Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Bir nechta farzand ko‘radi. Ularning orasida keyinchalik birinchi bo‘lib otasining tarjimai



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/184
tarix03.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#151940
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   184
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

Bir nechta farzand ko‘radi. Ularning orasida keyinchalik birinchi bo‘lib otasining tarjimai 
holini yozgan Mariya-Anjelika ham bor edi. 
1767 yilda rus imperatori Yekaterina II Didroni Rossiyaga taklif etadi. U Didroning 
shaxsiy kutubxonasini sotib oladi hamda faylasufni kutubxonachi etib tayinlaydi. Didroga 
katta maosh tayinlab, 50 yillik miqdordagi maoshni avvaldan to‘laydi. Ammo shunga 
qaramay, Didro faqat 6 yildan keyingina – 1773 yilda Gollandiya orqali Rossiyaga o‘tib, 
Peterburgga keladi. 1774 yilda Rossiyadan o‘z vataniga qaytadi. Faylasuf she’rlar ham 
mashq qilgan. Deni Didro 1784 yilda vafot etdi. Uning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Falsafiy 
fikrlar» (1746 yilda yashirincha bosib chiqarilgan bu kitob Parij parlamentining qaroriga 
muvofiq yoqib yuborilgan), «Ko‘zi ochiqlarga nasihat sifatida yozilgan so‘qirlar haqida 
maktub» (1750 yil), «Tabiatni izohlashga doir fikrlar» (1754 yil), «Shakkokning sayru 
sayyohatlari yoki xiyobonlar» (1747 yil), «Rohiba» (asar 1760 yilda yozilgan bo‘lsa-da, 
ilk marta 1796 yilda chop etilgan), «D’ Alamber va Didro suhbati. – D’ Alamberning tushi 
– Suhbatning davomi» (1769 yil) «Materiya va harakatning falsafiy asoslari» (1770 yil), 
«Aktyor haqidagi paradokslar» (1773 yil), «Fiziologiya unsurlari» (1782-1783 yillar).
 
* * * 
Ishonchsizlik – falsafa tomon qo‘yilgan birinchi qadam. 
* * * 
Jismlarni miyamdagidek emas, balki tabiatda qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilaman: ular 
men uchun o‘z xossasi va faoliyatiga ega bo‘lgan xilma-xil jismlardir. Ular portlash sodir bo‘lmasligi 
uchun silitra, ko‘mir va oltingugurtning uchta yaxlit molekulasi, uchqundan nari saqlanadigan 
tajribaxonadagidek, tabiat qo‘ynida harakat qiladilar. 
* * * 
O’quvchim, meni o‘qiyotganingda tuyg‘ular bizdagi barcha bilimlarning asosini tashkil etishini 
albatta yodda tut. Tabiat – Xudo emas, inson – mashina emas, faraz – dalil emas. Agar 
kitoblarimning istalgan yerida ushbu qoidalarga zid keluvchi biror fikrga duch kelsang, bilki sen bu 
yerdagi fikrlarni umuman tushunmagansan. 
* * * 
Sizni tuxum oldin paydo bo‘lganmi yoki tovuqmi, degan savol hayajonga soladimi, demak, siz 
jonivorlar avval qanday bo‘lsa, hozir ham shundayligicha – o‘zgarishsiz qolgan, deb o‘ylaysiz. Qanday 
bema’nilik. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
188
* * * 
Hamma narsa kuzatishga qurbimiz yetmay qolgan yerda tugaydi. 
* * * 
Agar yer yuzida hamma narsa a’lo bo‘lganda, a’lo narsaning o‘zi bo‘lmasdi. 
* * * 
Tun chog‘i qalin o‘rmonda adashib qoldim. Qo‘limdagi ojizgina pirpiragan sham – mening yagona 
yo‘l ko‘rsatuvchim edi. Nogohon ro‘paramda notanish kimsa paydo bo‘ldi va shunday dedi: «Do‘stim, 
to‘g‘ri yo‘lni topish uchun qo‘lingdagi shamni o‘chir». Bu notanish kimsa – ilohiyotchi olim edi. 
* * * 
Iste’dod avloddan-avlodga o‘tadigan zodagonlik unvoni emas. 
* * * 
Yaxshilarni mukofotlash bilan yomonlarni jazolagan bo‘lamiz. 
* * * 
Ehtiroslarni yengishni maqsad qilib qo‘yish – aqlsizlikning eng yuqori cho‘qqisi. 
* * * 
Hamma narsa foydaliligiga qarab belgilanadi. 
* * * 
Baxt va baxtsizlik bir-biri bilan zulmat va yorug‘lik kabi munosabatda bo‘lmaydi. Zero, baxt va 
baxtsizlik bir vaqtning o‘zida birga mavjud bo‘la oladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin