«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Oltinchi maqolat 
ODOB HAQIDA
Elga mol-u dunyo, sharaf-shon obro‘ bolmay, 
hayo bilan odobgina sharaf hisoblanadi. Chunki 
yoglnning boshlanishi hayo bolganidek, yog‘in- 
ning har qatrasi tuprog'ni kimyoga aylantiradi.
Odobsiz kishilar izzatli bolmaydilar. Baland 
osmon bu xil kishilarni pasaytirib qo'yadi.
Odobsizlikning biri kulgu bolib, kulgu odob- 
ning yo'qligidan belgi, xolos. Qahqahasi tufayli 
kaklik qattiq sayrab, bu xil kulgu uning boshiga 
xilma-xil balolar keltiradi. G4incha esa ovozsiz 
ochilib, ochilishi so'ngida sochilib ketadi.
Yashin o‘z qahqahasi tufayli tog' ichida yiqilib, 
yer bilan yakson boladi. Subh esa ovozsiz o‘z 
jamolini ayon qilar ekan, quyosh nurlari o‘z durla- 
rini uning ustidan isiriq qilib sochadi.
Kulgu o‘z hadidan oshgach, yiglash undan ko‘p 
yaxshiroq bolib qoladi, sham har tuni yiglab, 
o‘zini ayon etar ekan, uning ustidan kulayotgan 
g4inchalami yel uchirib ketadi. Bulut past ovoz 
bilan ko‘z yoshlarini tolcar ekan, yashin kulgusi- 
dan xokisor holatiga tushadi.
Odobli insonlar kulguga ko‘p ham oglz ochaver- 
maydilar. Lekin hayo buluti qatrasiz ham bolmay­
di. Qahqaha hazil bilan yor bolsa, ikkovining qiyo- 
fasi qurbaqaning kuyi bilan sakrashini eslatadi. 
Yuziga soqol boglab, elni kuldirishga intilgan 
odam o‘z soqoliga o‘zi kulgu keltiradi.


Masxaraboz kulgu uyg'otish uchun bir diram 
deb naq ikki shapaloq yeydi. Boyo'gli ham o‘z 
koVinishi jihatidan masxarabozga o“xshab ketgani 
uchun qushlar uni urmoq uchun hujum qiladilar. 
Bu masxarabozliklarning barchasi hayo va odob 
kelsa, darhol daf boladi.
Quyosh ruxsori jilva qilgach, kecha zulmati yer 
tubiga kirishga majbur boladi.
Har bir aql-hushli inson o‘z so'zini aql bilan 
so'zlaydi. Mast odamgina shovqin-suron solib 
gapiradi. Tulki bilan it kulgu eshigini ochishsa, 
sher ko‘ringach, bor ulus uyidan qochib chiqadi.
Tavozu’ yoki adab deb atalgan narsa haqi­
da aql faqat ularni maqtasa ham, ulus fikriga 
muvofiq birdek bolmaydi. Masalan, ularni har 
kishining tavriga - holatiga qarab ko‘rinishi va 
holatiga muvofiq bajarishi zarur. Masalan, bek 
qulga uzoq hurmat ko‘rsatsa, o'zini yaxshi, uni 
yaxshi hurmat qilmaydigan boladilar, gadoyning 
oldida sajda qilish ehson emas, balki ehson unga 
dirham berm akdu r. B ola uchun o ‘rindan
turish ham adab hisoblanmaydi. Keksalar bun- 
day ishni adabga nisbat bermaydilar. Bunday 
holda u mutakabbir-u, sen yengil tabiatli inson 
bolib qolasan. Shuning uchun ham el bu ikki xil 
ishni qilishni qoralaydi.
Odobda uning muayyan shartlariga amal qil- 
moq muhimdir. Har kishiga muomala qilinganda
uning senga nisbatan yoshi, obro-e’tibori qanday- 
ligi hisobga olinishi kerak. Boshqalarning obro'yi 
senga nisbatan pastroq bolsa ham, baland bolsa 
ham, ularga yaxshi muomalada bolish kerak. 
Ular boshqacha ish tutsalar ham, sen hisob bi-


Ian ish ko'rishing darkor. Bu xil ishingni javobini 
qiyomat kuni ko'rasan. Umuman, barcha bilan 
yaxshi muomala qilmoq vojibdur.
Biron kishi martabada sendan past bo‘lib, 
sening hukming ostida bolsa ham, uning so‘zi, 
shikoyatlari senga xush kelm ayotgan b o ls a
ham, payg'ambarimiz hadislariga ko‘ra yoqimli 
muomalada bolish, unga so‘z odobi haqida о‘git 
berishdan yiroq bolm oq lozim. Bunday odamlarga 
hamisha yaxshilik qilish, ayni chog'da ularning 
ahvollaridan xabardor bolib turish zarurdir. Bu 
ularga ko'rsatilgan ehtirom, ta’zim bo‘lishidan 
umidvor bolish kerak.
Agar ahli ayoling bolsa, ularga ham xuddi 
shunday mehribonlik ko‘rsatish lozim. Bolalami 
kichiklikdan parvaiish qilishda hikmat ko'p. Qatrani 
sadaf tarbiya qilib kelgani uchun u boshga chiqish 
sharafiga ega boldi.
Yana biri farzandga yaxshi nom qo'ymoqdir. 
Shunday ism qo^yish zarurki, odamlar atagan- 
larida uyalib qolmasin. Ismlarda ham farq ko‘p 
uchraydi. Biri Husayn bolsa, yana biri Yaziddir.
Yana biri bolaga talim berish va ilm-u adab 
o'rgatish uchun muallim topishdir. It ta ’lim 
o‘rganib, shunday kamol topadiki, hatto og‘zida 
keltirgan ovi halol boladi, olim haromni halol 
qilishga o ‘rgatuvchi it bolsa, o 'glin g bilimsiz 
bolsa, uni bilimli qiladi.
Bolani tarbiyalashda unga shafqat ko'rsatish, 
uni taqdirlab borish ham darkor, lekin bu xil 
ishlar: maqtash, mukofotlash hadidan oshib 
ketsa, faqat ziyon boladi. Bolaga mehrni ham, 
jazo berishni ham me’yoridan oshirmaslik uning 
yaxshi odobi uchun xizmat qiladi.


Odobning eng muhim shartlaridan biri ota 
bilan ona ehtiromini bajo qilmoqdir. Bu ikki zot- 
ning xizmatlarini bir xil bajarish, bu xizmatlami 
imkon boricha ko'proq ado qilsang ham, shuncha 
oz. Boshingni ota qoshig‘a fido aylab, jismingni 
ano boshig‘a sadqa qilgil. Ikki jahoningga rohat 
istasang, ushbu ikki zotning rizoligini olgil. Tun-u 
ku n in gn i y o ritm o q uchun b irin i oy, b irin i 
quyosh deb anglagil. So‘zlaridan salgina ham 
chetga chiqmay, vasiyatnomalaridan bir qadam 
bolsin tashqari qadam qoymagin. Barcha xizmat- 
laring odob doirasida bolsin, qomatingni esa 
«adab» so'zidagi «dol» harfi kabi tutgil.
So'ngra silayi rahm - qarindoshlarga sadoqat, 
ularga mehribonlik, doimiy aloqada bolishni, o‘sha 
doira odamlariga mehr-shafqatni о‘zing uchun farz 
bil. Qarindoshlaringning barchasi bilan doimo mu- 
nosabatni uzmay, ulug'rog'iga xizmat qil, kichikroq- 
lariga shafqat ko'rsatgil. О‘zing bilan tengqur deb 
hisoblaganlaringga ham ehtirom ko‘rsatgil. Qilgan 
mehnatingni hech qachon yuziga solmagil, hurmat- 
sizlik qilib zinhor diliga ozor bermagil.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin