So‘m O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov
vositasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining hududida qonuniy
to‘lov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda va ularni
muomaladan chiqarishda
mutlaq huquqqa egadir.
151-modda.
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankidan va
banklardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta
siyosatini ishlab chiqadi
hamda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini tartibga solishni
amalga oshiradi, bank va to‘lov tizimlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vazifalarini bajarishda mustaqildir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: