O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə21/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

1.9. Klinik o'lim

Organizmning qaysi a'zosidan boshlanmasin uning asosida gipoksiyayotadi, o'z vaqtida qo'llangan usul vachoralar bilan bemorni klinik o'limdan olib chiqish mumkin. Klinik o'lim belgilari quyidagilar: nafas va qon aylanishi to'xtagan, reflekslar yo'q, ko'z qorachiqlari kengaygan, kasal organizmi sovuq, oqargan yoki ko'kargan, qisqa qilib aytganda, hayot belgilari yo'q. Klinik o'limdan olib chiqish uni keltirib chiqargan sabablar va ko'rsatilgan yordam vaqti, organizmning oldingi holatiga bog'liq bo'ladi. Klinik o'limning biologik o'limdan farqi shundaki, klinik o'limda modda almashinuv jarayonlari sust bo'lsa ham saqlangan bo'ladi. Klinik o'lim oldindan sog'lom organizmda o'tkir shikastlar tufayli sodir bo'lgan bo'lsa, 5—7 daqiqadan so'ng, uzoq davom etgan kasallarda esa malakali yordam ko'rsatib 3—4 daqiqadan so'ng hayotga qaytarish mumkin (1-rasm ).Gipotermiyalarda klinik o'lim davri 1—2 soatgacha davom etgan holatlar ham bo'lgan.

Biologik o'limda organizmda hayot uchun zarur bo'lgan barcha a'zolar faoliyati so'nadi. Yurak urishi, nafas olish to'xtaydi, bosh miya to'qimasi o'ladi, hayotga qaytarishning iloji bo'lmaydi (2-rasm).

M iya shishishi turli shikast, operatsiya va zaharlanishlardan keyin sodir bo'ladi. Bundan tashqari, miya shishishiga ko'pincha gipoksiya va allergik reaksiyalar ham sabab bo'ladi. Gipertermiya, tutqanoq, kuchlibosh og'rig'i, organizmning ayrim qismlarida muskul qisqarishi, bemorning doim uxlashi, bezovtalanishi, bosh miya shishishidan darak beradi; ko'z qorachig'i kengayadi yoki anzokariya bo'lishi mumkin, pay reflekslari kuchayib patologik reflekslar paydo bo'ladi. Tomirlar urishi oldinsekinlashib, keyin taxikardiya bo'ladi, qon bosimi oshadi va orqa miya suyuqligida bosim oshadi.




2 -rasm. Biologik o'lim belgilari.

1-rasm. Klinik o'lim belgilarini aniqlash: a— ko'z qorachig'ining kengayishi; b — nafasga oyna tutib ko'rish; d — arteriyani ushlab ko'rish.


Davolash uchun dastlab keltirib chiqargan sabablar aniqlanadi va ularga qarshi kurash choralari ko'riladi. Asosiy kasallikni davolashga qaramay miya shishishi bo'lsa, degidrotatsion terapiya qo'llaniladi. Siydik haydovchi dorilardan laziks, mannitol, mochevina, 100 g glitserin oshqozonga yuboriladi.

Yuqori kontsentratsiyali 100 ml plazma, magneziy sulfat, 2,4 % li eufillin venaga, shuningdek, antigistamin dorilardan foydalaniladi. Bulardan tashqari boshga muzli xaltachalar qo'yish, gormonlar qo'llash, kislorod berish va dorilar yordamida blokada, tinchlantirish katta ahamiyatga ega.

Miya о' 1 i m i. Miya shishishi miya o'limiga olib keladi. Miya shishishi natijasida tomirlar qisqaradi, miyada qon aylanishi buziladi, miya qonsizlanib qoladi va nekrozga uchraydi.

Dekortikatsiya reanimatsiyadaog'irholatdagibemorlarda ko'p uchraydi. Miya to'qimalarida qaytmas holatlar sodir bo'lib, bemorning hushi bo'lmaydi, sezuvchanlikning barcha turlari yo'qoladi. Dekortikatsiyada bemor o'lmaydi, o'pka-yurak faoliyat ko'rsatadi, xolos.

Uzoq vaqt tekshirishlar, savol-javoblar va tajribalar natijasida miya o'limi haqida xulosalar chiqariladi. Quyidagi belgilarga asoslanib miya o'lgan deb hisoblanadi: hushning uzoq muddatga batamom yo'qolishi; nafasni 12 soat ichida mustaqil bo'lmasligi; barcha qitiqlashlarga, ta'sirotlarga qaramasdan sezuvchanlik va reflekslarning yo'qligi; tana haroratinining pasayishi; elektro-ensefalografiyada miya zaryadlari va tomirlarda tonusning bo'lmasligi kuzatiladi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin