O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Xarajatlar tarkibi, ularning turkumlashtirilishi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə37/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

2. Xarajatlar tarkibi, ularning turkumlashtirilishi
Qishloq xo‘jaligida mahsulot etishtirish, ish va hizmatlarni bajarish uchun qilinayotgan barcha xarajatlar iqtisodiy mazmunga, maqsadga, hisobot ob’ektiga hamda shakllanish manbalariga ko‘ra, quyidagi elementlarga va moddalarga guruhlashtirilgan :

  • mahsulot etishtirish, ishlarni, hizmatlarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlar;

  • davr xarajatlari;

  • moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar;

  • favqulodda qilinadigan xarajatlar(foyda, zararlar).

Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, bir xil xarajatlar xarajat elementlarini, bir nechta xarajat elementlari xarajat moddalarini tashkil etadi. Demak, xarajat moddalari xarajat elementlariga nisbatan kengroqdir.
Amalga oshirilayotgan va oshirilishi lozim bo‘lgan xarajatlarni iqtisodiy elementlar bo‘yicha guruhlashtirish natijasida mehnat xarajatlari uchun berilgan ish xaqini va uning tarkibini, sarflangan moddiy (material) xarajat, turli maqsadlarga sarflangan pul xarajatlari (ob’ektlari bo‘yicha) summasini aniqlab, ularni chuqur tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.Sarflanayotgan xarajatlarni tahlil etish jarayonida ularning qanchasi mahsulot etishitirishga oid texnologik jarayonlar bo‘yicha sarflanganligiga ham alohida e’tibor beriladi. Bundan maqsad – fan-texnika, tehnologiya yangiliklarini ishlab chiqarishning u yoki bu jarayoniga tatbiq etish natijasida xarajatlarni tejash imkoniyatini aniqlashdir.
Shuning uchun ham xarajatlarni mahsulot etishtirish texnologik jarayonlari bo‘yicha ham turkumlashtirish mumkin.Xarajatlarning bunday tartibda turkumlashtirilishi ularning o‘simlikchilik mahsulotlari etishtirish davrlari bo‘yicha qilinadigan miqdorini, qiymatini aniqlash imkoniyatini yaratadi. SHunga asoslangan holda ularning samarali amalga oshirishlishini ta’minlash mablag‘lar bilan ta’minlanish masalalari ham hal etilishini taqozo qiladi. Qishloq xo‘jaligida xarajatlarni sarflashdan yana bir maqsad–etishtirilayotgan bir birlikdagi mahsulot, bajarilayotgan ishlar, hizmatlar uchun o‘rtacha qancha xarajat qilinganligini ham aniqlashdir, ya’ni ularning tannarxlarini bilishdir.



Mahsulot (ish, hizmat) tannarxi darajasi ularnining foydali yoki zararliligi bo‘yicha aniqlanadi. SHuning uchun xarajatlar har bir tannarx ob’ekti bo‘yicha to‘g‘ri olib borilishini ta’minlash lozim. Buning uchun sarflanayotgan xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish davrlariga qarab qo‘shilishi bo‘yicha turkumlashtiriladi.


Qishloq xo‘jaligida xarajat mahsulot etishtirish jarayonida bevosita hamda bilvosita sarflanadigan xarajatlarga ham turkumlashtiriladi. Bevosita (to‘g‘ri) xarajatlar mahsulotlarni etishtirishda bevosita qatnashadi va ular mahsulot hajmiga, sifatiga to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi.


Xarajatlarning mahsulot yetishtirish muddatlari bo‘yicha turkumlashtirilishi

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda (ishlarni bajarish va hizmatlarni ko‘rsatishda) bevosita qatnashadigan xarajatlarga quyidagilar kiritilmoqda:


1. Mahsulot (ishlar, hizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi.

  • Mahsulot (ishlar, hizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar, ular iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:

  • ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);

  • ishlab chiqarish hususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;

  • ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;

  • asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.

  • Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar

  • Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli:

  • ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, hizmatlarni ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar;

  • normal tehnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash uchun mahsulot (ishlar, hizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan, xarid qilinadigan materiallar, shuningdek, asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentar, moslamalar, inventar, priborlar laboratoriya asbob-uskunalari va assoiy fondlarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining eskirishi, maxsus kiyim-bosh va arzonbaholi boshqa ashyolarninig eskirishi;

  • sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida montaj qilindigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;

  • tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ichki tarkibiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan, faoliyatning asosiy turiga tegishli bo‘lmagan, ishlab chiqarish hususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va hizmatlar.

  • Ishlab chiqarish harakteriga ega bo‘lgan ishlar va hizmatlarga mahsulot tayyorlash bo‘yicha ayrim opYeratsiyalarni bajarish, xomashyo va materialalrga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar o‘tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport hizmatlari (xomashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tovarlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan quyi bo‘g‘inlarga, ya’ni sexga va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish hususiyatiga ega bo‘lgan hizmatlarga tegishli:

  • tabiiy xomashyo (Yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan Yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to‘lash, sanoat korhonalari tomonidan suv xo‘jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan ortiqcha olinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun yog‘och, taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanish huquqlarining amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash xarajatlari;

  • texnologik maqsadlarga energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning trasporti tomonidan bajariladigan, ishlab chiqarishga hizmat ko‘rsatish bo‘yichsa trasport ishlari;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya (xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyaga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek, xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi);

  • ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qotish me’yorlari doirasida va ulardan ortiqcha yo‘qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektning trasporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni etkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar);

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan moddiy resurslarni etkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi;

  • mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati, idish va o‘rash-joylash materiallari qiymati. Ular amaldagi sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo‘yicha chiqarib tashlanadi;

  • «moddiy xarajatlar» elementi bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan, bartYer bitishuvlarida, qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari hizmatlari qiymatidan, shu jumladan, brokYerlik hizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, transportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va etkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.

2. Ishlab chiqarish hususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari.

  • Ishlab chiqarish hususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalariga va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan, amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish hususiyatiga ega bo‘lgan, hisoblangan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar;

  • kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlariga ustamalar;

  • ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusidagi to‘lovlar;

  • texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo‘shimcha haq;

  • kun, smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va hizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;

  • hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararlik, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar.

  • aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil trasporti va katta yo‘llar xodimlarining va doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt joylashgan joydan jo‘nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan, qaytishgacha to‘lanadigan, yo‘lda o‘tgan har bir sutka uchun to‘lanadigan ustamalar;

  • qurilishda, rekonstruktsiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo‘lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajargan xodimlar uchun ishning ko‘chma va qatnov hususiyati uchun ustama;

  • doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq;

  • mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan, rayon koyeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koyeffitsiyentlar bilan belgilangan to‘lovlar;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ekt joylashgan joydan (yig‘ilish punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek, meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan summalar (vaxta usulida ishni bajarishda);

  • ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlagan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq to‘lash;

  • ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash;

  • amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yili) va qo‘shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yili) foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek, tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash;

  • majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq to‘lash;

  • donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash;

  • davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha yig‘inlar va boshqalarda qatnashganlik uchun) mehnat haqi to‘lash;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;

  • belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.

3.Ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalariga quyidagilar kiradi:

  • qonun xujjatlari bilan belgilangan normalar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar;

  • nodavlat pensiya jamg‘arlariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar;

  • asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.

  • Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish). lizing bo‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar, qonun xujjatlarida amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har oyda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, hizmatlar) tannarxiga tegishli bo‘ladi, foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish me’yori besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan ortiq emas.

4. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.

    1. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni hisobga olishning navbatdagi kompleks moddalari – bandlarda keltirilgan xarajatlar elementlari bo‘yicha ajratiladi.

      1. YUqoridagilardan tashqari qo‘riqlash xarajatlari bunday qo‘riqlash mavjud bo‘lishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo‘lgan taqdirda mahsulot (ishlar, hizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin.

      2. Ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar.

      3. Tabiatni mahofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, shu jumladan, ifloslantiruvchi moddalarni yo‘l qo‘yiladigan me’yorlar doirasida va undan ortiqcha atrof-muhitga chiqarganlik uchun to‘lovlar.

      4. Ishlab chiqarish hususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlarini va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari.

      5. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan sog‘liqni saqlash tadbirlari.

      6. Tekin ko‘rsatiladigan kommunal hizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga beriladigan oziq-ovqatlar qiymati, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to‘lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal hizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi).

      7. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar yoki ular pasaytirilgan narxlar bo‘yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi).

      8. Ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan boshqaruvning texnik vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik vositalarini hisoblash markazlarini saqlash va ularga hizmat ko‘rsatish xarajatlari.

      9. Qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq to‘lash.

      10. Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan hizmat safarlariga yuborish bo‘yicha me’yorlar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar.

      11. Ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug‘urta qilish xarajatlari.

      12. Brak tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlar.

      13. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko‘ra, bekor turishlar tufayli yo‘qotishlar.

      14. Kafolatli hizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli hizmat ko‘rsatish xarajatlari.

      15. Mahsulot (hizmatlar)ni majburiy sYertifikatsiya qilish xarajatlari.

      16. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to‘lanadigan nafaqalar.

      17. Umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti hizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar.

    • 1.Qishloq xo‘jaligida davr xarajatlari ham amalga oshiriladi. Ular mahsulotlarni bevosita ishlab chiqarish jarayoniga bog‘liq bo‘lmay, balki xo‘jalikning sohalari bo‘yicha tashkil etish va ularni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan iboratdir.

    • Bu xarajatlar ham maqsad vazifalariga ko‘ra, quyidagicha turkumlashtiriladi:

    • etishtirilgan mahsulotlarni sotish, hizmatlarni ko‘rsatish uchun qilinadigan quyidagi xarajatlar: mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar;

    • ma’muriy xarajatlar, ularga tarmoqni, korhonani boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar, jumladan, boshqaruv tizimlarining faoliyati, boshqaruv sohasidagi vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar;

    • boshqa opYeratsion xarajatlar, jumladan, kadrlar tayyorlash, loyihalarni tuzish, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog‘liq xarajatlar;

    • hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar.

2. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar. Ularga barcha turdagi kreditlar bo‘yicha, mol-mulkning ijara haqi to‘lovlari hamda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, sotish, tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi.
3. Favqulodda yuz beradigan hodisa, voqealarni qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar. Ularga korhonalarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki opYeratsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar kiradi. Masalan, Yer qimirlashi, tinchlikka xavf soluvchi harakatlarni ma’lum miqdorda qoplash xarajati. Chunki ular asosan davlat va mahalliy byudjet hisobidan qoplanadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin