Qat’iy bo’lmagan yotish rejimini va ruhiy osoyishtalikni ta’minlang.
Shishlar paydo bo’lganda terining himoya xususiyatlari keskin pasayadi va infeksiya kirishiga imkoniyat yaratadigan yoriqlar paydo bo’ladi; bemor choyshabi tekis to’g’rilangan qulay o’ringa muhtoj buladi (teri bichilishi va yotoq yaralar paydo bo’lishi mumkin).
Suyuqlik ichish rejimiga rioya qilinishini kuzating, ajratilgan siydik miqdorini har kuni o’lchab turing, ma’lumotlarni maxsus kundalikka yozib boring.
Ratsional davolovchi ovqatlanishni ta’minlang, og’ir bemorlar ovqatlanishda yordamga muhtoj bo’ladilar.
Bemorning qarindoshlariga yordam ko’rsatish usullarini o’rgating.
Qorin bo’shlig’idagi turib qolish hollari ishtaha buzilishi, ko’ngil aynishi, qusish, qorinning tepa qismida shishib ketish tuyg’usi, qabziyatga olib keladi; ichaklarni o’z vaqtida bo’shatish bemorning ahvolini yaxshilaydi.