Ovqatlanish


Sabzavot, meva va qo’ziqorinlar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə77/100
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#35594
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100
Ovqatlanish gigiyenasi

Sabzavot, meva va qo’ziqorinlar

Mevalar va danakli mevalar, sabzavotlarning kaloriyasi past, ularda oqsil miqdori 0,5—2% va uglevodlar 3—20% gacha bo’ladi. Ularda yog’lar bo’lmaydi. Ammo bu mahsulotlarning odamning kun-lik ovqat ratsionidagi ahamiyati juda katta. Chunki ular turli-tuman mineral tuzlar, askorbinat kislota, karotin, folat kislota va boshqa vi-taminlarning asosiy manbayi hisoblanadi. Sabzavotlar damlamasi hazm bezlarining sekretor faoliyatini faollashtiradi. Ularning tarki-bida foydali kimyoviy unsurlar mavjud.



Garchi ko’pgina meva va sabzavotlarda oqsil juda kam bo’lsa-da, soya o’simligida oqsil miqdori 100 g da 20 g, dukkaklilarda 4—5 g, kartoshkada 2 g, bryussel va gulkaramlarda 2,5-4,8 g gacha bo’ladi. Qo’ziqorinlarda o’zlashtirilishi qjyin bo’lgan, ammo almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalardan tarkib topgan oqsillar miqdori 0,9- 3,3 g gacha, yog’ miqdori 0,3—0,9 g bo’ladi, yong’oq juda qim-matli oqsil (16,1—27,0 g) va to’yinmagan yog’ kislotalaridan tarkib topgan yog’larga (100 g mahsulotda 44,5—66,9 g) boy bo’ladi.

Sabzavotlarda 100 g mahsulot hisobida olganda uglevodlar miq-dori o’rtacha 4—5 g bo’ladi: qovoqda 6—9 g, ildizmevalilarda 7—11 g, ko’k no’xatda 13,3 g, kartoshkada 19,7 g bo’ladi. Mevalarda uglevod miqdori o’rtacha 7—11 g ni tashkil etadi, olxo’rida 9,9 g, apelsinda 8,4 g bo’ladi. Ammo ba'zi mevalarda uglevodlar miqdori masalan pistada 72,1 g, bananda 22,4 g, anjirda 13,9 g gacha boradi. Uglevodlar kraxmal, kletchatka, fruktoza, glukoza, saxaroza va pektin ko’rinish-

80

larida bo’ladi. Meva va sabzavotlar tarkibidagi kletchatka organizm-dan xolesteriniii chiqarib yuborishda muhim rol o’ynaydi va atero-sklerozning oldini oladi. Olma, olxo’ri, lavlagi, qulupnay, sabzi, apelsinda pektin ko’p bo’ladi.



Meva va sabzavotlar B guruh vitaminlari, K, C, P vitaminlariga juda boy bo’ladi, ayniqsa na'matak mevasi, oblepixa, qora smorodina, petrushka, shivit kabi meva va sabzavotlar, ayniqsa, C vitaminiga boy bo’ladi. Meva va sabzavotlar organizmning ichki kislota-ishqor-li muhiti muvozanatini saqlab turishda muhim rol o’ynaydi. Mineral unsurlarga boy bo’ladigan qo’ziqorinlar tarkibida ancha miqdorda rux, mis, fosfor kabi minerallar, mikroelementlardan yod, marganes-lar bo’ladi. Meva va rezavor mevalarda organik kislotalar, oshlovchi moddalar, pektin bo’ladi. Organik kislotalar ovqat ta'mini yaxshilab, singishini osonlashtiradi.

Ratsionga sabzavotlar kiritish oqsillar va yog’larning singishini oshiradi. Sabzavot va mevalar yuqorida aytib o’tilgan xossalari tu-fayli boshqa oziq-ovqat mahsulotiarining hech biri uiar o’rnini bosa olmaydi. Katta yoshli odamning kunlik ratsionida kamida 500-600 g sabzavot va mevalar bo’lishi kerak. Sabzavotlar, mevalar va danakli mevalar ustki qavatida ichak kasalliWarining qo’zg’atuvchilari va gijja tuxumlari bo’lishi mumkin. Shuning uchun xomligicha yeyiladigan mahsulotlarni suv oqimi ostida obdan yuvish, bolalarga berish uchun esa, bundan tashqari, qaynoq suvda chayish zarur.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin