Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Munosib baholash texnikalarini tanlash - I: yuqori sifatli baholash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
Munosib baholash texnikalarini tanlash - I: yuqori sifatli baholash 
tizimlari 
Baholash yuqori sifatli boʻlishi uchun u yaxshi yaroqlilik va ishonchlik 
xususiyatlariga ega boʻlishi, shuningdek, tarafkashlikdan yiroq boʻlishi lozim. 


252 
 
Yaroqlilik 
Yaroqlilik bu berilgan individuallar guruhi uchun “baholash natijalarining 
qoʻllanilishi va izohlari yetarliligi va munosibligi” tahlilidir. Misol uchun, 
imigrantlarga berilgan matematik kasr boʻyicha test natijalari ularning kasrni 
tushunganligini anglatadi deya xulosa qilish oʻrinlimi? Oʻqituvchi oʻz 
kuzatuvlaridan kelib chiqqan holda, bogʻcha oʻquvchisi Jasmin, oʻqituvchining 
ogʻzaki koʻrsatmalariga tushunmasligi uchun, e’tibor tanqisligi kasalligiga 
chalingan deb xulosa qilishi oʻrinlimi? Har ikkala vaziyatda ham boshqacha 
mulohazala boʻlishi mumkin, masalan, imigrantlar matematikaga qaraganda 
ingliz tilidan sustroq boʻlishlari va Jasminning eshitish qobiliyati zaiflashgan 
boʻlishi mumkin. 
Shuni tushunish kerakki, yaroqlilik talqinga ham aloqador va u baholash 
protsedurasidan emas, balki, uning natijalaridan foydalanadi. Masalan, kasrga 
doir xuddi shunday test natijalari toʻgʻrisida qaror chiqarish faqatgina 
talabalarning bari ingliz tilini yaxshi tushunsagina yaroqli boʻlishi mumkin. 
Oʻqituvchining talaba e’tibor tanqisligi kasalligiga chalingan deb hisoblashi 
faqatgina talaba eshitish apparatlari va boshqa kasalliklarga tekshirilganidagina 
toʻgʻri kelishi mumkin (shunga qaramay, kasalliklar tasnifi faqat bitta oʻqituvchi 
tomonidan 
qoʻyilmaydi). 
Yaroqlilik 
tahlillar 
va 
baholash 
natijalari 
tasdiqlanganligi darajasi haqida umumiy qaror chiqarishni oʻz ichiga oladi. 
Yaroqlilik bu daraja masalasidir (masalan, yuqori, oʻrta yoki past yaroqlilik), u 
keskin rad yoki qabul emas (masalan, butunlay yaroqli yoki yaroqsiz). 
Yaroqlilikni baholashda uchta dalil manbaalari hisobga olinadi – mazmun, 
konstruksiya va taxminiy. Mazmun yaroqlilik dalili quyidagi savol bilan bogʻliq: 
Baholash tizimi oʻz ichiga mazmun va vazifalarni qanchalik yaxshi qamraydi? 
Masalan, tasavvur qiling, sizning ta’limiy psixologiya instruktoringiz oraliq test 
oʻylab topdi va sizga bu test oʻz ichiga qoʻllanmadagi birdan yettigacha boʻlgan 
boʻlimlarni qamrashini aytdi. Aniqki, testdagi barcha mavzular sizning 
metodlaringiz yoki madaniyat darsliklaringizdan emas, balki ta’limiy 
psixologiya mazmuniga asoslangan boʻlishi kerak. Shuningdek, mavzular 
barcha yettita boʻlim mazmunini qamrab olishi kerak, faqatgina uchdan 


253 
yettigacha boʻlganlarini emas – agar instruktoringiz shu boʻlimlar muhimroq 
ekanligini aytmasa. 
Oʻqituvchilar mazmun yaroqliligiga 
asoslangan 
dalil 
yigʻishni 
boshlashdan 
avval, 
ular 
oʻz 
maqsadlari 
va 
vazifalarini 
aniqlashtirib olishlari kerak. Mazmun 
yaroqliligi baholash tizimi oʻqituvchi 
(yoki 
test 
tuzuvchi) 
tomonidan 
baholangan 
vazifalarga 
munosib 
ekanligi darajasini belgilaydi va ular 
oʻzlarining maqsad va vazifalarini 
tasvirlaydilar. Oʻqituvchilar baholash 
vazifalarini yaratayotganda, mazmun yaroqliligi haqida ham oʻylashlari 
muhimdir.
Konstruksiya yaroqlilik dalili mazmun yaroqlilik dalilidan ancha 
murakkabroq. Odatda biz talaba ishlari borasida kengroq qarorlar qabul qilishga 
qiziqamiz va kasr kabi aniq qobiliyatlari bizni unchalik qiziqtirmaydi. E’tibor 
asosan matematik mulohaza yoki oʻqish mashqlariga qaratilgan boʻlishi 
mumkin. Konstruksiya bu biz xulq-atvorni tushuntirib berish uchun yaratilgan 
deb hisoblovchi odam xarakteristikasidir. Misol uchun, biz havotirlanish testi 
konsepsiyasini ishlatamiz, va bunda nima uchun individuallar test paytida 
e’tiborlarini bir yerga jamlashda qiynalishlarini, terlash kabi fiziologik 
reaksiyalarga uchrashlarini va testni oddiy sinf vazifasiga qaraganda yomonroq 
bajarishlarini tushuntirib beramiz. Shu tarzda, matematik mulohaza va oʻqish 
mashqlari konstruksiyalardir va biz ulardan baholashdagi ishlarni izohlashda 
foydalanamiz. Konstruksiya yaroqliligi bu baholashdagi ish izohlana oladigan 
va konstruksiyaga boshqa nomunosib faktorlar ta’sir etmagan oʻlchovni aniqlash 
jarayonidir. Misol uchun, yuqorida keltirilgan imigrantlarning ingliz tilida 
matematik mulohaza testi haqidagi qarorlar ingliz tiliga bogʻliq boʻlganda 
pastroq yarorlilikni tashkil etgan boʻlardi, lekin bu narsaning matematikaga 
aloqasi yoʻq. Xuddi shunday tarzda, semestr soʻngidagi imtihonlar ham oddiy 


254 
vazifalarga qaraganda test paytida koʻp havotirlanadigan talabalar uchun ogʻir 
kechadi. Oʻqituvchilar talabalar mehnatiga ta’sir etuvchi ammo baholanayotgan 
konstruksiyaga nomunosib boʻlgan faktorlarni kamaytirgan holda konstruksiya 
yaroqliligini oshirishga yordam berishlari mumkin. Yaroqlilik dalilining 
uchinchi shakli bu kriteriyaga asoslangan yaroqlilikdir. AQShdagi tanlov orqali 
oluvchi kollejlar ACT yoki SAT dasturlaridan foydalanishadi chunki ushbu 
standardlashtirilgan testlar birinchi kurs talabalarini topishda yordam beradi, 
masalan, ularda yuqori kriteriyaga asoslangan yaroqlilik mavjud. Ba’zi 
maktablar kuzgi semestrda talabalarga matematika yoki oʻqish boʻyicha testlar 
berishadi, shu bilan ular qaysi talabalar bahor paytidagi shtat imtihoniga tayyor 
va qaysilari yordamga muhtojligini bilib olishadi. Agar kuzgi testlar 
talabalarning mehnatini aniq belgilay olmasa, keyinchalik kerak boʻlmagan 
talabalarga kriteriyaga asoslangan yaroqlilik toʻgʻrisida qoʻshimcha yordam 
berilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin