11-mavzu. Transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi shartlar. Reja: 1. Tashqi yoritish asboblarini amalda o`rganish
2. Shatakka olish turlarini amalda o`rganish
3. Mavzuga oid testlar ishlash
Qorong'i vaqtda yo'lning yoritilmagan qismida, shuningdek, etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda to'xtagan yoki to'xtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan bo'lishi kerak.
Etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qo'shimcha qilib yaqinni yorituvchi faralar, tumanga qarshi faralar va tumanga qarshi orqa chiroqlar yoqilishi mumkin.
Kunning yorug' vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi faralar yoqilishi kerak:
-transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi safida harakatlanayotganda;
-umumiy harakat oqimiga qarshi yo'nalishda maxsus ajratilgan bo'lakda harakatlanayotgan belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarida;
-avtobus va yuk avtomobillarida bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
-havfli, katta o'lchamli va og'ir vaznli yuklarni tashishda;
-mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida).
Fara-prozhektor va izlovchi faralardan faqat aholi yashaidigan joylardan tashqarida qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalari bo'lmaganda foydalanish mumkin.
Aholi yashaidigan joylarda esa bunday faralardan faqat xizmat vazifalarini bajarayotgan tezkor va maxsus xizmat transport vositalarining haydovchilariga foydalanishga ruxsat etiladi.
Tumanga qarshi orqa chiroqlarni faqat etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda qo'llash mumkin. Orqadagi to'xtash chiroqlari (stop-signal)ga tumanga qarshi orqa chiroqlarni ulash taqiqlanadi.
Qattik yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakda olib yurish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi bo'lgandagina amalga oshirilishi kerak. Qattik ulagichning tuzilishi (konstruktsiyasi) shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan borishini ta'minlagan hollar bundan mustasno.
Qattik yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukhonasida odam tashish, qisman ortish yo'li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukhonasida, shuningdek, shatakka olgan transport vositasining yukhonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi.
Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o'rtasidagi masofa 4-6 metr oralig'ida bo'lishi, qattiq ulagich yordamida esa 4 metrdan ko'p bo'lmasligi kerak. Egiluvchan ulagichga Qoidalarning 28.4 bandiga muvofik taxtacha yoki bayroqcha qo'yilishi kerak.
Shatakka olish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
-rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);
-ikki va undan ko'prok transport vositalarini;
-shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 24 metrdan ortiq bo'lsa;
-to'xtatish tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo'lsa (haqiqiy vazni kam bo'lgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);
-kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek, bunday mototsikllarni;
-yo'l yaxmalak, sirpanchiq bo'lgan hollarda egiluvchan ulagichda.