Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
kollegiyasida dars bergan) va chekka Graus mavzesiga surgun qilinadi. Grasian hayotining so‘nggi yillarida surgunning og‘ir mashaqqatlarini boshidan kechiradi, muhtojlikda, tahqir va ta’qiblar ostida yashaydi. Unga hatto kulbasida qog‘oz va qalam saqlashni ham taqiqlab qo‘yadilar. Baltasar qancha urinmasin, o‘zining sevimli muallimlik va va’zgo‘ylik faoliyatiga qaytolmaydi… bundan qattiq tushkunlikka tushib, erta qariydi va xastalikka chalinadi. * * *
Baltasar Grasian donolik ilmidan saboq berib, oqilu dono bo‘lishni istovchi har bir odam uchun
quyidagilarni farz deb biladi:
O’zgalar senga muhtojlik sezishsin va bu qoida sening eng birinchi quroling bo‘lsin.
* * *
O’zingdan yuqori mavqedagilar ustidan g‘alaba qozonishdan tiyil. Zafar quchmoqlik adovat
tug‘diradi. O’z sohibining ustidan g‘alabaga erishmoqlik ham aqlsizlik, ham xavflidir. Inson o‘z
go‘zalligini palapartish kiyinish vositasida ko‘zdan yashira olgani kabi, agar harakat qilsa, o‘z
ustunligini ham pardalay olishi mumkin.
* * *
G’
Ћ
animning diqqatini chalg‘itishga urin. Harakatlaringni muntazam o‘zgartirib tur. Zero, to‘g‘ri
uchib borayotgan qushni urib tushirish, aylanma harakat bilan charx urayotgan qushni nishonga
olishdan ko‘ra osonroqdir. Bir xillik – siringni ochadi, rejani fosh etadi.
* * *
Me’yoridan ortiq umidlanma. Odatda haddan ortiq maqtalgan narsa ishonchni oqlamaydi. Voqelik
hech qachon xayolot ortidan ergashmaydi. Zero, orzu qilmoq oson, ammo unga erishmoq g‘oyat
mushkul.
* * *
O’zidagi nuqsonni fazilatga aylantira olish san’ati, ayniqsa, qadrlidir. Tepakal Sezar boshiga doimo
dafna daraxti yaprog‘idan yasalgan toj kiyib yurgan.
* * *
Har bir odamning qalbiga yo‘l topa bil. Odamlarni boshqara bilish san’ati ana shundadir. Buning
uchun dovyurak bo‘lish shart emas. Har bir odam tabiatan turli narsalarga mayl qo‘yadi. Kimdir obro‘-
e’tiborga o‘ch bo‘lsa, boshqa birovni faqat o‘z manfaati qiziqtiradi. Ko‘pchilik rohat-farog‘atni afzal
biladi. Sen avval odamlarning shu narsalardan qay biriga moyilligini bil-da, keyin ularning ko‘ngliga