Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
141
* * *
Ixtiyorni o‘zda saqlab qolmoqlik — dunyodagi eng ulug‘ ne’mat.
* * *
Odamlar o‘zlari yaxshi bilmaydigan narsalarga boshqa narsalardan ko‘ra ko‘proq ishonadilar.
* * *
Kim
nima desa desin-u, ammo hatto ezgulikning zamirida ham huzurlanish yotadi.
* * *
Hayot ezgulik ham, yovuzlik ham emas. U ezgulik va yovuzlikni ichiga oluvchi bir ombordir. Uni yo
ezgulik, yo yovuzlik omboriga aylantiradilar.
* * *
Qo‘rqoqlik — shafqatsizlikning onasi.
* * *
Noo‘rin go‘zallik o‘z qadrini yo‘qotadi.
* * *
Kimnidir tasvirlashga har
qancha urinmaylik, baribir, doimo o‘z-o‘zimizni aks ettiramiz.
* * *
O’zini o‘z tabiiy mohiyatida munosib namoyon qilmoq komillik belgisi va deyarli ilohiy sifat
belgisidir. Biz odatda o‘zligimizdan qochib, boshqacha odam bo‘lishga intilamiz va aslida nimalarga
qodirligimizni bilolmay o‘tib ketamiz.
* * *
Hech kim bor pulini o‘zgalarga ulashib bermaydi. Lekin har
bir odam vaqti va hayotini
atrofidagilarga bo‘lishib beradi.
Biz shu qadar isrof qiladigan, biroq xasislik qilsak shunchalar foydali va maqtovga munosib bo‘lgan
boshqa hech narsa yo‘q.
Yo‘llarning mingtasi maqsaddan uzoqlashtiradi, faqat bittasi maqsadga yetkazadi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: