Ovqatlanish


Nonning kimyoviy tarkibi va oziqlik qiymati



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə69/100
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#35594
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100
Ovqatlanish gigiyenasi

Nonning kimyoviy tarkibi va oziqlik qiymati

Non odam ovqat ratsionining kattagina qismini tashkil etadi va ovqatdagi asosiy uglevodlar hamda o’simlik oqsiharining manbalari-dan biri bo’hb hisoblanadi. Nonning 45—50% suvdan iborat, qolgan

73

qismi oqsillar, uglevodlar, yog’lar, mineral tuzlar va vitarninlardir. Mana shulaming miqdori, demak nonning oziqlik qiymati ham, unni yopish uchun ishiatilgan un tarkibiga hamda non retsepturasiga kira-digan boshqa moddalarning miqdoriga ko’p jihatdan bog’hq bo’ladi. Nonda uglevodlar miqdori 42,5-50% atrofida bo’lsa, oqsil miqdori 5-9% atrofidadir. Yog’lar 0,7-1,5% ni tashkil etadi. 100 g non 220—250 kkal miqdorida kaloriya beradi.

Past navli unlardan yopilgan non B guruh vitarninlari (tiamin, riboflavin, nikotinat kislota) va ba'zi boshqa mineral tuzlarning man-bayidir. Javdar yoki bug’doy unidan yopilgan nonning har kungi yeb yuriladigan miqdori kishining nikotinat kislotaga bo’lgan kundalik ehtiyojini deyarli batamom qoplab turadi, vitamin B ga bo’lgan ehti-yojining 2/3 qismini va riboflavinga bo’lgan ehtiyojining 15-16% ni qoplab boradi.

Xamirni yaxshi oshirish uchun unga ishqoriy reaksiyada bo’ladi-gan kimyoviy moddalarni qo’shish nondagi tiamin miqdorini kamay-tirib qo’yadi. Non yopilganida issiqlik ta'siri ostida B guruh vitamin-lari arzimas darajada — 10—15 % miqdorida parchalanadi.

Singimaydigan don po’stlari va unda bo’ladigan fitinli birikma-lar bijg’ish jarayonida achitqi fitazasi ta'siri ostida parchalanadi va qisman o’zlashadigan bo’lib qoladi. Demak, organizmning fitinli bi-rikmalar tarkibiga kiradigan kalsiy, fosfor, magniyga bo’lgan fi-ziologik ehtiyoji non hisobiga qisman qoplanib borishi mumkin. Kal-siy miqdori har xil navdagi nonlarda (100 g mahsulotga nisbatan ol-ganda) 15—35 mg atrofida bo’lsa, fosfor 60—200 mg, temir 0,7—2,2 mg, magniy 22—73 mg atrofida bo’ladi.

Nonning odam organizmida nechog’li hazm bo’lishi, asosan, un-ning turi, sifati va beradigan mahsuliga bog’liq. Tarkibida kleykovi-nasi ko’p bo’ladigan undan yaxshi non chiqadi. Bunday undan yo-pilgan non juda bo’rsildoq bo’ladk Unga me'da-ichak yo’lining shiralari oson singib o’tadi, bunday non yaxshi hazm bo’ladi va o’zlashtiriladi. Nonning nechog’li yaxshi o’zlashtirilishiga un sifati katta ta'sir ko’rsatadi. Anchagina kepagi bor undan yopilgan non boshqa sharoitlar bir xil bo’lganida yomonroq o’zlashtiriladi, chunki kepak nondagi ozuqa moddalaiining hazm bo’lishiga to'sqinlik qila-di. Masalan, 75% li bug’doy unidan yopilgan non oqsillari 91,7% o’zlashtirilsa, 96% li bug’doy unidan yopilgan non oqsillari atigi 85,5% o’zlashtiriladi. Javdar unidan yopilgan non oqsillari boshqa sharoitlar bir xil bo’lganida bug’doy unidan yopilgan non oqsillariga qaraganda yomonroq o’zlashtiriladi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin