Muallifdan


AYRIM TILSHUNOSLIK TERMINLARI IZOHI



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə87/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

AYRIM TILSHUNOSLIK TERMINLARI IZOHI


Abbreviatura (ital)-qisqartma so‘zlar.
Abzats (nem)-xat boshi.
Abstrakt ot (lot.)-mavhum ot. Avtor gapi - muallif gapi.
Adabiy til-umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum me’yorga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. Adabiy tilning ikki shakli bor: 1) yozma shakli. 2) og‘zaki shakli.
Alfavit - alifbo (yunon alifbosidagi birinchi ikki harfning nomi: alpha va beta).
Antonim (yun.)-o‘zaro zid, qarama-qarshi ma’noli til birliklari.
Argo (frans.)-yasama til. Biror ijtimoiy guruh, toifa (masalan, talabalar, sportchilar, o‘g‘rilar)ning o‘ziga xos, boshqalar tushunmaydigan lug‘aviy birliklardan iborat yasama tili.
Arxaizm (yun.)-ma’lum davr uchun eskirgan, iste’moldan chiqa boshlagan til birligi (so‘z, frazeologizm va b.).
Affiks (lot.)-qo‘shimcha.
Assimilyatsiya – qator kelgan nutq tovushlarining bir-biriga ta'sir qilib o‘ziga moslashtirishidir.Progressiv assimilyatsiya - aytdiaytti, yurakga-yurakka.Regressiv assimilyatsiya – yigitchayigichcha, tuzsiz-tussiz.
Bog‘lama fe’l bo‘lmagan so‘zni fe’lga xos ma’no va vazifaga moslovchi yordamchi fe’l.
Dissimilatsiya – ikki o‘xshash tovushning o‘rin almashinuvi. Progressiv dissimilyatsiya: birorta-bironta. Regressiv dissimilyatsiya – ittifoq-intifoq
Eksperimental fonetika – nutq tovushlari artikulyatsiyasidagi havo tebranishi, tebranish miqdori sarflangan vaqt, oberton qanday yuzaga chiqishi kabilar ma'lum texnik apparatlar vositasida aniqlanadi va shu asosda fonetik qonuniyatlar bo‘g‘in, urg‘u, intonatsion xususiyatlar aniqlanadi.
Fraza – nutqning yagona intonasiyaga ega o‘zaro to‘la pauza bilan ajraluvchi qismi.
Fonetik transkripsiya – talaffuzni aniq ifodalashga xizmat qiladi va xorijiy tillar lug‘atida keng qo‘llaniladi. Har bir talaffuz qilingan tovushni aks ettirish fonetik transkripsiyaning asosiy vazifasidir. Transkripsiya har qanday alfavitga asoslangan bo‘lishi mumkin. Ba'zi maxsus tovushlarni belgilash uchun esa diakritik belgilardan, boshqa alifbelardan qo‘shimcha belgilar olishdan, mavjud belgilarni teskari yozish yo‘lidan foydalaniladi. Fonetik transkripsiya chet tilini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega..

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin