N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə26/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

Nazorat va muhokama uchun savollar.
  1. Daromad va harjatlarning asosiy umumiy ko‘rsatgichlari qaysilar?


  2. Jamg‘arma va investitsiyalarning umumiy hajmi hamda joriy operatsiyalar hisobvarag‘i saldosi qanday aniqlanadi?


  3. Asosiy iqtisodiy indikatorlarni sanab bering.


  4. MHTga kiruvchi hisob varaqalarini va makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarini tahlil qilish iqtisodiyotning qanday asosiy yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi?


  5. O‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda ko‘rsatgichlarni hisoblashda qanday muammolari mavjud?


  6. Real sektorning iqtisodiy mohiyati nimalardan ifodalaniladi?


  7. Real sektorda jamg‘armalar va investitsiyalar nisbati qanday bo‘lishi kerak?


  8. Real va nomina YAIMning tahlil uslubi nimalardan iborat?




4-BOB. TO‘LOV BALANSINING IQTISODIY TAHLILI

§4.1. To‘lov balansining tarkibiy tuzilishi




To‘lov balansida norezidentlarga amalga oshirilgan to‘lovlar va ulardan tushgan tushumlar qayd etildi. To‘lov balansi qo‘llanmasiga muvofiq (TBQ, 1993 y.), «to‘lov balansi unda tizimlashtirilgan ko‘rinishda ushbu iqtisodiyotning tashqi dunyo bilan muayyan davrda amalga oshirilgan iqtisodiy operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar keltiriladigan statistika qaydnomasini o‘zida namoyon etadi». To‘lov balansi hisobot davri mobaynida tashqi savdo qanday rivojlanganligini, chet eldan qancha miqdorda daromadlar olinganligini va chet elga qancha miqdorda mablag‘ to‘langanligini ko‘rsatadi. U xorijiy investitsiyalarni jalb qilish qanday kechganligini va mamlakat xalqaro zaxiralarining darajasi qanday o‘zgarayotganligini kuzatish imkonini beradi. To‘lov balansining makroiqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat.
1. To‘lov balansi – bu mamlakatning xorijiy sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarini aks ettirishning ixcham (lo‘nda) shakli.
2. To‘lov balansi davlat tashqi iqtisodiy aloqalarining ko‘lamlari, tarkibi va xususiyatini miqdoriy va sifat jihatdan ifodalashni o‘zida namoyon etadi.
3. To‘lov balansi kredit-pul, valyuta, byudjet-soliq, savdo siyosatining vositalari hamda yo‘nalishlarini tanlash va davlat qarzini boshqarishning muhim indikatori hisoblanadi. Quyida to‘lov balansida moddalarni aks ettirishning umumiy qabul qilingan qoidalarini ko‘rib chiqamiz.
To‘lov balansini tuzishda amal qilinadigan asosiy qoida – ikki marta yozish tizimini qo‘llash. Har bir operatsiya bir xil ma’noga, lekin debet bo‘yicha (-) va kredit bo‘yicha (+) qarama-qarshi belgilarga ega bo‘lgan ikkita yozuv shaklida aks ettiriladi, ya’ni ayrim moddalar debet moddalari, boshqalari esa kredit moddalari sifatida aks ettiriladi, masalan:

Tovarlar va xizmatlar eksporti Kredit (+)



Tovarlar va xizmatlar importi Debet (-)
Moliyaviy majburiyatlarning oshishi Kredit (+)
Moliyaviy aktivlarning oshishi Debet (-)
Majburiyatlarning kamayishi Debet (-)
Aktivlarning kamayishi Kredit (+).
Kredit bo‘yicha moliyaviy operatsiyalar ushbu mamlakat xalqaro aktivlarining qisqarishiga yoki uning tashqi majburiyatlarining, passivlarining oshishiga olib keluvchi operatsiyalarni qayd etadi, ya’ni kredit – bu qiymatlar (aktivlar)ning oqib ketishi bo‘lib, undan keyin ushbu mamlakatga ularning o‘rnini to‘ldiruvchi oqim kelishi kerak.
Debet bo‘yicha real xarid qilinadigan resurslarning etkazib berilishi, moliyaviy mablag‘lar oqimlarining moddalari bo‘yicha esa rezidentlar xalqaro aktivlarining oshishiga va tashqi majburiyatlarning qisqarishiga olib keluvchi operatsiyalar qayd etiladi, ya’ni debet – bu ushbu mamlakatga qiymatlar (aktivlar)ning oqib kelishi bo‘lib, u uchun rezidentlar pirovardida to‘lashlari (xorijiy valyutani sarflashlari) lozim. SHunday qilib, aktivlar uchun kreditdagi musbat son ular zaxiralarining kamayishini anglatadi, ayni paytda debetdagi manfiy son zaxiralarning ko‘payganligini anglatadi. Ikki marta yozish usuli bo‘yicha hisobga olishda barcha kredit yozuvlari yig‘indisi barcha debet yozuvlarining yig‘indisiga teng bo‘lishi, umumiy yakun esa nolga teng bo‘lishi lozim. SHu nuqtai nazardan to‘lov balansi hamma vaqt muvazanatlashgan bo‘lishi kerak.
To‘lov balansini to‘g‘ri baholash va tahlil qilish uchun tashqi iqtisodiy operatsiyalarning asosiy tamoyillarini bilish zarur.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin