O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


M illiy va zamonaviy bayramlarimiz



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə107/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

M illiy va zamonaviy bayramlarimiz.

Xalqimiz hayotidagi muhim sanalar, bayramlar orasida Navro‘z o‘zida qadimiy an’ana va urf-odatlarimiz, mehr-oqibat va saxovat kabi yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etishi bilan ajralib turadi.


Bunday tadbirlar yoshlarning xalqimiz tarixi va madaniyati, boqiy an’ana va qadriyatlari haqidagi bilim va tasavvurini boyitishga xizmat qiladi.


Milliy qadriyatlar e’zozi.

Vatanimiz tarixining hech bir davrida bu xalq o‘zligini yo‘qotmagan, istibdod va mustabidlik, qashshoqlik va qahatchilik zamonlarida ham bolasini odob-axloqqa, mehr-muhabbatga, yaxshilikka o‘rgatgan. Sabr-qanoatdan ulg‘ayib metin bo‘lgan bu xalq. O‘ziga yomonlik qilganga ham yaxshilikni ravo ko‘rgan bu xalq. Shuning uchun ajdodlar qanoati, mehr-muruvvati asrlar osha bizni ildizlari teran qadriyatlarimizga qaytardi. 


Xalqimizda azaldan har bir xonadonda, mahalla-ko‘yda yoshi ulug‘ insonlar e’zozlanib kelingan. Shuning uchun bizga ajdodlarimizdan yetib kelgan, dunyo xalqlarini tafakkur ziyosi bilan bahramand qilgan buyuk va benazir ilmiy-ma’naviy meros bilan birga har tomonlama mukammal va mazmunli bo‘lgan qadriyat va urf-odatlarimiz xonadonlarimizni fayzu barakali qilmoqda.


Zamon va yoshlar.
Bugungi kunda mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasi zamonaviy texnologiyalar asosida jadal rivojlanmoqda. Internet, mobil aloqa va boshqa ko‘plab mahsulotlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotir. 
Ha, o‘z kelajagini mustahkam poydevor ustiga qurishni, jahonda doimo o‘z o‘rniga, so‘ziga ega bo‘lishni istagan xalq farzandlarining ma’naviyati yuksak, ruhi pok, e’tiqodi butun, irodasi baquvvat bo‘lishi uchun kurashadi. Sog‘lom g‘oyalar targ‘iboti bilan yoshlar qalbi va hayotiga kirib borayotgan loyiha mamlakatimizda xuddi shu ezgu maqsad yo‘lida olib borilayotgan ishlarning amaliy namunasidir. 


XXI asr – texnika asri.
XXI asr – intellektual avlod asri Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining o‘sish sur’atlari dunyo hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. Bu bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishning puxta o‘ylangan strategiyasi, ayni paytda ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim sohasini isloh etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasidir. 

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin