O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə104/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Konstitutsiya-qomusimiz
Konstitutsiya (lot. constitutio — tuzilish, tuzuk) — davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K. barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.
Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. Birbiridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) konstitutsiya tushunchalari bor. Yuridik konstitutsiya ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi ma’lum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy konstitutsiya esa — shunday munosabatlarning o’zi, ya’ni real mavjud munosabatlardir. Konstitutsiya o’z shakliga ko’ra, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga bo’linadi.
Davlat faoliyatining turli sohalarida konstitutsiyaga rioya qilinishini nazorat etish Oliy sud yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi. " Konstitutsiya" atamasi Qadimiy Rimdayoq bor edi (imperator konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur "Tuzuklar"i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo’lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda O’rta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o’tkazgan.
Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni o’rganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik an’analardan kelib chiqish natijasida yaratilgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan) jahon andozalariga mos bo’lib, xalqaro talablarga javob beradi.

Z.M. Bobur –shoh va shoir.
Jono, bitigingki, boʻldi marqum manga,
Mehnat bila gʻamni qildi ma’dum manga.
Koʻrgach ani garchi shod behad boʻldum,
Mazmuni, vale, boʻlmadi ma’lum manga.


Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur!
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur!
Yaxshi kishi koʻrmagay yomonliq hargiz,
Har kimki yomon boʻlsa, jazo topqusidur!(Z.M.Bobur)

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin