Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Murtaklik
ning zigota (urugʻlanish) bosqichi eng mas’uliyatli davrlaridan 
biri boʻlib, u ham tabiiy (biologik), ham sub’yektiv (shaxsiy psixologik), ham 
ijtimoiy (sotsial) omillar ta’sirida vujudga keladi. Butun mas’uliyat onaning 
zimmasiga tushadi, binobarin, uning homilaga nisbatan munosabati, unga zarur 
shart – sharoitlar yaratishi, instiktiv xususiyatli himoya fiunksiyasining ishga 
tushishi, ogʻriq sezgilarining kuchayishi va ulaga nisbatan chidam – bardosh, 
sabr sifatlari bilan qarama – qarshi tura olishlik zigota yashovchanligini 
ta’minlaydi. 
Onaning xotirjamligi, ayrim qiyinchiliklarni engish hoxishining 
mavjudligi, tabiiy extiyojlarni qondirish darajasi, nozik ezgu niyatlar va shirin 
hissiy kechinmalar bilan band ekanligi zigotaning baquvvat oʻsishga zamin 
hozirlaydi. Attraksiya (mahliyo qiluvchi) tuygʻular olamiga onaning 
tortilganligi, stress (zoʻriqish, tanglik) va affekt (gʻazablanish) holatlariga 
berilmasligi, shijoat, hayajon, tashvishlanish hislaridan uzoqligi tabiiy goʻzallik 
vujudga kelishiga imkon yaratadi. 
Organizmning sogʻlomligi, tabiiy ehtiyojlar qondirilishi jismoniy 
oʻsishning jadal borishi uchun puxta negiz yuzaga keltiradi, binobarin, 
komillikda dastlabki asos solinadi. 
Homilalik bosqichi boʻlgʻusi shaxs uchun muhim ahamiyat kasb etib, 
jismoniy barkamollikning,asab tizimi, bosh miya katta yarim sharlari, hissiy 
bilish tana a’zolari paydo boʻlishining va oʻsishning manbai vazifasini bajaradi. 
Ushbu bosqichda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq: 
-
homilaning jismoniy oʻsishini uzluksiz ravishda ta’minlash uchun 
oqsillar, vitaminlar va boshqa turdagi ozuqalarga nisbatan tabiiy ehtiyojini 
qondirib turish; 
-
unga salbiy ta’sir etuvchi qoʻzgʻatuvchilardan saqlanish, ijobiy his – 
tuygʻular uygʻotuvchi hodisalar toʻgʻrisida koʻproq oʻylash; 
-
qaltis jismoniy va somatik harakatlardan oʻzini tiyib turish, 
zoʻriqishning uzluksiz ravishda oldini olish; 
-
homilaga sensor ta’sir oʻtkazishni odatiy psixologik holatga aylantirish; 


323 
-
kontakt va distant muomala vositalaridan foydalanish; 
-
shaxslararo munosabatda muloqot maromlariga rioya qilish; 
-
bioritmika va psixometriya qoidalaridan ogʻishmay foydalanish; 
-
ijtimoiy hodisalarga nisbatan loqaydroq munosabatda boʻlish va 
hokazo. 
Tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zarur shart – sharoit yaratish, nafosat 
tuygʻulari bilan hamkorlik, kun tartibi asosida faoliyat va xulq harakatlarini 
amalga oshirish ham tabiiy, ham ma’naviy goʻzallikni shakllantiradi. Orzu, 
istak, tilak, xohish tuygʻulari yordami bilan obrazlarni yaratish tashqi ta’sirning 
eng kuchli mehanizmi funksiyasini oʻtaydi. Hujayralar, neyronlar orqali kirib 
borayotgan axborotlar qanchalik nozik, nafis, goʻzal boʻlsa, homilada 
goʻzallikning ham tabiiy shakli, ham xarakterologik jabhasi oʻz aksini topadi. 
Murtaklikning tugʻilish oldi bosqichi tashqi ta’sirga beriluvchanligi bilan 
boshqalaridan ajralib turadi, xuddi shu bois bunga alohida ahamiyat berish zarur. 
Homila oʻzining tuzilishi, tana a’zolarining takomilligi, ularning maqsadga 
muvofiq harakati bilan chaqaloqqa juda oʻxshab ketadi. Uning boladan farqli 
oʻlaroq tomoni ona organizmi orqali oziqlanish va nafas olishidir. Bu voqelik 
ilmiy tilda platsentar hodisa deb atalib, jamiiki narsa bir markazdan 
boshqarilishi yoki ta’minlanishini bildiradi. 
Homiladagi ideomotor (ixtiyorsiz) va motor (ichki yoki tashqi ta’sirga 
maqsadli javob reaksiyasi) harakatlari ortib borishi tugʻilishi tayyorgarligidan 
dalolat beradi. Ushbu hatti – harakatlar jajji odamning qarshilik koʻrsatishini, 
ziddiyatli vaziyat vujudga kelayotganligini anglatadi. Onaning u bilan 
muloqotga kirishuvi tarbiyaviy ta’sir oʻtkazishning real alomati sifatida 
namoyon boʻladi. Sezgir tibbiyot asboblari yordami bilan uni tekshirib turish 
dastlabki diagnostik va korreksion ishlarning debochasi hisoblanadi. 
Insonda yuz beradigan subsensor, subseptiv yuksak idrok shakllari 
tugʻilish oldi boʻsagʻasida yorqin namoyon boʻla boshlaydi. Harakatning sur’ati, 
mazmuni, davomiyligi sifatlari boʻyicha boʻlgʻusi chaqaloqning temperament 
xususiyatlarini va uning asab tizimi tipini aniqlash imkoniyati mavjud. 


324 
Odam (individ)lik davri tugʻilganidan to unda nutq paydo boʻlgunga qadar 
vaqt birligini qamrab oladi. Uning muhim tomonlari mana bunday holatlarda 
koʻzga yaqqol tashlanadi: 
-
embrional davridagi plansentar tizimi oʻrnini oral (mustaqil hazm 
qilish) egallaydi, ya’ni mustaqil nafas olish, qon aylanish va boshqalar tabiiy 
ravishda chaqaloqda yuz bera boshlaydi; 
-
tabiiy holatlarga va muhitga moslashish (adaptatsiya) tevarak – atrofni 
bilish boshlanganligidan dalolat beradi; 
-
har xil turdagi harakatlarni amalga oshirish, jismlarga chang solish, 
ularga intilish narsalarni bilishga nisbatan harakatini bildiradi; 
-
ota – ona va qarindosh – urugʻlarini tanish, sezgi, idrok, xotira 
jarayonlari oʻsishini anglatadi; 
-
jismlarga razm solish, uning tuzilishi va rangi bilan qiziqishi yaqqol 
tafakkurning ifodasidir; 
-
unda emotsiya va hissiyotning paydo boʻlishi, muomalaga kirishi 
ehtiyojini namoyon etadi; 
-
emaklash, tik turishga intilish uquvining paydo boʻlayotganligi 
fazoviy tasavvurni aks ettiradi va boshqalar. 
Mazkur davrda shaxslararo munosabatga kirishish, mikro va makro muhit 
xususiyatlari hamda holatlariga bolaning shaxsiy reaksiyasi, ulardagi 
oʻxshashlik va farqni ajrata bilish unin oʻsishini bildiradi. Soʻz orqali narsalar va 
hodisalarni ifodalash hamda tushuntirish jarayoni yuzaga kelguniga qadar 
muomala, xulq, harakat orqali tabiat va jamiyatni sodda tarzda bilish amalga 
oshadi. Xuddi shu sababdan kamolotning dastlabki bosqichlaridan biri sifatida 
individuallik davri oʻzini oʻzi anglashga puxta negiz tayyorlaydi. 
Inson davri oʻzini oʻzi anglashdan boshlanib, jismoniy, aqliy va ijtimoiy 
kamolotga erishuv jarayoni amalga oshishi bilan tugallanadi. Ushbu davr 
insoniy hislatlarni etnik guruh a’zosi sifatida mukammal egallashi bilan boshqa 
taraqqiyot 
pallalaridan 
ajralib 
turadi. 
Alohidalikka 
oid 
xususiyatlar 
quyidagilarga oʻz aksini topadi va u ikki bosqichdan iborat boʻladi: 
1. Nutqning paydo boʻlishidan to 6-7 yoshgacha:
- bolada fazoviy muvozanatning vujudga kelganligi; 


325 
- oʻzini oʻzi anglashdan iborat “Men” davrining mavjudligi; 
- nutqda ona tili boyligidan unumli foydalanish imkoniyatining tugʻilishi; 
- milliy urf – odatlarga, xulq – atvor qoidalariga rioya qila olishi; 
- muomala maromi, ijtimoiy qadriyatlarni egallashi; 
- oʻyin hamda faoliyatning boshqa turlarini oʻzlashtirish negizida milliy 
va umumbashariy fazilatlarning shakllanganligi; 
- individual – tipologik xususiyatlarning aniq namoyon boʻlishi; 
- barcha jihatlari bilan maktab ta’limiga tayyorgarligi; 
- guruhiy hamkorlik uquvidan xabardorligi. 
2. Oʻsmirlik davri xususyaitlarining aks etishi: 
- jismoniy jihatdan mukammallikka intilishning mavjudligi; 
- faoliyat, xulq va muomala jarayonlarida tipologik xususiyatlarga 
erishilganligi; 
- aqliy, axloqiy, xarakterologik xususiyatlari shakllanganligi; 
- turli shakldagi va tuzilishdagi (tengqurlari, katta yoshdagilar, rasmiy va 
norasmiy, real) guruhlarda oʻzini – oʻzi anglashning namoyon qilishi; 
- ijtimoiy hayotda va faoliyatda oʻzini – oʻzi tasdiqlashga imkoni borligi; 
- ijtimoiy turmushning har bir jabhasida faollik koʻrsatishi; 
- oʻquv fanlariga differensial munosabatning qaror topishi; muayyan 
e’tiqod, dunyoqarash, shaxsiy munosabatning mavjudligi; 
- tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi, xulq – atvorga qat’iyatlik etishmasligi; 
- fantaziya va oʻziga bino qoʻyishning ustuvorligi va boshqalar. 
Maktab ta’limiga tayyorgarlik bosqichida toʻplangan bilimlar koʻlami 
umrning qolgan yillarida kutilishi taxmin qilingan qismining yarmigatengdir. 
Bundan keyingi davrda oʻzlashtirilishi mumkin boʻlgan bilimlar shaklan emas, 
balki mazmunan, sifat jihatidan boyib, takomillashib boradi, xolos. Oʻsmirlik 
davrida insonga berilgan tabiiy imkoniyatlar roʻyobga chiqadi, ijtimoiylashuv, 
jismoniy oʻsish jadallashadi, natijada etuklikka puxta shart – sharoitlar yaratadi. 
Tabiatga, jamiyatga va shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsiy pozitsiya – 
munosabat vujudga keladi. Buning natijasida mustaqil fikrlash, qaror qabul 
qilish, xulq - atvor va faoliyatni amalga oshirish imkoniyati tugʻiladi.


326 
Bu holat kamolot koʻrinishini namoyish etadi, insoniy fazilatlar, hislatlar, 
sifatlar va xususiyatlar tarkib topganligini bildiradi. 
Inson kamolotining shaxs davri etuklikning muayyan bosqichi hisoblanib, 
ijtimoiy hayot alohida ahamiyat kasb etadi va oʻzining koʻrsatkichi bilan muhim 
rol oʻynaydi. Shaxs davri bir necha taraqqiyot bosqichlarini aks ettirib, unda ilk 
oʻspirinlik, oʻspirinlik va yoshlikni qamrab oladi. 
Uning birinchi bosqichi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin