Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

V.A.Krutetskiy
oʻspirinlarda 
uchraydigan 
motivlarning 
quyidagilarni 
alohida ifodalaydi: a) Biror oʻquv faniga 
qiziqish; b) Vatanga foyda keltirish istagi; v) 
SHaxsiy qobiliyatini roʻkach qilish; g) Oilaviy 
an’analarga rioya qilish; d) Doʻst-birodarlarga 
ergashish; e) Moddiy ta’minlash va hokazolar.
Bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni va 
uning psixologik komponentlari Ta’lim 
jarayonining natijasi oʻzlashtirish, ichki va tashqi faoliyatni maqsadga muvofiq 
ravishda oʻzgartirishdir. Ta’lim bir odamning boshqasiga bilim va koʻnikmalar 
berishidir. Bilim, koʻnikma va malakalar ta’lim jarayonining natijasidir. 
Bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni muammosi P.Yа.Galperin va N.F.Talizina 
tomonidan oʻrganilgan. Ular aqliy hatti- harakatlarni bosqichma-bosqich 
shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualliflar aqliy hatti-harakatlarni 
moddiy xolda tashqi nutq yordamida hamda aqliy shaklda, fikrda namoyon 
boʻlishini izohlab berdilar. Aqliy hatti- harakatlarning birinchi bosqichi rasm, 


130 
sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida uz ifodasini topadi. Aqliy hatti-
harakatlarning ikkinchi bosqichi koʻrgazmalardan olgan tasavvurlari toʻgʻrisida 
oʻquvchilarning ovoz chiqarib, fikr yuritishidan iboratdir.
Uchinchi bosqich esa, sub’yekt ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, 
xossa, xususiyat, operatsiya, usul tariqasida namoyon boʻladi. Ma’lumki, 
oʻquvchilarga taqlif etiladigan axborotlar aql bovar qilmaydigan darajada tezlik 
bilan koʻpayib bormoqda. Shuningdek, ularning juda tez eskirib qolib, 
yangilashni taqozo etishi ham oʻz-oʻzidan ma’lum boʻlmoqda. Toʻrtinchi 
bosqichda bajarilgan hatti-harakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay bajariladi. 
Beshinchi bosqichda esa faoliyatni fikran bajarishga oʻtiladi. Bundan ravshan 
koʻrinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va xotirada saqlab qolishga 
asoslanadigan ta’lim xozirgi talablarga qisman javob bermoqda. Oʻquvchilarga 
hamisha yangilanib turadigan axborotni mustaqil ravishda oʻzlashtirib borishga 
va oʻqishni bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal sur’atlar bilan oʻsib 
borayotgan fan-texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyatini 
beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirishi 
muammosi birinchi oʻringa chiqib bormoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin