Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


-rasm. Bug„doy nematodasi (Anguina tritici



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49

 

76-rasm. Bug„doy nematodasi (Anguina tritici): I-urg„ochisi; II-bug„doy nematodasi bilan 

zararlangan yosh bug„doy o„simligi; III-bug„doy boshog„idagi don o„rniga jigarrang tugunakning hosil 

bo„lishi; IV-sog„lom bug„doy boshog„i; V-bug„doy nematodasi bilan zararlangan boshoq.  

 

Bitta  urg„ochi  nematoda  otalangandan  so„ng  2500  tagacha  tuxum  qo„yadi. 



Tuxumdan  birinchi  yoshdagi  lichinka  chiqadi.  U  tullab  ikkinchi  yoshdagi  lichinkaga 

aylanadi. Har bir donda 6-8 ta urg„ochi nematodalarning nasli rivojlanadi.  

Bu  nematodalarning  zarari  bilan  ayrim  respublikalarda  har  gektar  yerdan  8-11s. 

g„alla  kam  olinadi.  Oldini  olish  choralaridan  biri  g„allani  tugunaklardan  tozalashdan 

iborat.  

Lavlagi  nematodasi  (Heterodera  schachtii)  lavlagi  ildizida  parazitlik  qilib, 

o„simlikni  o„sishdan  qoldiradi  va  so„ldiradi.  Urg„ochisi  1  mm  bo„lib,  u  600  tagacha 

tuxum  qo„yadi.  Tuxum  tuproqda  bir  necha  yilgacha  saqlanishi  mumkin.  Tuxumdan 

chiqqan lichinkalar tuproq ichida ancha vaqtgacha yotishi mumkin, so„ngra ular lavlagi 

ildiziga  kiradi.  O„sishi  4-5  hafta  davom  etadi.  U  Ukraina  sharoitida  5-6  marta  nasl 

beradi. Bu nematoda kartoshka va poliz ekinlariga ham zarar yetkazadi (77-rasm).  



Kartoshka  nematodasi  (Ditilenchus  destructor)  urg„ochisining  uzunligi  1,4 

mm, erkaginiki 1,3 mm atrofida bo„ladi. Ular kartoshka hosil berganiga qadar tuproqdan 

kartoshka  poyasiga  o„tadi.  Ichida  nematodasi  bo„lgan  kartoshkaning  poyasi  sog„lariga 

nisbatan yo„g„on, barglari kichkina va och rangli bo„ladi. Sog„ kartoshkaga qaraganda 

kasallanganning  tuplari  1,5-2  marta  kichik  bo„ladi.  Nematoda  kartoshka  hosil  bo„la 

boshlashi  oldidan  poyadan  kartoshka  ichiga  o„tadi.  Poya  va  kartoshka  ichida  parazit 

juda tez ko„payadi va bir necha marta nasl beradi. So„ngra kartoshka quriganga qadar 

tuproqqa chiqib ketadi. Bu nematoda bilan 40-60 % ga qadar kartoshka zararlanadi.  

Bir yilda 1-2 marta nasl beradi. Har bir naslning rivojlanish davri 50 kun atrofida 

bo„ladi. Nematoda mingdan ortiq tuxum qo„yadi. Zararlangan o„simlik o„sishdan qoladi 

va  nobud  bo„ladi.  Kartoshka  nematoda  bilan  zararlanmasligi  uchun  faqat  sog„lom 

kartoshka  ekish,  yuqori  darajada  agrotexnika  chora-tadbirlarini  ko„rish  hamda  ekishni 

to„g„ri yo„lga qo„yish kerak.  

II 



III 

IV 




 

Hozirgi vaqtda nematodalar sinfiga 18-20 mingga yaqin tur kirishligi aniqlangan. 

Shulardan  5000  dan  ortiq  turlari  odam  va  hayvonlarda,  2000  turi  esa  o„simliklarda 

parazitlik  qiladi.  Ammo,  bir  qator  mutaxassis  olimlarning  fikricha  sayoramizda 

nematodalar sinfining 100 mingdan 1 mln. tagacha turi bo„lishi mumkin. 

 

 

 



77-rasm. Lavlagi nematodasi: I-urg„o-chisi, Il-lavlagi ildizidagi  

urg„ochi nematodalar.  



 

 

Nematodalar  sinfi  2  ta  kenja  sinfga  bo„linadi.  1.  Adenoforalar  (Adenophorea) 



kenja sinfi. 2. Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi.  

 

Adenoforalar  kenja  sinfi  vakillari,  asosan  dengiz,  chuchuk  suv,  ba`zan  tuproqda 

erkin  hayot  kechiradi.  Ko`pchilik  turlari  faqat  kislorod  yetarli  bo`lgan  sharoitda 

yashaydi.  Kutikulasi  o`tkazuvchan  bo`lganidan  nematodani  zararli  moddalar  tasiridan 

to`liq himoya qilaolmaydi.  

 

Adenoforalar  kenja  sinfiga  kiruvchi  Trixosefalidalar  (Trichocefalida)  va 



Dioktofimidalar  (Dioctophymida)  turkumlari  vakillari  turli  umurtqali  hayvonlarda: 

baliqlar,  amfibiyalar,  sudralib  yuruvchilar,  qushlar  va  sutemizuvchilarda  parazitlik 

qiladi.  Masalan:  Gigant  svaynik  (Dioctophyme  renale)  itlar  va  boshqa  yirtqich 

hayvonlar, ba`zan odam buyragida parazitlik qiladi, uzunligi 1 m gacha boradi. Qilbosh 

chuvalchanglar va trixinellalar sutemizuvchilarda parazitlik qiladi.   Setsernentlar 

(Secernentea)  kenja  sinfi  vakillari  asosan,  o`simliklarda,  hayvonlarda  va  odamlarda 

parazitlik  qiladigan  turlarni  o`z  ichiga  oladi.  Tuyg`u  organlari  papillalardan  iborat 

bo`lib,  faqat  bosh  qismida  joylashgan.  Amfidlari  mayda,  ko`pincha  lablarida 

joylashgan.  Bo`yin  bezi  shoxlangan,  ikki  yoki  bir  nayli.  Dumining  ikki  yonida 

fazmidlari bo`ladi. Kutikulasining chala o`tkazuvchanlik va himoya xususiyatlari yaxshi 

rivojlangan.  

Setsernentlar kenja sinfiga tilenxidalar (Tylenchida), strongilidalar (Strongylida), 

oksiuridalar  (Oxyurida),  askarididalar  (Ascaridida),  spiruridalar  (Spirurida)  va  boshqa 

turkumlar  kiradi.  Ularning  ko„pchiligi  mahsuldor  hayvonlar  va  odamlarda  parazitlik 

qilib, og„ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Madaniy  o„simliklarga esa ayniqsa, bo`rtma 

nematodlari, bug`doy nematodasi, kartoshka poya nematodasi, sholi nematodasi, lavlagi 

nematodasi va boshqa vakillari katta zarar yetkazadi. 



 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

 

1. Nematodalar sinfiga qancha tur kiradi va ular kimlarda parazitlik qiladi?  

2. Odam askaridasining tuzilishi, ko„payishi, rivojlanishi, qo„zg„atadigan kasalligi 

va unga qarshi kurash choralarini izohlab bering?  

3.  Bolalar  gijjasi,  rishta,  qilbosh,  va  qiyshiqbosh  nematodalarning  o„ziga  xos 

tuzilishi va ko„payishi hamda  ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni tushuntiring.  

4.  Trixinella,  bankroft  ipchasi  va  onxoserkalarning  o„ziga  xos  tuzilishi  hamda 

biologik xususiyatlari.  

5. Qaysi nematodalar o„simliklarda parazitlik qiladi?  

6. Nematodalar sinfi sistematikasi to„g„risida ma‟lumot bering.  



3-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi 

tikanboshlilar 

tipi 

vakillarining 



tuzilishi, 

tarqalishi, 

biologik 

xususiyatlari, 

qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot berish.  

Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  Hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  tikanboshlilar  tipi  vakillarining  tuzilishi, 

tarqalishi,  biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish 

choralari haqidagi ma‟lumotlarni tushuntira oladi.  

 

Uchinchi sаvоlning bаyоni:  

Tikanboshlilar  (Acanthocephala)  tipi  vakillari  ancha  ixtisoslashgan  chuval-

changlar  bo„lib,  hozirgi  vaqtda  500  dan  ortiq  tur  fanga  ma‟lum.  Ular  baliqlar,  suvda 

hamda  quruqlikda  yashovchilar,  sudralib  yuruvchilar,  qushlar  va  sutemizuvchilarda 

parazitlik  qiladi.  Akantotsefalalar  haqidagi  dastlabki  ma‟lumot  Redi  tomonidan  1684-

yilda e‟lon qilingan. Rudolf XIX asrning boshlarida skrebniyning 50 ta turini o„rganib, 

ularni  bitta  turkumga  kiritadi.  Leykart  bu  guruh  parazitlarning  biologiyasini  o„rganib, 

ular  oraliq  xo„jayinlar  orqali  rivojlanishini  aniqlaydi.  1956-1958-yillarda  prof.  V.I. 

Petrochenko  akantotsefalalarning  MDH  da  uchraydigan  turlari,  ularning  tarqalishi, 

rivojlanish sikli, keltirib chiqaradigan kasalliklarini o„rganib, «Uy va yovvoyi hayvonlar 

akantotsefalalari» nomli ikki jildlik monografiyasini yaratdi. 

Bu  tipga  faqat  bitta  sinf,  ya‟ni  Tikanboshlilar  (Acanthocephala)  sinfi  kiradi. 

Akantotsefalalarning  gavdasi  ipsimon,  silindrsimon,  qopsimon  va  ovalsimon 

ko„rinishda  bo„lib,  kattaligi  1,5  mm  dan  68  sm  gacha  (Macracanthorhynchus 



hirudinaceus) boradi. 

Gavdasi  xartum  va  haqiqiy  tanaga  bo„linadi.  Tanasining  oldingi  qismida  xitinli 

ilmoqchalar  bilan  qurollangan  xartumi,  xartum  qini  va  bo„yindan  iborat,  haqiqiy  tana 

bo„limida  esa  hamma  qolgan  ichki  organlari  joylashgan,  Skrebniylarda  ovqat  hazm 

qilish  organlari  reduksiyalangan,  shunga  ko„ra  ular  ovqatni  butun  tana  yuzasi  orqali 

diffuziya  holda  qabul  qiladi.  Ularning  xartumi  xo„jayini  ichagi  devoriga  yopishish 

uchun  xizmat  qiladi.  Xartumdagi  xitinli  ilmoqlarning  shakli,  katta-kichikligi,  soni  va 

joylashish  tartibi  har  xil  turlarida  turlicha  bo„lib,  skrebniylarning  sistematikasini  hal 

qilishda  muhim  ro„l  o„ynaydi.  Xartumi  juda  harakatchan  bo„lib,  tez-tez  qiniga  kirib-

chiqib turadi. 

Akantotsefalalar  ayrim  jinsli,  odatda  urg„ochilari  yirik,  xartumlari  yaxshi 

rivojlangan.  Akantotsefalalar  biogelmintlar  bo„lib,  bunda  umurtqali  hayvonlar  asosiy 

xo„jayin,  umurtqasiz  hayvonlar  (mollyuskalar,  qisqichbaqasimonlar,  hasharotlar)  esa 


 

oraliq xo„jayinlar hisoblanadi. Ular nihoyatda serpusht bo„lib, bitta urg„ochi parazit bir 

sutkada 580 mingtagacha tuxum qo„yishi mumkin. 

Rivojlanishi  metamorfozli.  Asosiy  xo„jayindan  tashqi  muhitga  chiqqan 

tuxumlarda  lichinkalar  to„liq  shakllangan  bo„ladi.  Oraliq  xo„jayinlari  shunday 

tuxumlarni yutib yuborganda, tuxumdan lichinka chiqadi. Bu lichinka akantor deyiladi. 

Akantorlar  ichak  devori  orqali  tana  bo„shlig„iga  o„tib,  rivojlanishni  davom  ettiradi  va 

navbatdagl lichinkalik davriga, ya‟ni preakantellaga aylanadi. U ham rivojlanib, keyingi 

yuqumli  (invazion)  lichinkalik  davri,  ya‟ni  akantellani  hosil  qiladi.  Ana  shunday 

zararlangan  oraliq  xo„jayinlarni  har  xil  umurtqali  hayvonlar  suv  va  oziq  bilan  yeb 

yuborsa, akantotsefalalarni o„zlariga yuqtiradi. Asosiy xo„jayinlarda akantotsefalalar bir 

yildan ortiqroq yashaydi. 

Bu  sinfning  eng  keng  tarqalgan  turlaridan  biri  cho„chqada  parazitlik  qiladigan 

gigant tikanbosh  makrakantorinx (Macracanthorhynchus hirudinaceus) bo„lib, u uy va 

yovvoyi cho„chqa, burunduq, olmaxon va krotlar ingichka ichaklarida parazitlik qiladi 

(78-rasm).  

 

 

 



78-rasm. Cho„chqa makrakantorinxi (Macracanthorhynchus hirudinaccus) ning rivojlanish sikli 

sxemasi: A-asosiy xo„jayin-cho„chqa, B-oraliq xo„jayinlari har xil qo„ng„iziar, D-qo„ng„izlarning 

lichinkalari: 1-jinsiy voyaga yetgan parazit; 2-tuxumlari; 3-tuxumlarning dalalarga tarqalishi; 4-

parazitning lichinkalari.  

 

Makrakantorinxus asosan, G„arb mamlakatlarida, MDH ning Yevropa qismida va 

Uzoq  Sharqda  tarqalgan.  Ayrim  xo„jaliklarda  makrakantorinxoz  qo„zg„atuvchisi  bilan 

cho„chqalar 100 % gacha kasallanishi mumkin. Kasallangan cho„chqalarning taxminan 

uchdan  bir  qismi  halok  bo„ladi.  Macracanthorhynchus  hirudinaceus  ba‟zan  it  va 

odamlarda ham parazitlik qilish aniqlangan. 



 

Makrakantorinxusning  tanasi  uzunchoq,  dumi  birmuncha  ingichka,  bosh  tomoni 

esa  yo„g„onlashgan  bo„ladi.  Urg„ochilarining  uzunligi  68  sm  gacha  boradi.  Bosh 

tomonida  xartumi  bo„lib,  5  qator  orqaga  qayrilgan  36  ta  ilmoqlari  bor.  Ilmoqlarining 

uzunligi 0,16  mm  ga  yetadi.  Uzunligi  7-15 sm  bo„lgan erkak makrakantorinxuslarning 

tanasi vergul shaklida.  

Urg„ochilarining jinsiy apparatlari birmuncha murakkab tuzilgan. Faqatgina yosh 

makrakantorinxuslarning  tuxumlari  bor.  Urg„ochi  makrakantorinxuslar  cho„chqaning 

ingichka ichagida akantorasi bor tuxumlarini qo„yadi. Yetilgan tuxumlar asta-sekin juda 

murakkab tuzilgan urug„don yo„llari orqali cho„chqaning ichagiga va tezagi bilan tashqi 

muhitga chiqariladi. Yetilgan tuxumlari oval shaklida uzunligi 0,08-0,101 mm atrofida 

bo„ladi.  Tuxumning  tashqi  yupqa  pardasi  rangsiz,  ikkinchi  qavati  qalin,  to„q  qo„ng„ir 

tusda, notekis chuqurchalari bo„lib, bodom danagining po„stini eslatadi.  

Makrakantorinxning 

oraliq  xo„jayinlari  may  qo„ng„izlaridan-Melolontha 

hippocastani  turi,  tilla  qo„ng„izlardan  Ustonia  anrota  va  Ziocola  orvitarsis  turlari 

hamda  shoxli  qo„ng„iz  va  go„ng  qo„ng„izlarining  lichinkalari,  g„umbaklari  va  voyaga 

yetganlari hisoblanadi.  

Tezak  bilan  tashqi  muhitga  tushgan  tuxumni  may  qo„ng„izlari  va  tilla 

qo„ng„izlarning  lichinkalari  yutib  yuboradi.  Ushbu  oraliq xo„jayinlar  ichagiga tushgan 

akantora  tuxumi  po„stini  yorib,  ichak  devorini  teshib  qo„ng„iz  lichinkasining  tanasiga 

o„tadi,  bu  yerda  rivojlanib  akantora  preakantellaga  va  u  o„z  navbatida  yuqumli 

(invazion)  holatdagi  akantellaga  aylanadi.  Makrakantorinxlarning  oraliq  xo„jayinlari 

tanasida rivojlanish muddati yil fasliga bog„liq. Agarda qo„ng„iz lichinkalari iyul yoki 

undan keyingi oyda zararlansa akantella 12–13 oydan keyin rivojlanadi.  

Akantella  tanasi  yassi  va  zich  bo„lib,  cho„ziq  va  oq  rangdadir.  Uzunligi  (ichiga 

tortilgan xartumi  bilan) 3,6–4,5  mm  dan  (cho„zilgan xartumi  bilan)  4,4–5,6  mm  gacha 

bo„lib ko„zga yaxshi ko„rinadi. 

Qo„ng„iz lichinkalarining rivojlanish davrida akantella o„lmaydi. Shuning uchun 

cho„chqalar may oyida tilla qo„ng„izlar lichinkalarini emas, balki ularni g„umbaklik va 

imago  davridagilarini  ham  yeb  makrakantorinxus  bilan  zararlanadi.  Akantella 

qo„ng„izlar tanasida 2-3 yil, ya‟ni oraliq xo„jayinning butun umri mobaynida yashaydi. 

Cho„chqalar bu qo„ng„izlarni hamma rivojlanish davrida ishtaha bilan yeydi.  

Cho„chqalar  zararlangan  qo„ng„izlarning  lichinkalarini,  g„umbak  va  imago 

davrlaridagilarini yeb, parazitni o„zlariga yuqtiradi.  Cho„chqa oshqozonida qo„ng„izlar 

hazm  bo„lib,  ichagidagi  makrakantorinxus  lichinkalari-akantellalar  ingichka  ichakda 

xartumini qinidan chiqarib 36 ta ilmog„i bilan ichak shilliq pardasiga yopishib oladi va 

yopishgan joyida rivojlanib jinsiy voyaga yetadi.  

Invazion  lichinkalarining  asosiy  xo„jayni  tanasiga  tushib,  jinsiy  voyaga  yetgan 

makrakantorinxusning  rivojlanish  muddati  70–110  kun  bo„lib, hayvon  organizmida  10 

oydan 23 oygacha yashaydi. So„ngra tabiiy holda o„ladi.  

Bu  parazit  bilan  ba‟zan  odamlar,  maymunlar,  qoramollar  va  itlar  ham 

zararlanishi  aniqlangan.  Tikanboshli  chuvalchanglardan  ayrim  turlari,  masalan, 



Pomphorhynchus  laevis  chuchuk  suv  baliqlari,  shu  jumladan,  mo„ylovdor  baliqlar 

ichagida  parazitlik  qilib,  ichak  devorini  yaralaydi,  bunda  ko„plab  baliqlar  qirilib 

ketadi.  Ayrim  hollarda  mo„ylovdor  baliqlar  ichagida  parazitlar  miqdori  300  tagacha 

yetishi mumkin.  



 

Baliqlarda parazitlik qiluvchi tikanhoshiilarning oraliq xo„jayinlari, asosan mayda 

qisqichbaqasimoniardan-Gammarus pulex hisoblanadi. 

Tikanboshli chuvalchanglardan Polymorphus va Filicollis urug„larining vakil-lari 

o„rdak,  g„oz  va  boshqa  suv  qushlarming  ichagida  parazitlik  qilib,  ularga  katta  ziyon 

yetkazadi (79-rasm).  

O„rdaklarda  polimorfuslardan-Polymorphus  magnus  va  Polymorphus  minutus 

turlari parazitlik qiladi. Birinchi turi, asosan, o„rdaklarning ingichka  ichagida,  ikkinchi 

turi esa yo„g„on ichagida parazitlik qiladi. Ularning tanasi urchuqsimon, uzunligi 9,2–

14,7 mm atrofida. Oraliq xo„jayinlari yonlab suzar qisqichbaqasimonlardan-Gammarus 



lacustris va Gammarus pulex hisoblanadi. O„rdak polimorfoziga qarshi bitionol, filiksan 

va uglerod tetraxlorid ishlatiladi. 

 

 

79-rasm. O„rdak polimorfi (Polymorphus magnus) ning rivojlanish sikli sxemasi: A-asosiy 



xo„jayini-o„rdaklar, B-oraliq xo„jayini yonsuzarlar: 1-o„rdak ichidagi jinsiy yetilgan parazit; 2-

tashqi muhitga chiqqan parazit tuxumi; 3-yonsuzarlardagi parazit lichinkasi-akantella.  



 

Filikollis  urug„idan  Filicollis  anatus  o„rdak,  g„oz  va  boshqa  suv  hamda 

botqoqliklarda  yashovchi  qushlarning  ingichka  ichagida  parazdtlik  qiladi.  Parazitning 

uzunligi  6-25  mm  atrofida  bo„ladi.  Oraliq  xo„jayini  qisqichbaqasimonlardan  –  suv 

xo„tigi (Asellus aquaticus) hisoblanadi. 

 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Tikanboshlilar ustida qaysi olimlar tadqiqot ishlarini olib borishgan?  

2. Tikanboshlilar tipi vakillari boshqa parazit chuvalchanglardan qaysi belgilariga 

qarab farq qiladi?  

3.  Baliqlarda,  parrandalarda  va  cho„chqalarda  parazitlik  qiladigan  tikanboshli 

chuvalchanglar  hamda  ular  qo„zg„atadigan  kasalliklar  haqida  fikringizni  bayon 

qiling.  





 

4.  Tikanboshli  chuvalchanglarning  oraliq  xo„jayinlari  to„g„risida  ma‟lumot 

bering.  

 

11-mavzu: Hayvonlarni parazitologik tekshirish, parazitlarni yig„ish va 

aniqlash usullari.  

Fanni o„qitish texnologiyasi:  

“Hayvonlarni parazitologik tekshirish, parazitlarni yig„ish va aniqlash 

usullari” mavzusidagi ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi 

 

№ 

Bosqichlar va bajariladigan 

ish mazmuni 

Amalga 

oshiruvchi 

shaxs, vaqt 



Tayyorlov bosqichi: 

1.1. 

Dars 

maqsadi: 

Talabalarga 

hayvonlarni 

parazitologik  tekshirish,  parazitlarni  yig„ish  va  aniqlash 

usullari haqida ma‟lumot berish. 

1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.2.1.  Odam  va  hayvonlarni  tirik  davrida  parazitologik 

tekshirish usullarini biladi. 



1.2.2. O`lgan hayvonlarni gelmintlar bilan zararlanishini 

tekshirish usullarini tushuntira oladi.   



1.2.3.  Gelmintlarning  oraliq  xo„jayinlarini  tekshirish 

usullarini bayon qiladi.  



1.2.4.  Gelmintlarni  yig„ish,  konservalash  va  etiketka  yozish 

to„g„risida ma‟lumot bera oladi.  



1.3.  Dars  shakli:  guruh va  mikroguruhlarda  ishlash, hikoya 

qilish. 



1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va 

jadvallardan foydalangan holda  o„rgatish. 



1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va 

jadvallar. 



O„qituvchi 



O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi: 

2.1. Маvzu e‟lon qilinadi. 

2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqa 



 

Guruhda ishlash bosqichi: 

3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi. 

3.2.  Тalabalar  fikri  eshitiladi,  boshqa  talabalar  bahsga 

chaqiriladi. 



3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi. 

3.4. Umumiy xulosaga kelinadi . 

O„qituvchi-

talaba, 

40 daqiqa 



Mustahkamlash va baholash bosqichi:  

4.1.  Hayvonlarni  tirik  davrida  parazitologik  tekshirish 

usullarini izohlang. 

        O`lgan hayvonlarni gelmintlar bilan zararlanishini 

O„qituvchi, 

15 daqiqat 


 

tekshirish usullari to„g„risida ma‟lumot bering.  

        Gelmintlarning oraliq xo„jayinlarini tekshirish usullarini 

bayon qiling.  

        Gelmintlarni  yig„ish,  konservalash  va  etiketka  yozish 

bo„yicha ma‟lumot bering.  



4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 



O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi: 

5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi. 

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

5.3.  O„qituvchi  o„z  faoliyatini  tahlil  qiladi  va  tegishli 

o„zgartirishar kiritadi. 



O„qituvchi, 

10 daqiqa 

Аsоsiy sаvоllаr:  

1. Hayvonlarni tirik davrida parazitologik tekshirish usullari.  

2. O`lgan hayvonlarni gelmintlar bilan zararlanishini tekshirish usullari.  

3. Gelmintlarning oraliq xo„jayinlarini tekshirish. 

4. Gelmintlarni yig„ish, konservalash va etiketka yozish. 

Mаvzugа  оid  tаyanch  tushunchаlаr  vа  ibоrаlаr.  Klinik  belgilarni  kuzatish, 

laboratoriya diagnostikasi, gelmintokoprologik tekshirish, makrogelmintoskopiya usuli, 

gelmintoovoskopiya, perional qirish usuli, gelmintolarvoskopiya.  

1-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  hayvonlarni  tirik  davrida 

parazitologik tekshirish usullari haqida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  Hayvonlarni  tirik  davrida  parazitologik  tekshirish  usullari  haqida  ma‟lumot 

bera oladi.  

 

Birinchi sаvоlning bаyоni:  

Odam,  qishloq  xo`jalik  hamda  mo`ynali  hayvonlarni  parazitozlardan  davolash 

yoki  ularning  oldini  olish  uchun  avvalo,  kasallikka  o`z  vaqtida  aniq  tashxis  qo`yish 

lozim.  



Protozoy  kasalliklari  qo„zg„atuvchilarini  yig„ish  va  ularni  aniqlash. 

Odamlarni  ichburug„  аmyobаsi  bilаn  kasallanganligini  o„rganish  uchun  ichburug„ 

аmyobаsi  bilаn  оg„rigаn  оdаmning  qоnli  shilliq  najasidаn  оlingаn  prеpаrаtni  tеmir 

gеmоtоksilindа  Gаydеngаyn  usulidа  bo„yab,  mikrоskоpdа  qаrаladi.  Prеpаrаtni 

tеkshirgаnda  eritrоsitlаr  qоrа  rаnggа  bo„yalgаn  bo„lаdi.  Eritrоsitlаr  оrаsidа  ichburug„ 

аmyobаlаri ham ko„rinаdi.  

Ichburug„  аmyobаsi  bilаn  оg„riyotgаn  оdаmning  kаsаli  yеngillаshgаndа  uning 

najasidаn prеpаrаt tаyyorlаb, ichburug„ аmyobаsining sistаlаrini toppish mumkin. Ulаr 

yumаlоq shаkldа bo„lаdi va prеpаrаtdа bir, ikki hamda to„rt yadrоli sistаlаr ko„rinаdi. 

Ichаk  аmyobаsining  prеpаrаtini  mikrоskоp  tаgidа  qаrаganda,  kаttаligi  jihаtidаn 

ichburug„  аmyobаsigа  tеng  kеlаdi.  Prоtоplаzmаsidа  vаkuоllаri  ko„p  bo„lаdi.  Uning 

ichidа  pufаksimоn  kаttа  yadrоsi  ko„rinаdi.  Diqqаt  qilib  tеkshirgаndа  vаkuоllаridа 

bаktеriyalаr  vа  krахmаl  dоnаlаrini  ko„rish  mumkin.  Ichаk  аmyobаsining  sistаlаri 

yumаlоq  shаkldа  bo„lаdi.  Ichаk  аmyobаsidа  sistаsi  sаkkiz  yadrоli  bo„lishi  bilаn 

хаrаktеrlаnаdi, lеkin shu bilаn birgа kаm vа ko„p yadrоli sistаlаr hаm uchrаydi.  


 


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin