O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
constitution oz

134-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini 
yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy hisoblanadi va 
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida bajarilishi majburiydir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib 
borish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas. 
135-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi 
bo‘lib, u sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy 
prinsipiga rioya etilishini ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning o‘rinbosari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin 
emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi 
qonun bilan belgilanadi. 
136-modda. 


Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil 
sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va 
bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha 
hisobdor bo‘lmaydi. 
Sudyalar daxlsizdir. 
Davlat sudyaning va uning oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydi. 
Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga, uning vakolatlarini bekor 
qilishga yoki to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va 
asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sudyani lavozimidan 
ozod etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas. 
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas. 
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, 
shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat turlari 
bilan shug‘ullanishi mumkin emas. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin