O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Mahsulot tannarxi haqida tushuncha (o‘rtacha xarajatlar), uning turlari va aniqlanish tartibi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə38/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

3. Mahsulot tannarxi haqida tushuncha (o‘rtacha xarajatlar), uning turlari va aniqlanish tartibi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqlar, korhonalar miqyosida umumiy qiymat ko‘rsatkichlari bilan birgalikda o‘rtacha xarajatlar, ya’ni tannarx ko‘rsatkichi ham faoliyat ko‘rsatishi taqozo etiladi. Tannarx bozor iqtisodi sharoitida iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning yordamida qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar, bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan hizmatlarning bir birligi xo‘jaliklar uchun qancha so‘mga tushganligi aniqlanadi. Ularning darajasi qiymatni ifodalovchi baholar darajasi bilan taqqoslanishi natijasida olinadigan foyda yoki ko‘riladigan zararlar darajasi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklarning ichki boshqaruvchilari uchun juda muhimdir.
Hozirgi davrda mahsulot (ish, hizmat)ning ishlab chiqarish tannarxi aniqlanadi. Tannarx deganda bir birlikdagi mahsulot ishlab chiqarish, ish va hizmatlarni bajarish uchun sarflangan moddiy, mehnat, pul xarajatlari nazarda tutiladi. Uning mutlaq (absolyut) darajasini aniqlash uchun barcha bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasi shu xarajatlar yordamida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdoriga taqsimlanadi. Qishloq xo‘jaligida 1 s. mahsulotning narxi; 1 etalon gektarning; 1 tonna-km ning; 1 kvt/soat elektroyenergiyaning tannarxi aniqlanadi. Uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
;
Bunda: Tn – mahsulot, ish, hizmat tannarxi, so‘mda;
sIx –ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasi, so‘mda;
sMm (Im, Xm) – yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami bajarilgan ish, hizmatlar miqdori sen., tonnada, etalon gektarda, tonna km va boshqalar.
Etishtirilayotgan mahsulotlarning:

  • ishlab chiqarish tannarxi;

  • to‘liq tannarxi, tijorat tannarxi ham aniqlanadi.

Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash usuli yuqorida keltirilgan. Uning to‘liq yoki tijorat tannarxi jami xarajatlarni (jumladan, sotish xarajatlari bilan) yetishtirilgan yalpi mahsulot miqdoriga yoki sotiladigan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin