Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
U yunoncha gapira boshladi: 
— Ibodatxonani vayron qilmoqchi bo‘lgan va bu ishga xalqni da’vat etgan senmiding? 
Endi mahbus yana jonlandi, ko‘zlaridan qo‘rquv alomati g‘oyib bo‘lib, yunon tilida gapira boshladi: 
— Mep, saxov... — sal bo‘lmasa og‘zidan chiqib ketayozgan bu so‘zdan mahbusning ko‘zlarida 
dahshat vujudga keldi, — men, igemon, hech qachon xayolimga ham keltirmaganman ibodatxonani 
vayron qilishni va hech kimni da’vat ham etmaganman bunday noma’qul ishga. 
Pastak stolga bukchayib olib mahbus berayotgan guvohlikni yozib o‘tirgan kotibning yuzida taajjub 
alomati paydo bo‘ldi. U boshini ko‘tardi, lekin shu zahoti yana pergamentga engashib oldi. 
— Bu shaharda o‘tadigan bayram namoyishiga turli toifadagi odamlar kelishadi. Ular orasida 
sehrgarlar, munajjimlar, folbinlaru qotillar bo‘lishadi, — derdi prokurator bir xil ohangda, — lekin ular 
ichida yolg‘onchilar ham topiladi. Chunonchi, sen yolg‘onchisan. Xalqni ibodatxonani vayron qilishga 
undadi, deb aniq yozib qo‘yilipti. Odamlar guvohlik bergan. 
— Usha saxovatli odamlar, — deb gapira boshladi mahbus va shosha-pisha: — igemon, — deb 
ilova qildiyu, gapini davom ettirdi: — savodi yo‘q omilardir, shu bois men aytgan gaplarni 
chalkashtirib yuborishgan. Umuman, bu chalkashliklar hali juda uzoq vaqt davom etmasaydi deb 
xavotirdaman. Hamma balo shundaki, mening gaplarimni u noto‘g‘ri yozib olyapti. 
Sukunat. Endi Pilatning ikkala xasta ko‘zi mahbusga og‘ir tikilardi. 
— Senga oxirgi marta takrorlayman: o‘zingni jinnilikka solma, qaroqchi, — mayin ohangda dedi 
Pilat o‘sha-o‘sha xasta ovoz bilan, — ustingdan yozilgan dalillar ko‘p emas, illo shularning o‘zi ham 
seni dorga osish uchun kifoya qiladi. 
— Yo‘q, yo‘q, igemon, — dedi mahbus Pilatni o‘z gapiga ishontirish uchun astoydil urinib, — 
bittasi bor, qo‘liga taka terisidan ishlangan pergament ushlab olib, orqamdan izma-iz yurgani-yurgan, 
to‘xtovsiz yozgani-yozgan. Lekin bir marta o‘sha pergamentga ko‘z qirimni tashlab hangu mang bo‘lib 
qoldim. Men u yerda yozilgan gaplarning birortasini ham gapirmagan-man. Xudo haqqi, yoqib yubor 
bu pergamentingni, deb yolvordim unga. Lekin u pergamentni qo‘limdan yulib olib, qochib ketdi. 
— Kim o‘zi u? — ijirg‘anib so‘radi Pilat va qo‘lini chakkasiga olib bordi. 
Leviy Matvey degan odam, — bajonidil izohlay boshladi mahbus, — u o‘lpon yig‘uvchi edi. 
Men u bilan birinchi marta Viffagiyaga boradigan yo‘l yoqasidagi anjirzor muyulishida to‘qnash kelib 
gaplashib qolgandim. Avvaliga u menga adovat bilan qaradi, hatto haqorat ham qildi, ya’ni meni it deb 
atab, o‘zicha haqorat qildim deb o‘ylagan bo‘lishi kerak, — mahbus jilmayib qo‘ydi. — Shaxsan men 
bu jonivorning hech qanday yomon jihatini bilmayman, shuning uchun undan xafa ham bo‘lmadim... 
Kotib yozishdan to‘xtadi va zimdan, mahbusga emas, prokuratorga taajjub bilan bokdi. 
— ... biroq gaplarimni eshitib, shashtidan qayta boshladi, — davom etdi Ieshua, — oxiri borib, u 
yiqqan pullarini yo‘lga otib yuborib, sen bilan jahongashtalik qilaman, dedi... 
Pilat sarg‘ayib ketgan tishlarini ko‘rsatib, bir yonog‘ini uchirib tirjaydi va butun gavdasi bilan kotib 
tomonga o‘girilib dedi: 
— O, Yershalaim shahri! Bu yerda ne-ne antiqa gaplarni eshitmaysan. O‘lpon yig‘uvchi, buni 
qarangki, pullarini yo‘lga sochib yuborganmish! 
Kotib bunga javoban nima deyishini bilmay, Pilatning jilvasiga taqlid qilishni lozim ko‘rdi. 
Negaki u, bugundan e’tiboran puldan hazar qilaman, deb aytdi, — deb izohladi Ieshua Leviy 
Matveyning alomat raftorini izohlab va qo‘shib qo‘ydi: — O‘sha kundan boshlab u menga hamroh 
bo‘lib oldi. 
Prokurator hamon tirjayishini qo‘ymay mahbusga qaradi, so‘ng o‘zi o‘tirgan yerdan ancha uzoqda
pastlikda bo‘lgan Hippodrom* va u yerdagi ot haykallari uzra muttasil yuqoriga ko‘tarilayotgan 
quyoshga yuz tutdi-yu, birdan ko‘ngilni behuzur qiluvchi allaqanday dard bilan: «O‘zimni qiynab 
o‘tirmasdan «Osilsin!» — degan bir og‘iz so‘z bilan bu notavon jinoyatchini ravondan haydab 
yuborsam ham bo‘lardi-ku. Keyin, soqchilarni ham quvib, o‘zim qasrga kirganim, ko‘shkni 
qorong‘ilatib, chorpoyaga yotganim, sovuq suv keltirishlarini buyurib, ayanchli ovoz bilan itim 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin