustunni qimirlatay va saroy ularning ustiga tushib vayron bo‘lsin», dedi. Alloh unga quvvat berdi. U ustunni qimirlatdi va tom kofirlarning hammasini bosib qoldi. Xotini ham kofirlar bilan birga halok


bo‘ldi. Alloh obidga najot berdi va a’zolarini qaytarib berdi. Shundan keyin u Allohga ming oy davomida kechalari qoim, kunduzlari soim bo‘lib ibodat qildi. Sahobalar bunga ishtiyoq bo‘lib yig‘ladilar va: «Yo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning savobini bilasizmi?» deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bilmayman» dedilar. Shunda Jabroil alayhissalom Qadr surasini keltirdi va «Ey Muhammad, sizga va ummatingizga Qadr kechasi berildiki, u kechada ibodat qilishlik ming oylik ibodatdan afzaldir», dedilar.

Imom Roziy raziyallohu anhu o‘z tafsirlarida shunday deydilar: «Qadr kechasida Jabroil alayhissalom Allohning amri bilan: «Yo farishtalar jamoasi, safarga, safarga!» deb nido qiladi. Farishtalar: «Yo Jabroil alayhissalom qaerga boraylik?» deyishadi. Jabroil alayhissalom shunday deb javob beradilar: «Bu kechaning bir qismida dunyoga nuzul qilamiz, chunki bu kechada Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummatlariga rahmat nazari bilan qaraydi va to‘rt guruhdan boshqa barchaning gunohlarini mag‘firat etadi». «U to‘rt guruh kimlar?» deb so‘radi farishtalar. Jabroil alayhissalom dedi: «Birinchi guruh – sharobxo‘rlar, ikkinchi guruh – ota-onasiga oq bo‘lganlar, uchinchisi mehr-shafqatni tark etganlar va to‘rtinchi guruh – musulmonga nisbatan gina-adovat saqlaganlar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: «Kim Qadr kechasida ikki rak’at namoz o‘qisa va salomdan keyin yetmish marta «Astag‘firillohi taolo va atibu ilayhi» desa, o‘rnidan turmasdanoq, Alloh taolo uni va ota-onasini mag‘firat etadi. Bir farishtaga u banda uchun jannatda daraxt o‘tkazishni, qasr bunyod etishni va ariq ochib, suv oqizishni amr etadi. U banda jannatdagi o‘zining joyini ko‘rmagunicha bu dunyodan ketmaydi».

Muso alayhissalom: «Iloho, sening yaqinligingni istayman», deb munojot qildilar. «Men Qadr tunida uyg‘oq bo‘lganlarga yaqindirman», dedi Alloh taolo. Muso alayhissalom: «Iloho, sening rahmatingning orzusidaman», deganlarida, «Mening rahmatim, Qadr kechasida miskinlarga rahm qilganlargadir», dedi Alloh taolo. «Iloho sirot ko‘prigidan yashindek o‘tishni istayman», dedilar. Alloh taolo aytdi: «Qadr kechasida faqirlarga sadaqa berganlarni oldinroq o‘tkazaman». Muso alayhissalom dedilar: «Iloho, jannat bog‘larida bo‘lishni va ularning mevasidan tanovvul qilishni istayman». «Qadr kechasida tasbeh aytib, Meni zikr etish bilan mashg‘ul bo‘lganlar jannat bog‘lariga sazovor bo‘lishadi», dedi Alloh. Muso alayhissalom: «Iloho, do‘zaxdan najot topishni istayman», deganlarida Alloh taolo aytdi: «Qadr kechasida istig‘forni ko‘p aytganlar do‘zaxdan najot topadilar». Muso alayhissalom: «Iloho, sening roziligingni topishni istayman», dedilar. «Yo Muso, Mening roziligimni qadr kechasida ikki rak’at namoz o‘qiganlar topadilar», dedi Alloh taolo.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Qadr kechasida Alloh taolo farmoni bilan osmondan to‘rtta yalov yerga keltiriladi. Har bir yalov ostida yetmish ming farishta saf tortib turadi. Har bir yalovda «La-a ilaha illallohu Muhammadur rasululloh» kalimasi naqsh etilgan bo‘ladi. Farishtalar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning Ahmad yalovini yer bilan osmon o‘rtasiga, Mag‘firat yalovini Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ravzai muboraklariga o‘rnatadilar. Rahmat yalovini Ka’ba tomiga, Karomat yalovini Baytul Maqdisdagi Saxra ustiga o‘rnatadilar. Bu kechada farishtalar har bir musulmon eshigiga borib, yetmish marta salom berishadi. Bu kechada kim uch marta «La-a ilaha illallohu Muhammadur Rasulullohu» desa, Alloh taolo o‘sha bandasini mag‘firat etib, jannatdan joy beradi».

Qadr kechasi xususida olimlar turli fikrlarni bayon etganlar. Ulamolardan ba’zilari, Laylatul qadr ramazon oyining boshidadir, deganlar. Ba’zilari uni ramazon oyining o‘n yettinchi kunida, ba’zilar esa, uni ramazonning oxirgi o‘n kunligida bo‘ladi, deganlar. Lekin sahobalar va mujtahidlarning umumiy fikri Laylatul qadr ramazon oyining 27-kechasida bo‘lishini ta’kidlaydi. Boyazid Bistomiy raziyallohu anhu: «Umrim davomida ikki marta qadr kechasini topganman. Bu ramazon oyining 27 kechasida sodir bo‘lgan edi», degan edilar.


Laylatul qadr to‘qqiz harfdan iborat. Alloh taolo Qadr surasida «Laylatul qadr» so‘zini uch marta takrorlaydi va uning yg‘indisi 27 soniga tengdir. Uning yashirin bo‘lganining hikmati shundaki, musulmonlar ramazon oyining kechalarini toat-ibodat bilan o‘tkazib ko‘proq savobga erishsinlar.


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin