176 to‗siqlardan o‗ta olmaydi, shuning uchun bir bino hududida ham aloqa o‗rnatishda
jiddiy muammo hosil bo‗lishi mumkin. Aloqa bu holda nisbatan sekin amalga
oshadi (4,8 Mbit/s atrofida).
Bir chastotali uzatishning kamchiligini yengish uchun tarqalgan spektorda
qandaydir chastota yo‗lagini kanallarga bo‗lib ishlatish taklif qilinadi. Tarmoq
abonentlarining hammasi ma‘lum vaqt oralig‗ida barobar (sinxron ravishda)
keyingi kanalga o‗tadilar. Maxfiylikni saqlash uchun maxsus kodlashtirilgan
axborot ishlatiladi. Bunday uzatish tezligi unchalik yuqori emas 2 Mbit/s dan
oshmaydi, abonentlar orasidagi masofa 3,2 km (ochiq maydonda) va bino
ichkarisida 120 metrdan ko‗p emas.
Keltirilgan turlardan ham boshqa radio kanallar mavjuddir, masalan, uyali
tarmoq, xuddi uyali telefon tarmoq prinsiplari kabi (ular maydonda teng
taqsimlangan signalni qayta tiklash qurilmalaridan foydalanadilar), shuningdek,
mikroto‗lqin tarmog‗ida tor yo‗naltirilgan uzatishni yerdagi qurilmalar o‗rtasida
yoki sputnik va yerdagi stansiyalar oralig‗ida qo‗llaniladi.
Infraqizil kanal ham simlarsiz axborot uzatishni ta‘minlaydi, chunki aloqa
uchun infraqizil nurlanish ishlatiladi (televizorlarning masofadan boshqarish
qurilmasi kabi). Radio kanalga qaraganda ularning asosiy afzalligi elektromagnit
to‗siqlarga sezgir emas, bu xususiyati sanoat korxonalarda ishlatish imkonini
beradi. Bu holatda haqiqatdan uzatish quvvati katta bo‗lishi ta‘lab qilinadi, sababi
boshqa hech qanday issiqlik nurlanish (infraqizil) manbalari taʻsir qilmasligi
uchun. Infraqizil aloqa xavoda chang miqdori ko‗p bo‗lgan sharoitda ham yomon
ishlaydi.
Infraqizil kanal bo‗ylab axborot uzatishning chegara qiymati 5–10 Mbit/s
dan oshmaydi. Axborotni sir tutish imkoniyati ham radiokanal holatidek, yo‗q.
Radiokanal kabi uzatish va qabul qilish qurilmalari nisbatan qimmat. Bu sanab
o‗tilgan kamchiliklar tufayli infraqizil kanalidan kam foydalanadilar. Infraqizil
kanal ikki guruhga bo‗linadi: