Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

«Bu kechani 
oilamga bag‘ishlamoqchi edim» 
deb javob berish mumkin. Bu sizni taklif qilayotgan 
kishini haddan ziyod ortiqcha takliflar oiladagi umr yo‘ldoshlardan biriga xush 
kelmayotganini anglashga imkon beradi. 


173 
Mehmondorchilikda ayollar sumkalarni qayerga qo‘yishlari lozim? Eng yaxshisi 
pardoz stoliga qo‘ygan ma’qul. Dasturxon atrofida tizzaning ustida xalaqit berishi 
mumkin, o‘rindiqni suyanchig‘ida – tushib kyetishi tayin. Agar kechki ovqatda to‘rt-
olti kishi uchrashsa, to uy bekasi joylarni ko‘rsatgunga qadar kutib turganlari ma’qul. 
Ko‘pchilik bo‘lgan kechada o‘zingiz istagan joyga o‘tiring. 
Taklifni qabul qilishda: 
«Yana kim keladi?»
deb so‘rash nojoiz. Zarur bo‘lsa 
taklif qilayotgan kishining o‘zi mehmonlar tarkibi haqida aytishi mumkin. Bunday 
kechalarda istalmagan tanish bilan uchrashishga sabab bo‘lishi tabiiy. Nima ham 
qilardik, ko‘rmaslikka olish, u bilan ko‘rishmaslik – mezbonlarni xafa qilishi 
mumkin. 
Mehmonda ketma-ket chekish yaxshi emas. Sigaret kulini faqat kuldonga 
tashlash lozim. Parishonxotir kashandalarning bu haqda yodidan ko‘tarilib, yerga 
tashalgan kulni mezbonlar ko‘rib asabiylashshishlari mumkin. Mehmonda ekansiz, 
yaqin oynaga qarayverish, kvartirani baholayverish, ayniqsa, tanqidiy mulohazalarni 
aytish odobsizlikdir. Hadeb yon-veriga qaravermasdan, uy egasiga bir og‘ish shirin 
so‘z aytish mehmonning vazifalaridan biridir. Nima va qancha deb jihozlarni 
tekshiraverish, ularni olib tomosha qilish, uning markasi bilan qiziqish yaramaydi. 
Bolalarni faqat maxsus aytilgan holatdagina olib borish maqsadga muvofiq. 
Mehribon ota-onalarning bolalarini ko‘pchilikka ko‘z-ko‘z qilishdan tiyilishini 
maslahat beramiz.
Qadimgi odatlarga ko‘ra mehmon o‘zi bilan biron bir qarindoshini yotib kyetishi 
uchun olib kelar edi. Qoidaga asosan buni faqat mezbonni ogohlantiribgina amalga 
oshirish mumkin. Va umuman yo‘lda uchragan tanishingizni olib kelmang – bu 
mezbonga yoqmasligi tayin chunki tarbiya ko‘rgan kishilar hech qachon to‘g‘ri 
kelgan joyga taklif qilsa boravermaydilar. Agar u yerda siz biron narsani sindirib yoki 
buzib qo‘ysangiz, uning qiymatida pul taklif etmagan ma’qul. Undan ko‘ra Shunga 
o‘xshash jixozni olib bergan yaxshi. Bunga biron tadbirlarda sovg‘a sifatida taqdim 
yetish bilan amalga oshirish mumkin. Buzilgan narsani o‘zi bilan tuzatgani olib 
kyetish mumkin, ammo yillab uyda yotishi uchun emas. 
Agar jamoat ikki guruhga bo‘linsa, er bir guruhga, ayol ikkinchi guruhga 
qo‘shilgani yaxshi. Ammo davrani er yoki ayol orqali xursandchilik qilishga yo‘l 
qo‘ymang. Ba’zi odamlar o‘zining 
«yarimtasi»
bilan jamoatni xursand qilish uchun 
maqtanishni xush ko‘radilar. Oxir-oqibat buning aksi bo‘lib chiqadi. Jamoa zerikadi, 
«garovga»
aylangan rafiqa o‘zini noqulay his qila boshlaydi. 
«Ayolim yoshlardek 
kiyinib olgan»
kabi hazillar yoki 
«Karamni yema, bunday jigar bilan

»
kabi 
tanbehlar farosatsizlik belgisidir. Er-xotinlardan birining kyetish niyati bo‘lsa, 
ikkinchisi ham so‘zsiz o‘rnidan turishi lozim. Turli bu boradagi munozaralar 
o‘rinsizdir va bunday turdagi bahslar guvohlarsiz amalga oshgan ma’qul. 


174 
Mehmonda taomdan voz kechish yaramaydi, har qanday taomni so‘zsiz qabul 
qiling. Diyeta saqlaydiganlarning umuman kechki ovqatga bo‘lgan taklifni qabul 
qilmasliklarini maslahat beramiz. Ammo kelgan ekansiz, idishga ozgina olib, uni 
yemaslik ham mumkin, lekin bunda buni hamma bilishi shart emas. O‘zingizni 
muammolaringiz o‘zingizga havola. 
Issiq taomdan voz kechish mumkin, ammo faqat aniqlik bilan – 
«rahmat, hozir 
emas»
degan so‘zlarsiz, chunki uy bekasi aynan siz uchun taomni issiq saqlab 
turishga, yoki stolda qoldirishga majbur bo‘ladi. Bunday tarzda faqat sovuq gazak 
yoki dissertdan voz kechish mumkin, bunda ular stolda turishi mumkin va uy 
bekasining maxsus diqqatini talab qilmaydi. Agar taomdan voz kechish imkoni 
bo‘lmasa, spirtli ichimlikdan – voz kechish mumkin. Mashinani o‘zingiz 
haydashingizni bahona qilishingiz mumkin. Yoki jigarni sabab qilsangiz ham bo‘ladi.
Mehmon hech bo‘lmasa bitta taomni maqtashi lozim. Bu taomni qanday 
tayyorlanishini so‘rash – uy bekasiga ma’lum ma’noda xushomaddir, ammo agar 
buni aytishni istamasa, sirni saqlashida da’vo qilmang. Taomdan so‘ng darhol 
tashakkur bildirilmaydi. Agar uy bekasi kechki ovqat tugaganini bildirsa, hamma 
turib boshqa xonaga kiradilar yoki shunchaki dasturxondan turadilar. Kechki ovqat 
tugagan zahoti kyetish yaramaydi, ayniqsa agar uy bekasi oshxona va mehmonxona 
o‘rtasida xizmat bilan band bo‘lsa. Bunday holatlarda uy bekasi faqat kechki 
ovqatdan so‘nggina mehmonlar davrasiga qo‘shilishiga imkoniyat topiladi – bu uning 
huquqi. Ammo shunday vaziyatlar bo‘ladiki, kyetishga to‘g‘ri kelib qoladi. Unda 
mehmon mulozamat bilan mezbonga vaqtli kyetish sababini tushuntirishi lozim. Agar 
odam ko‘p bo‘lsa, uy egasidan boshqa hech kim bilan xayrlashmasa ham bo‘ladi. Bu 
Angliyadan tashqari hamma yerda 
«Inglizcha kyetish» 
deb, Angliyaning o‘zida esa 
«Fransuzcha kyetish»
deb nomlanadi.
Avvalambor xayrlashish, so‘ng kiyinish lozim, aksini qilmang. Kyetish oldidan, 
mehmonlar mezbonga tashakkur aytadilar, ularga javoban mezbon 
«Sizga ham 
kelganingizga rahmat»
deydi. 
Mehmonda qancha vaqt bo‘lish mumkin? Aniq bir holat yo‘q. Lekin sizni bir 
piyola choyga taklif qilishgan bo‘lsa, Shu bilan cheklangan ma’qul. Kechga borib uy 
egalarining boshqa rejalari bo‘lishi mumkin. Kechki ovqat umumiy kayfiyatga qarab 
yarim kechagacha cho‘zilishi mumkin. Asosan, mezbonlarning qanchalik 
charchashiga e’tibor berilishi lozim. Biz kirgan xonada o‘chirilgan televizorni 
ko‘rsag-u, uni yoqishni mezbondan talab qilmasligimiz joiz. Bundan mezbonlar bir 
oz suhbat qurishni istaganlari uchun ham mehmon chaqirishganini fahmlasa bo‘ladi. 
Ba’zida aynan Shu payda juda qiziqarli ko‘rsatuv bo‘lishini gap orasida aytib o‘tish 
mumkin, ammo bunga mezbonlar ro‘yxush bermasalar, indamagan ma’qul. Agar 
televizor yoqilgan bo‘lsa, uning yomon ko‘rsatishi-yu, xonandaning kiyinishi va 
boshqa narsalarni tanqid qilib kyetish yaxshi emas, bunda mezbonning aybi yo‘q. 


175 
Ko‘rsatuv me’dangizga tekkan bo‘lsa-yu, boshqalar uni qiziqish bilan ko‘rayotgan 
bo‘lishsa, yoki aksincha, hamma kyetishga chog‘langan bo‘lsa-yu, siz kinoni 
oxirigacha ko‘rib olay deb tursangiz, noqulaylik tug‘iladi. Kechki tanovul paytida 
doim televizorga qarayverish yoki ekranga qadalib o‘tirish yaramaydi. Ayniqsa uy 
egalari ovqatlanib turgan paytda o‘rnidan turib ketib, televizorni oldiga o‘tirib 
olishdan yomonrog‘i yo‘q. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin