bo‘lib o‘tgan suhbatida ham ishtirok etgan. Gimnosofistlarni yunonlar «yalang‘och donishmandlar» deb atashgan. Bu hind zohidlari juda oriq va yashovchan bo‘lib, qop- qora badanlarida belbog‘dan o‘zga hech qanday kiyimlari bo‘lmagan. Iskandar shoh ularni o‘ldirishga qaror qiladi. Biroq avval ularning donoligini sinab ko‘rish uchun har biriga savollar bilan murojaat etadi. Iskandarning: «Tiriklar ko‘pmi, o‘liklarmi?» degan savoliga birinchi zohid shunday javob qaytaradi: «Tiriklar ham, o‘liklar ham mavjud emas». «Jonivorlarni ko‘proq yer boqadimi yoki dengizmi?» — degan savolga ikkinchi gimnosofist: «Jonivorlarni asosan yer boqadi. Dengiz esa yerning bir qismi, xolos», — deb javob berdi. Birin-ketin berilayotgan tagdor ma’noli savollar har qancha murakkab bo‘lishiga qaramay, gimnosofistlar bo‘sh kelmaydilar. Iskandar shoh dedi: — Jonivorlarning eng ayyori qaysi? — Insonga notanish bo‘lgan jonivor eng ayyoridir. Savol: — Kun avval paydo bo‘lganmi yo tun? Javob: — Kun bir kun avval paydo bo‘lgan. Savol: — Eng suyukli inson bo‘lish uchun nima qilmoq kerak? Javob: — Buning uchun eng qudratli hamda jasoratli inson bo‘lmoq lozim. Savol: — Hayot kuchlimi yo o‘lim? Javob: — Hayot kuchli. Ushbu tarixiy voqeadagi so‘nggi savolning javobi Maqduniya hukmdorini qattiq hayajonga soldi. Uning: «Inson Tangri bo‘la oladimi?» degan savoliga: «Insonlar bajarishga qodir bo‘lmagan ishni bajargan kimsa Tangri bo‘ladi» deb javob qaytaradi gimnosofist. Iskandar o‘zi haqida shunday yuksak fikrda edi. Shu bois asirlarning bu javobi unga juda ma’qul bo‘ladi va tantilik qilib, gimnosofistlarni ozod etadi. Ulug‘