Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/184
tarix03.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#151940
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   184
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

www.ziyouz.com
кутубхонаси
70
* * * 
Faylasufning inson azob-uqubatlariga malham bo‘lolmaydigan so‘zlari quruq safsatadan o‘zga 
narsa emas. Jismdagi kasallikni yo‘qotolmaydigan tabobatdan hech qanday naf bo‘lmaganidek, 
qalbdagi xastalikka davo topolmaydigan falsafa ham befoydadir. 
* * * 
Sezgi hech qachon aldamaydi. (Epikur beqaror va yuzaki sezgini barqaror va umumiy sanalmish 
fikrga qarama-qarshi qo‘yuvchi qadimiy falsafa aqidalarini rad etgan. U sezgini haqiqatning mezoni 
deb hisoblagan.) 
* * * 
Aql-farosatdan mahrum holda baxtli yashagandan, aql-farosat bilan badbaxt bo‘lgan a’loroqdir. 
* * * 
O’tgan saodatli onlarini unutganlar qariyaga aylanadilar. 
* * * 
O’lim — eng dahshatli yovuzlik. Ammo buning bizga hech qanday daxli yo‘q. Chunki biz tirik 
ekanmiz, o‘lim ham bo‘lmaydi, o‘lim yetib kelgach, biz g‘oyib bo‘lamiz. 
* * * 
Bizga kerakli narsalarni yengil, kerakmaslarini esa og‘ir qilib yaratgan dono tabiatga tahsinlar 
aytamiz. 
* * * 
Erkinlik istaklarni jilovlash natijasida erishiladigan eng oliy ne’matdir. 
* * * 
Zaruriyat kulfatdir. Ammo zaruriyat bilan yashashning hech qanday zarurati yo‘q. 
* * * 
Aqlli, axloqli va adolatli bo‘lmay turib, ko‘ngildagidek yashash mumkin emas. Va aksincha, 
ko‘ngildagidek yashamay turib, aqlli, axloqli va adolatli hayot kechirib bo‘lmaydi. 
* * * 
Navqironlarni emas, balki hayotini yaxshi yashab o‘tgan keksa odamlarni baxtli sanamoq lozim. 
* * * 
Barcha istaklar oldiga shunday savolni ko‘ndalang qo‘ymoq kerak: xo‘sh, istagim amalga oshgach, 
men nimaga erishaman? Istagimga erisholmasam-chi? 
* * * 
Donishmand hech qachon befahmga aylanolmaydi. 
* * * 
Donolik hamma narsaning ibtidosi va buyuk ezgulikdir. Shu bois u hatto falsafadan ham 
qimmatliroq. 
* * * 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
71
Insonlar yo hasad, yo ko‘rolmaslik, yoki nafrat tufayli bir-birining dilini og‘ritadilar. Dono kishi esa 
aql-idrok ila bularning barchasidan ustun turadi. Donolikka erishgan odam hatto atayin urinsa ham 
buning aksini qilolmaydi. 
* * * 
Hatto eng bo‘lmag‘ur qonun ham insonlar uchun zarurdir. Aks holda odamlar bir-birini g‘ajib 
tashlaydi. 
* * * 
O’zingga bino qo‘ymay, dono, aql-zakovatli bo‘lishga intil. 
* * * 
Yiqilganni turg‘izmoq uchungina egil. 
* * * 
O’zgalarga qo‘rqinchli tuyulgan odamning qalbi ham qo‘rqinch hislaridan xoli emas. 
* * * 
Inson yo qo‘rquv, yoki intihosiz va behuda ehtiros tufayli baxtsiz bo‘ladi. 
* * * 
Donishmandgina she’riyat va musiqaga to‘g‘ri baho bera oladi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin