Organik birikmalar sinflanishi



Yüklə 23,2 Kb.
səhifə4/6
tarix08.06.2023
ölçüsü23,2 Kb.
#126844
1   2   3   4   5   6
Organik birikmalar sinflanishi

A.M.Butlerov ta‘rifi: «murakkab zarrachalarning kimyoviy tabiati uning tarkibiga kiruvchi elementar zarrachaning tabiatiga, ularning miqdoriga va kimyoviy tuzilishiga bog’liq».
Hozirgi zamon ta‘rifi: «organik birikmalarningfizik va kimyoviy xossalari uning tarkibiga hamda kimyoviy, elektron va fazoviy tuzilishiga bog’liq». Bu ta‘rif birikmalarning hamma xossalarini hisobga oladi.
A.M.Butlerovning tuzilish nazariyasi gomologiya, izomeriya, organik birikmalarning sinflanishini, fazoviy tuzilishini, reaktsiyaga kirishish qobilyatini, kimyoviy tuzilishini tushuntirish uchun ilmiy asos bo’ladi.
Izoh: Qizil rangda berilgan moddalar nomi trivial nomenklatura
bo‘yicha.
Ko‘k rangda ratsionla va qora rangda sistematik nomenklaturada
nomlangan moddalar nomi berilgan.
Nomenklaturasi:
Tarixiy nomenklatura. Organik birikmalarning ko‘plab kashf etilishi natijasida ko‘pchilik organik moddalarga trivial(empirik, tarixiy, tasodifiy)nomlar berilgan. Masalan, to‘yingan uglevodorodlarning birinchi to‘rtta vakiliga
metan, etan, propan va butan deb, tasodifiy nom berilgan. Pentandan boshlab alkanlarning nomiga molekula tarkibidagi uglerod atomi sonining grekcha
nomiga (“penta”- 5, “geksa”- 6, “gepta”- 7, “okta”- 8, “nona”- 9, “deka”-
10)«an» qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilinadi. Masalan: pentan – C5H12, geksan – C6H14,

Ratsional nomenklatura. XIX asrdan boshlab organik moddalarni nomlashda ratsional (lotincha «ratio» fikrlash, idrok demakdir) nomenklatura qo‘llanildi. Ushbu nomenklaturaga asosan barcha alkanlar metanning hosilasi deb qaraladi. Metan tarkibidagi vodorodlar o‘rniga radikallarning almashinishidan alkanlar hosil bo‘ladi Ratsional nomenklatura bo‘yicha alkanlarni nomlashda eng ko‘p tarmoqlangan uglerodni metan markazi sifatida qaraladi va shu uglerodga bog‘langan radikallarning nomi va oxirida metan so‘zini aytish bilan modda nomi tugallanadi.

Yüklə 23,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin