2) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston
Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar —
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga
muvofiqligini aniqlaydi;
3) referendumga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
muvofiqligi to‘g‘risida
xulosa beradi;
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasining
qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
5) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan
normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
muvofiqligi
to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko‘rib chiqadi;
7) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan
har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga
mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
8) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari
bilan berilgan vakolati
doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan
foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga
nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli.
Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Konstitutsiyaviy sudning qarori qat’iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: