O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
constitution oz

119-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari 
umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga 
rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 
muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. 
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul 
qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan 
ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi. 


XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
120-modda. 
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq 
deputatlari Kengashlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir. 
Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais 
boshchilik qiladi. 
Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq 
deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas. 
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati — besh yil. Ayni bir shaxs 
surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi 
etib saylanishi mumkin emas. 
Xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi va xalq deputatlari Kengashlarining 
faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi. 
Yangidan tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda xalq deputatlari Kengashlariga 
saylov xalq deputatlari Kengashlariga navbatdagi umumiy saylovlarga qadar qolgan davrdan 
oshmaydigan muddatga o‘tkaziladi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin