O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
constitution oz

110-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda 
ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, 
qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 
111-modda. 
Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal 
qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat 
o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib 
bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan 
taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o‘tkaziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat 
amal qilishi davrida tarqatib yuborilishi mumkin emas. 
112-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan 
holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 
Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida qonunga to‘liq muvofiq holda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi. 
113-modda. 
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
umrbod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi lavozimini egallaydi. 
XX bob. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
114-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning 
o‘rinbosarlari va vazirlardan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar 
Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. 


Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshiradi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin