Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Salfetka – sochiq 
shak

shubhasiz stol servirovkasidir. Axir ularsiz stoldagi 
ozodalik hamda batartiblikni ushlab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yaxshi 
dazmollangan, chiroylik taxlangan sochiqlar hatto stolga ziynat qo‘shadi. Sochiqlarni 
o‘rashda turli usullar mavjud, lekin biz qo‘limiz kamroq tegishi mumkin bo‘lgan va 
yozilganda g‘ijim ko‘rinish kasb etmagan, oddiy hamda qulay usulubni ko‘proq 
tavsiya etamiz.
Stolni nonushtaga yoki tushlikka tayorlashda, odatda salfetkalarni to‘rtga bo‘lib, 
uchburchak shaklida yarmidan buklab, so‘ng ruletga o‘xshab o‘raladi, bu esa 
unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi, tantanali kechki ovqat yoki tushlikka esa nisbatan 
murakkabroq taxlashlar – elkan, qalpoqcha, sham va b. shakllarda o‘raladi. O‘ralgan 
sochiqlarni har bir mehmonning gazak uchun mo‘ljallangan kosasiga qo‘yib 
chiqiladi. Sochiqlarni qog‘oz salfetkalar bilan almashtirish mumkin, o‘z-o‘zidan 
ma’lumki, tejamkorlik maqsadida ularni qismlarga kesmalik lozim. 
Sochiqlardan to‘g‘ri foydalanish usuli. Stolga o‘tirgandan so‘ng, kosada juda 
chiroyli qilib o‘ralgan oppoq sochiqni ko‘rgan ba’zi odamlar, uni oldida o‘zini bir oz 
iymanibroq tutadilar. Ba’zida uni pichoq, sanchqi, qoshiq kabi jihozlardek zarur 
ekanligini, odamga tanovul paytida yemak uchun yordamchi vazifasini o‘tashga 
mo‘ljallanganini bilmay, sekingina bir chetga olib qo‘yishga harakat qiladilar. 
Yuqorida aytilgandek, yaxshi dazmollangan va me’yorida kraxmallangan, chiroyli 
taxlangan sochiqlar shubhasiz stolni bezaydi, servirovkani boshqa narsalari bilan 
birga ularni yanada chiroyli ko‘rsatadi.
Salfetkani asosi vazifasi kostyumni tasodifiy taom tomchilari, to‘kilishlar, 
ushoqlarni tushishi kabi noxush holatlardan saqlashdan iborat. U bilan yana 
barmoqlar va lablar tanovul mobaynida hamda undan keyin artiladi. Bevosita 
tanovuldan avval sochiqni yoyib, ikkiga buklab, tizzaga yoyiladi. Sochiqni yoqaga 
yoki bo‘yinboqqa qistirib osib olish noo‘rindir. Tamaddi vaqtida tasodifan kir bo‘lgan 
barmoqlarni e’tiyotkorlik bilan sochiqni ustidan, tizzadan olmasdan turib artiladi. 
Lablarni artish uchun esa, ikki qo‘l bilan tizzadan salfetkani olib, uchidan burab, 
o‘rtasini lablarga tekkaziladi. Lablarni nomigagina salfetka bilan artish xunuk 
ko‘rinadi.
Salfetkani burun artish yoki uni qo‘l kirlanganda qo‘l sochiq qilish umuman 
to‘g‘ri kelmaydi. Stolga o‘tirgach jihozlarni yaxshilab nazardan o‘tkazib, biron narsa 


178 
topib olgach, uni salfetka bilan tozalashga tushish yaxshi emas. Bu bilan siz uy 
egalarini orasta ekanliklariga gumoningiz borligini bildirib, ularni ranjitasiz. 
Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng sochiqni avvalgi holatga keltiraman deb, uni ishtiyoq 
bilan taxlashga kirishib ketmang, balki batartiblik bilan kosani o‘ng tomoniga qo‘yib 
qo‘ying. Stulni suyanchig‘iga yoki o‘rindiqqa sochiqni tashlab qo‘yish ham 
yaramaydi. Agar tasodifan sochiq tizzadan polga tushib ketsa, tashvishlanmang: 
tozasini berishini iltimos qiling, zero, poldan olingan salfetka bilan foydalanish 
mumkin emas. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin