248
maktabidagi talabalarning koʻp qismi shtat testlaridan yiqilishadi. Kim maktab
oʻquv qoʻllanmalariga suyanadi va odatda Til San’ati va Ijtimoiy Saboqlar
fanlarida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatmalardan foydalanadi. Sinfdagi baholash
tizimi oʻzida shtat testlarinikini aks ettiradi, ana
shunda talabalar baholash
formati bilan tanishib olishadi. Kym motivatsiyaga bagʻishlangan yozgi bitiruv
kursida bir maqolani oʻqib qoladi, “Afro-Amerikalik talabalar ichki dunyosini
sharaflovchi va undovchi oʻqitish strategiyalari” (Teel, Debrin-Parecki, &
Covington, 1998) va shu kuzda oʻzining koʻrsatmalari va baholash tizimini
toʻrtta yoʻl bilan oʻzgartirishga qaror qiladi.
Birinchidan, u intilishga e’tiborni
qaratish qobiliyatiga kuchaytiruvchi urgʻu beradi va talabalarga toki kriteriyaga
kelmaguncha, oʻz ishlarini qayta koʻrib chiqishlariga imkoniyat yaratib beradi.
Ikkinchidan, u talabalarning chiqishga doir baholash kabi imkoniyatlar beradi
(masalan, ogʻzaki prezentatsiya, san’at proyekti, kreativ qoʻlyozma).
Uchinchidan, u talabalardan video materiallarini tayyorlashda, qogʻozlarni
tarqatishda va shu kabilarda yordam berishlarini soʻrab, ularda mas’uliyatni
ragʻbatlantiradi. Toʻrtinchidan, u talabalarning
madaniy meroslarini hurmat
qilgan holda, ularni oʻz madaniyatlariga doir biografiyalar va tarixiy afsonalarni
oʻqishga undaydi. Kimning bayon qilishicha, talabalardagi intilish va oʻzlarini
tutishlaridagi oʻzgarishlar keskin boʻldi: talabalar endi ancha tashabbuskor,
qattiq ishlashadi va yaxshi narsalar yaratishadi. Yil oxiriga kelib, shtat
testlaridan oʻtgan talabalar soni oʻtgan yilgidan ikki martaga oshdi.
Kimning hikoyasi qismida standardlashgan
testda kashf etadigan
baholashga doir bir qancha mavzularni aks ettiradi. Birinchidan, samarali
baholash tizimini tanlash koʻrsatmali amaliyotga, motivatsiyaga boʻlgan
ishonchga va shtat test tizimining mavjudligiga asoslanadi. Ikkinchidan, ba’zi
oʻqituvchi tomonidan yaratilgan baholash tizimi talabaning oʻrganishini va
ishtiyoqini oshiradi – ba’zilari esa unday emas. Uchinchidan, oʻqituvchilar oʻz
oʻqitish qobiliyatlarini amaliy izlanish orqali oshirishlari mumkin. Bu oʻz ichiga
muammoni aniqlash (masalan, kam undov va muvaffaqiyat), alternativ usullarni
oʻrganish (masalan, adabiyot oʻqish), yangi usullar ijrosini ta’minlamoq,
natijalarni kuzatish (masalan, talabalarning harakati va test natijalari) va
kuzatishlarga asoslangan tarzda strategiyalarni oʻzgartirishda davom etishni
249
oladi. Soʻnggi 20 yil ichida talabalar oʻrganishini baholashning eng yaxshi
amallari keskin oʻzgarishlarni boshdan kechirdi. Rouzmeri 1970-yillarda
matematika oʻqituvchisi boʻlganida, u talabalar bilimini baholamasdi, u oldingi
hafta davomida oʻrgatgan matematik bilimlari va mahoratlari boʻyicha test
olardi. Testlar formati boʻyicha biroz farq qilardi va talabalar testni qogʻoz va
qalam yordamida individual tarzda bajarishardi. Koʻplab oʻqituvchilar, shu
jumladan, matematika oʻqituvchilari ham, hozirda oʻz talabalari nimalarni
oʻrganganliklarini aniqlash uchun turli-tuman metodlardan foydalanishadi va
shu baholash ma’lumotlarini ularning koʻrsatmalarini oʻzgartirishda ishlatishadi.
Dostları ilə paylaş: