Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
174
etilgan uzunligi 2–5 km oralig‗ida bo‗ladi. Hozirgi vaqtda ko‗p modli kabel turi 
shishatolali kabellar turining asosiysi, chunki ular arzon.
Shisha tolali kabellarda signal tarqalishining ushlanishi elektr kabellardagi 
ushlanishidan ko‗p farq qilmaydi. Ko‗p tarqalgan kabellarda ushlanish kattaligi 4–
5 ns/m atrofidagi qiymatini tashkil qiladi.


 
175
2.2§ Simsiz axborot uzatish muhitlari
 
2.2.1. Simsiz aloqa kanallari 
Kompyuter tarmoqlarida ba‘zi hollarda kabel orqali ulash o‗rniga, 
shuningdek, kabelsiz kanallardan ham foydalaniladi. Ularning asosiy afzalligi 
shundan iboratki, hech qanday kabel yotqizishga hojat qolmaydi. Demak 
devorlarni teshishga, kabellarni mahkamlashga, folshpol ostidan o‗tkazishga yoki 
osma shipdan va shamollatish yo‗llaridan kabellarni o‗tkazishga hojat qolmaydi. 
Shuningdek, kabelning uzilgan joyini qidirish va ulashga ham hojat qolmaydi. 
Yana kompyuterlarni bemalol xonada yoki bino bo‗ylab ko‗chirish mumkin, 
chunki kompyuter kabellar bilan bog‗lanmagan.
Radiokanal
– bu usulda axborot uzatish uchun radio to‗lqinlaridan 
foydalaniladi, shuning uchun bu usulda aloqa yuzlab va hatto minglab kilometrga 
uzatiladi. Axborot o‗tkazish tezligi sekundiga o‗nlab megabitgacha yetishi mumkin 
(bu holda tanlangan to‗lqin uzunligi va kodlash usuliga bog‗liq). Mahalliy 
tarmoqlarda radiokanaldan foydalanmaslik sabablari quyidagilar: uzatish va qabul 
qilish qurilmalari qimmat, shovqindan saqlanish darajasi past, axborotni uzatish 
vaqtida sir saqlash butkul ta‘minlanmagan va ishonchlilik darajasi past.
Lekin global tarmoqlar uchun radiokanal ko‗pincha yagona vosita bo‗lib 
qoladi, chunki (sputnik–retranslyator) signalni tiklash sputnigi yordamida 
axborotlarni butun dunyoga uzatishni taʻminlash nisbatan oddiydir. Uzoqda 
joylashgan bir necha mahalliy tarmoqlarni o‗zaro ulab bir butun tarmoq hosil qilish 
uchun ham radiokanaldan foydalaniladi. Axborotni radio uzatish turining bir necha 
standarti mavjud. Bulardan ikki turida to‗xtalib o‗tamiz:

Tor spektorda (yoki bir chastotali uzatish) uzatish 46500 m
2
maydonni 
qamrashga mo‗ljallangan. Bu holdagi radiosignal metall va temir beton 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin