Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
Men o‘lmayman, chunki bobom o‘lgan emas. 
1994 
* * * 
Ishlari ig‘vo-yu tuhmat va riyo
Aldamchi, haromxo‘r, iymonsiz balo. 
Agar ularni ham yaratgan bo‘lsang 
Kimdan gina qilay endi, ey xudo. 
1994 
* * * 
She’rim, aytgan so‘zim, ba hukmi zamon
Tarqalib ketdilar hammasi har yon. 
Qalblarda tinch-totuv yasharmi ular, 
Bozor iqtisodi bilan yonma-yon. 
1994 
BAYRAM 
Toki tirik ekan dunyoda odam
Unga hamroh erur goh shodlik, goh g‘am. 
Ertang ne bo‘lishin bilmasman ammo
Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram. 
Yordan ayri kechsa - har lahza abas
Vafosiz do‘stni ham do‘stim dema, bas. 
Keng jahon sen uchun bo‘lmasdan qafas, 
Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram. 
Demagil, chopqirdir omadim manim
Hech qachon belanmas loylarga sha’nim. 
Ustingdan yozmasdan bir nomard g‘anim, 
Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram. 
Oddiy narsalarni ko‘zga ilmay goh
Olis yulduzlar deb chekamiz oh-voh. 
Boshingni qotirmay yoningdagi moh, 
Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram. 
Olamda bazmu aysh uchrar alomat, 
Bemorga bormikan undan halovat. 
Mayliga yovg‘on ich, lekin salomat
Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram. 
Eng avval tinch bo‘lsin ko‘ksingda vijdon, 
Tinch bo‘lsin elu yurt, Vatan jonajon. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
 
 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin