Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Tasodifiy tashrif 
Ishlar va majburiyatlarga to‘la bo‘lgan bu zamonaviy dunyoda kutilmagan 
tashriflar bir oz bezovtalik tug‘diradi. Shuning uchun, tasodifiy tashriflar zarurat 
nuqtai nazardan amalga oshiriladi. O‘zimizni o‘zimiz mezbonning tavoze’ligi bilan 
aldamaylik – ularning boshqa ilojlari yo‘q. Kirib, gaplashib, tez chiqib ketamiz. Balki 
oilaviy bo‘lgan, kechki ovqatga qolish taklifini qabul qilmaymiz. 
Uy egalarining qanday harakatlari orqali vaqtida kelmaginimizni bilish 
mumkin? Ko‘zga tashlanadigan yuzdagi ishoralardan tashqari kuzatuvchan odam 
e’tiborni tortadigan vaziyatlarni ko‘rishi mumkin: mezbon stulni bir chetiga o‘tirdi, 
bilmagan holda shippakini qimirlatib o‘tiribdi. Uy egasi sabr bilan bizni gapirishga 
qo‘yib beradilar, ammo unga diqqat qilmaydilar. Savol berishmaydi. Agar oxirgi 
paytda 
«hol qolmagan»
dan shikoyat qilishmasa, suhbat uchun mavzu qidirishmaydi. 
Negadir choy qo‘yishni
«unutadilar».
Uy egasi sigaretni tugatmasdan ikkinchisini 
chekishga tushadi. Xayrlashishni boshlasangiz, uy egalariga 
«jon»
kiradi va 
samimiylik bildiradilar. Bu holat bizni chalg‘itmasin, Shunchaki uy egalarini vijdoni 
qiynala boshlaydi. Bu hissiyot kyetishingizdan paydo bo‘lgan quvonch bilan 
uyg‘unlashib ketadi va munosabatda iliqlik paydo bo‘ladi. Agar biz ikki marta 
taqillatib yoki qo‘ng‘iroq qilsak-u, hech kim ochmasa, 
«bostirib»
kirish shart emas. 
Aksincha, uy egalari bor-yo‘qligini tekshirib o‘tirish nojoiz. Iloji boricha chaqirilgan 
joyga borgan ma’qul. 
 
Dasturxon tuzash, oilaviy bayramlar 
Inson paydo bo‘libdiki, rizqi bilan. Taom iste’mol qila boshlanibdiki dasturxon 
bor. Dasturxon aziz, muqaddas, rizq-ro‘z manbai sifatida ko‘zga surtilgan. Dasturxon 
odobi, taom emak qonun-qoidalari ham xalqimizda azaldan mavjud. Uydami, 
mehmondami, kuniga uch-to‘rt mahal dasturxon yoziladi. Dasturxonlar ham joyi, 
odami, mavsumi, ma’rakasi, xonasiga qarab, katta-kichik, rang-barang, odmi-oxorli 
bo‘lishi mumkin. Dasturxon – taomi bilan ulug‘. Dasturxon ustiga odatda birinchi 
bo‘lib non qo‘yiladi. O‘zbeklar tandir nonni ko‘proq iste’mol qilishadi, u dasturxonga 
juft qo‘yiladi.
Dasturxon etiketi ham qadimiy bo‘lib, kishidan muayyan an’analarni yaxshi 
bilishni talab qiladi. Dasturxonga hamma qo‘lini yuvib keladi. Dasturxon yozilganda 


176 
nonni, taomni birinchi bo‘lib oilaning kattasi boshlab beradi. Dasturxon atrofida 
chiroyli gaplarni gapirib o‘tirish kerak. Taom yemakning yakuni bo‘lgach odat 
bo‘yicha shukrona aytiladi. Ovqatdan keyin ham qo‘l yuvilishi shart. Oilaviy 
bayramlar ham shu oilada yashovchi kishilarning turmush tarzi, hayotiga bog‘liqdir. 
Dasturxon did bilan yasatilgan va o‘tiradigan joy qulay bo‘lsagina ovqatdan 
lazzat topa olish mumkin. Yozilgan dasturxon doimo ozoda bo‘lishi kerak. Dog‘li 
dasturxon ishtahani bo‘g‘adi. Dasturxonga idish-tovoqlarni qo‘yishda ularning tusi 
dasturxon rangiga mos tushishiga ham e’tibor berish lozim.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin